Ekonometrik model tushunchasi, uning tuzish tamoyillari va ekonometrik modellarning asosiy turlari Asosiy ekonometrik usullarga quyidagi usullar kiradi: 1. Matematik statistika usullari. U quyidagi usullarga bo`linadi: a) dispersion tahlil; b) korrelyatsiya tahlili; v) regressiya tahlili; g) omilli tahlil; d) indekslar nazariyasi. 2. Ekonometrik usullar: a) iqtisodiy o`sish nazariyasi; b) ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi; v) talab va taklif tahlili. Ekonometrik model – bu ehtimoliy-stoxastik modeldir. Bu model yordamida iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zgarish qonuniyatlarini matematik ko`rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko`rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko`rinishida ekonometrik model quyidagicha yoziladi: Y f x1, x2,..., xn Ekonometrik modelda Y – asosiy endogen ko`rsatkich, modelda Y o`zgarish qonuniyatlarini x1, x2,..., xn yordamida o`rganish mumkin. x1, x2 ,..., xn – ta’sir etuvchi, ekzogen ko`rsatkichlar. Ekonometrik modelda fiktiv ko`rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko`rsatkichlar – bu sifatli ko`rsatkichlarni miqdoriy ko`rsatkichlarga o`tkazilgan ko`rsatkichlar. Ekonometrik modellarni ko`yidagi turlarini ko`rsatish mumkin: 1. Xususiy statik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli makonda iqtisodiy ko`rsatkichlar ma’lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur
obyektning ishlab chiqarish omillari bilan bog`laydi. Bunday model ko`pchilik hollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo`llaniladi. 2. Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko`rsatkichlari xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko`rsatkichlarining fazodagi turli holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun tuziladi hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun foydalaniladi. 3. Umumiy dinamik model. Obyektlar majmui iqtisodiy ko`rsatkichlar nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o`zgaruvchan iqtisodiy ko`rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini baholaydi. Mazkur modellardan o`rganilayotgan obyektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Iqtisodiy jarayonlar tarkibini ekonometrik modellashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: a) tuzilmani baholash va ularning qismlarini o`zaro taqqoslash; b) bir xil turdagi turli tuzilmalarni taqqoslash; c) amaldagi tarkibni normallashtirilgan tuzilma bilan taqqoslash va chetlanish sabablarini aniqlash; d) mazkur tuzilmaning eng muvofiq ekanligini baholash; e) makon va vaqtning konkret sharoiti uchun eng qulay tuzilmani loyihalash. Hodisalar o`rtasidagi bog`lanishni ifoda etuvchi statistik modellarni tuzish vaqtida korrelyatsion va regrescion tahlil usuliga katta e’tibor beriladi. Mazkur usullar turli statistik mezonlar yordamida o`rganilayotgan ko`rsatkichga har bir omilning ta’sir darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi. Agar tuzilgan model real tizimni to`g`ri tavsiflasa, bu holda u bir tomondan modellashtirilayotgan obyekt ko`rsatkichlar miqdor xarakteristikasini, ular dinamikasining o`zgarishini aniqlaydi, ikkinchi tomondan, jarayonni maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beradi. Agar o`rganilayotgan tizimning tavsiflanayotgan holatlar omili guruhidan boshqarish omillari ajratilsa, shu omillarga faol ta’sir etish jarayonini boshqarish va qo`yilgan maqsadga erishish bo`yicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi