O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
berdaQ nomidagi QORAQALPOQ DAVLAT
UNIVERSITETI
Biologiya fakulteti
EKoLOGIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI
«IJTIMOIY EKoLOGIYA» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Havo muhitini gigiyenik xarakteristikasi.
Topshirdi: Biologiya fakulteti
2-B Ekologiya va atrof- muhit muhofazasi
Talim yo’nalishi talabasi:Omonboyeva Sohiba
Tekshirdi: Aytniyazova Gulnaz
Kurs ishini fikrga topshirgan sana
“____” _______2022 y.
|
|
Kurs ishi fikrdan
qaytgan sana
“____” _______2022 j.
|
Kurs ishini himoya qilgan sana “____” _______2022 y.
Baho “_____” _________
|
__________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a`zoları:
__________________
_________________
|
NUKUS_2022
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………………………….…………3
Ekologiya fanining inson va uning taraqqiy etayotgan va rivojlanayotgan texnikasining jamiyatdagi o'rni..........................3
Ob-havo, iqlim va unga moslashuv.……………………………………………...6
Havo tarkibi va uning gigiеnik ahamiyati.…………………………………….14
Havo gigiyеnasi havo muhitining gigiyеnik ahamiyati................20
Iqlim va mikroiqlimning gigiyеnik ta'rifi, akklimatizatsiya..........22
XULOSA………………………………………………………............................................24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………………….26
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Insonning antrpogen faoliyatining atrof-muhitga, qolaversa, ekosistemaga ogʻir yuk ekanini, unga oʻta ogʻirlik qilayotganini insoniyat endi seza boshlayapti. Tabiiy resurslardan shiddatli ravishda foydalanish, jamiyatning ekosistemaga kuchli taʼsiri foydali qazilmalarning tobora kamayishiga olib bormokda. Bunday holatning kelib chiqishiga ikki sabab bor: birinchisi, inson populyatsiyasining(semografikjarayonning) nihoyatda tezlik bilan ortib borishi, tabiiy ekologik sistemani yoʻq qilishga yoki oʻzgartirishga olib bormokda. Bunday holat inson populyatsiyasining ekosistemaga nisbatan trofik munosabatidadir, bu esa, oʻz navbatida, moddalarni, energiyani inson populyatsiyasi orqali harakatlanishini taʼminlamoqsa. Ikkinchidan, inson jamiyatining texnik taraqqiyoti va ekosistemadan foydalanishda kuchli texnikani ishlatishidadir.
Shunday qilib, inson populyatsiyasi oʻzining maqsadiga erishish uchun kuchli texnika yordamida, biogeotsenozlarni butun yer kurrasida oʻzgartirib yubormoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunning dolzarb muammolaridan boʻlib insonning antropogen faoliyatini ijtimoiy ekologiya darajasida oʻrganishi, ayniqsa, ekosistemaning struktura va funksiyasiga taʼsirini oʻrganish vazifasi turadi. Tabiiy muhitning tobora oʻzgarib borayotganini, tirik jonlarning oʻzgarayotgan sharoitlarga moslanishini, moslashish mexanizmlarini, ekosistemaga tashlanayotgan katta miqsordagi chiqindi yuklarning normalarini anikdashni, texnologik jarayonlar loyihalari ishlab chiqilayotganda ekolog gigiyenistlarning aktiv qatnashishini taqozo qiladi. Aks holda, texnologik jarayonlarning mukammal emasligi evaziga atrof-muhit ortiqchasiga ifloslanishi, ekosistemani degradatsiyaga olib borishini olimlar allaqachonlar bilib yetdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |