Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi «ijtimoiy ekologiya»


MAQSADI Havo muhitini gigiyenik xarakteristikasi muammolarni o’rganish va tahlil qilish. Vazifasi



Download 0,5 Mb.
bet3/11
Sana03.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#631156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
havo

MAQSADI
Havo muhitini gigiyenik xarakteristikasi muammolarni o’rganish va tahlil qilish.
Vazifasi
Havo muhitini gigiyenik xarakteristikasi muammolarni kamaytirish va chiqindisiz texnologiyalarni yaratish ekologik toza muhitni joriy qilish .

1.Ekologiya fani ahamiyati.


1.1.Ekologiya fanining inson va uning taraqqiy etayotgan va rivojlanayotgan texnikasining jamiyatdagi o'rni.
Hozirda, ekosistemani qaysi komponentlariga insonning antropogen faoliyati taʼsir koʻrsatayotganligi, taʼsir etishni oʻrganish qaysi yoʻnalishda olib borilishi toʻgʻrisida K.A.Malinovskiyning fikrlarini keltiramiz.
1. Abiotik muhitidagi oʻzgarishlar. Bu oʻzgarishlar odatda abiotik faktorlarga oldindan oʻylab taʼsir koʻrsatish oqibatida yoki insonning antropogen faoliyatining oqibatida kelib chiqadi. Bunday oʻzgarishlar abiotik omillarga moslashib yashayotgan biotik omillarni qaytadan moslashishiga olib keladi, agar oʻzgargan sharoitga moslasha olishni uddasidan chiqmasa populyatsiyalar qirilib ketishi mumkin. Chunki, abiotik omillardagi oʻzgarishlar oʻzining girdobiga gidrogeologik, geologik, meteorologik sharoitlarni buzib tashlashi, yaʼni tuproq, suv, havo tarkibining oʻzgarib ketishi tirikjonivorlarni oʻzgargan muhitga boʻladigan reaksiyasi ulardagi fiziologik funksiyalarni, biologik kundalik ritmlarni ham buzishga olib boradi. Bunday oʻzgarishlar, sanoat korxonalarining tashqi muhitga chiqarib tashlanayotgan chiqitlari, meliorativ ishlarni olib borishda kechayotgan jarayonlar, qishloq xoʻjaligida notoʻgʻri, meʼyoridan koʻp ishlatilayotgan mineral oʻgʻit va zaharli ximikatlar, shaharlarda, megapolislarda boʻlayottan urbanizatsiya jarayonlari va boshqalar oqibatida paydo boʻlmoqda.
2.Insonning antropogen faoliyatining biotik omillarga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir etishi oqibatida ham biotik omillarni hayotiy faoliyatini yoki tezlatishiga, yoki sekinlatirishga olib boradi. Ayniqsa, texnik jarayonlarning muhit sharoitiga taʼsiri anchagina kuchlidir.
3.Texnik jarayonlarni toʻgʻridan toʻgʻri tirik organizmlarga taʼsir koʻrsatishi muvozanatni buzib yuboradi. Jumladan, mahsulotlarni yer maydonidan mexanizmlar yordamida yigʻishtirib olish, yoki ularga oʻsish davrida zaharli moddalar bilan ishlov berish, avtomobil, poyezdlar harakati, katta yoʻllar qurish, kechalari sugʻorish ishlarini olib borish va boshqalar. Sunʼiy ravishda populyatsiyalarni boʻlib tashlash, yoki biogeotsenozlarni texnik jarayonlar yordamida chegaralab tashlash, masalan, dambalar qurish, oʻrmonlarni yoʻqotish hisobiga tranzit yoʻllarni qurish, misol transamozoniya yoʻllari, transsibir yoʻllari va hokazo.
4.Biotik omillarga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir koʻrsatish. Masalan, foydali oʻt-oʻlanlarni yigʻib olish, hayvonlarni otib oʻldirish, balikdarni koʻp miqsorda ovlash va boshqalar. Bularning hammasi populyatsiyani yoʻq qilishi mumkin. Albatta, ekosistemaning biogeotsenozlari, biotik omillari insonning antropogen taʼsiridan shunday holatga keladiki, ularning oʻzi insonni oʻziga qarshi, uning sogʻligiga qarshi aks taʼsirini koʻrsatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu kaytar dunyodir. Bunday holat faqat ekosistemaga taʼsir qilibgina qolmay kosmik fazoga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Bunday holatni boshqarayotgan jamiyat oxir pirovardida bu taʼsirni oʻzida ham sezadi. Masalan, aholi genefondining oʻzgarib ketishi, oʻsimlik dunyosiga kelayotgan qirgʻinlar, borgan sari oʻrmonlarning yonayotgani, katta-katta regionlarning suvni tagida qolib ketishi inson jamiyatida ketayotgan jarayonlarni oʻzgartirib yubormoqda.
Shuning uchun ham ekologiya fanining asosiy vazifasi, inson va uning taraqqiy etayotgan va rivojlanayotgan texnikasining jamiyatdagi, tabiiy ekosistemadagi boʻlayotgan oʻzgarishlardagi rolini oʻrganishdir. Bunday ilmiy izlanishlar faqatgina nazariy ahamiyatga emas, balki amaliy ahamiyatga ham ega ekanini bilmoq zarur. Hozirda, dalillar asosida, ekosistemani insonlar, hayvonlar dunyosi va boshqa tirik jonlarni normal yashashi uchun qulay boʻlishini taʼminlashga moʻljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurati, aynan XXI asr talabi boʻlib qolmoqda.Ammo, burj allomalar, mutafakkir dono insonlar tomonidan biz yashab turgan eradan ilgari ham tabiat va tirik organizmlar orasidagi oʻzaro munosabatlar koʻrib chiqilgan, jumladan, bu jarayonlarga Aristotel, Teofrestom, Gippokrat va boshqalar oʻzlarining asarlarida ahamiyat berishgan. Albatta, insoniyatning dastlabki taraqqiyoti davrida koʻproq biologik omil sifatida oʻz funksiyalarini bajargan boʻlsa, uning hayotini asl mazmuni ham, biologik jarayonga taallukdiligi ijtimoiylikdan ustun boʻlmagan. Kdchonki, insoniyat jamiyati oʻta katta kuchga aylangach, oʻzining xoʻjalik faoliyati bilan tabiatda ketadigan jarayonlarga, uning ekosistemasiga taʼsir koʻrsata boshladi, yaʼni katta miqsorda tabiiy resurslardan foydalanish, ishlab chiqarish mahsulotining eng kuchli mexanizmlarini tabiiy resurslarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirish, sanoat va xoʻjalik faoliyatidan hosil boʻlgan katta miqdordagi chiqitlarni suv havzalari, atmosfera havosiga meʼyordan ortiq darajada tashlash, yer yuzasida axlatxonalar paydo boʻlishining sababchisi boʻlib qoldi. Inson, katta ijtimoiy kuchga aylanib, ijtimoiy ekologiya muammolarini keltirib chiqarmokda.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish