Ekonometrik tadqiqotlar quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
- iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishlarni sifat jihatdan tahlil qilish,
ya’ni bog’langan ( y j ) va bog’liq bo’lmagan ( xk ) o’zgaruvchilarni ajratish;
- ma’lumotlarni tanlash;
- y j va xk o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish shaklini aniqlash;
- model parametrlarini aniqlash;
- sohta o’zgaruvchilarni kiritish;
- avtokorrelyatsiyani aniqlash;
- trendlarni, davriy va tasodifiy komponentalarni aniqlash;
- bog’lanish shaklini aniqlash va birpaytli tenglamalar tizimini tuzish;
- identifikatsiya shartlarini tekshirish;
- birpaytli tenglamalar tizimining parametrlarini baholash;
- davriy qatorlar tizimi asosida modellashtirish: statsionarlik va kointegratsiya
muammolari;
- integratsiya muammolari va parametrlarni baholash.
Ekonometrik model o’zaro bog’langan o’zgaruvchilarning nazariy jihatlari va
ular orasidagi bog’lanish xususiyatlariga asoslanadi.
O’zaro bog’lanishlarni ifodalashda asosan, ularning sifat tomonlarini tahlil
qilishga ko’proq e’tibor beriladi.
Shuning uchun ekonometrik tadqiqotlar bosqichlariga quyidagilarni kiritish
mumkin.
- muammoning qo’yilishi;
- ma’lumotlar yig’ish, ularni sifatini tahlil qilish;
- model xususiyatini aniqlash;
- parametrlarni baholash;
- echimlarni tushinish, muhokama qilish va amalga joriy etish.
Bu bosqichlar barcha tadqiqotlar uchun xos bo’lib, qanday ma’lumotlardan
foydalanishidan qat’iy nazar va zamonga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi.
1.2. Modellashtirish tushunchasi, turlari
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan
tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik
masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy,
zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi.
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning
eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga
imkon beradi.
Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan
ob
’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday
b osadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar
bBeirra tdoim
. oMndoadne,l lmarondie llqaurr oisshodna o ’tragdaqniiqla dqigilainn abyoo’tlgisahni kheoradkis, asnhiu nbineglg uilcohvucnh iu lar
m uhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim
b o’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
juda
murakkab
bo’lmasligi
kerak
—
binobarin,
ular
albatta
faqat
soddalashtirilgan
nusxalar
bo’ladi.
Biroq,
ikkinchi
tomondan,
modellarni
o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak,
model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.
Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni
tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:
1) sub’ekt (tadqiqotchi);
2) tadqiqot ob’ekti;
3) o’rganuvchi
sub’ekt
bilan
o’rganilayotgan
ob’ektning
munosabatlarini
vositalovchi model.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi
va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya,
biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola
boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit
(klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan
ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish
usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb
ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi
modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi
muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |