Ekologiyaga zarar etkazuvchi korxona



Download 70,59 Kb.
bet1/5
Sana21.01.2022
Hajmi70,59 Kb.
#395196
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiyaga zarar yetkazuvchi korxona

Ekologiyaga zarar yetkazuvchi korxona

Maishiy chiqindilarni to`plash, chiqarib tashlash va foydalanish muammosi ayniqsa dolzarb masalaga bag`ishlangan uchrashuv


Tojikiston alyuminiy zavodining atmosferaga chiqarayotgan zaharli chiqindilari nafaqat ushbu qo`shni mamlakatning korxonaga yaqin joylashgan tumanlari, balki Surxondaryo viloyati aholisi va atrof-muhitga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. "Ekosan" ekologiya va salomatlik xalqaro tashkilotida bo`lib o`tgan uchrashuvda ana shu haqda so`z bordi. Unda respublikamiz ekologlari, shifokorlari, huquqni muhofaza qilish organlari mutaxassislari ishtirok etdi.

Olimlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mazkur zavodning havoga chiqarayotgan zaharli chiqindilari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun va Denov tumanida murakkab ekologik vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Uchrashuvda bu aholi salomatligiga o`ta salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirildi. Zavod chiqindilarining ta`sir hududida joylashgan tumanlarda endokrin va immunitet tizimlari, qon va qon hosil qiluvchi organlar, oshqozon-ichak yo`li, nafas olish organlari, qon aylanish tizimi kasalliklari ro`yxatga olinmoqda. Bundan tashqari, qishloq xo`jaligiga ham sezilarli zarar etkazilmoqda. Buning natijasida chorva mollari soni, anor va uzum etishtiriladigan maydonlar ancha kamayib ketdi. Boshqa qishloq xo`jalik ekinlari ham zararlanmoqda. Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining ma`lumotlariga qaraganda, Sariosiyo tumanidan olingan tuproq namunalarida ftorli birikmalar tarkibi ruxsat etiladigan darajadan 27 marta ortiq. Shuningdek, aholi iste`mol qilayotgan qishloq xo`jalik mahsulotlari tarkibida ham ftoritlar ko`rsatkichi ancha yuqori.

Uchrashuvda mintaqada yuzaga kelgan o`ta murakkab vaziyat yaqin vaqt ichida yanada yomonlashishi mumkinligi ta`kidlandi. Ommaviy axborot vositalarining ma`lumotlariga ko`ra, Rossiyaning "Russkiyalyuminiy" ochiq aktsionerlik jamiyati bilan Tojikistondagi alyuminiy zavodining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, yana bitta shunday korxona barpo etish to`g`risida memorandum imzolangan. Ushbu rejalar amalga oshadigan bo`lsa, Tojikistonda alyuminiy ishlab chiqarish 2004 yilga nisbatan ikki baravar oshadi va yiliga 700-800 ming tonnani tashkil etadi. Bu esa, o`z navbatida, inson va atrof-muhit uchun zararli ftorli vodorod chiqindilarining ko`payishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, alyuminiy ishlab chiqarish natijasida havoga chiqariladigan qo`shimcha zaharli chiqindilar busiz ham ancha zaiflashgan mintaqa ekotizimi muvozanatini buzadi. Bu esa atrof-muhit, shu jumladan o`simlik va hayvonot olami uchun fojiali oqibatlarga olib kelib, aholi salomatligiga ta`sir qiladi.

Tadbirda muammoni hal qilish yo`llari xususida fikr almashildi. Ishtirokchilar bu borada yangi alyuminiy zavodi qurilishidan voz kechish, zavodda zamonaviy tozalash texnologiyalarini keng joriy etish, chiqindilar ta`sirini baholash bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi qator takliflarni bildirdi. Shu bilan birga, uchrashuvda Surxondaryo viloyati va Tojikiston hududining iqlim, geografik va meteorologik sharoitlari hisobga olingan holda, alyuminiy zavodi uchun atmosferaga chiqindi chiqarishning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan me`yoriy ko`rsatkichlarini ko`rib chiqishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadigan ekspert guruhini tashkil etish ham taklif etildi.

Mazkur muammoni amaliy muhokama qilish uchun Tursunzoda shahrida har ikki mamlakat hukumati va tabiatni muhofaza qilish xizmatlari, shuningdek, "Russkiy alyuminiy" ochiq aktsionerlik jamiyati hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida xalqaro maslahat uchrashuvini o`tkazish taklif etildi.




Download 70,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish