Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Ekologiya so`zi grekcha bo`lib, «oykos» - uy, yashash joyi, «logos» - fan



Download 28,33 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi28,33 Kb.
#246073
1   2
Bog'liq
1-Topshiriq Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Ekologiya so`zi grekcha bo`lib, «oykos» - uy, yashash joyi, «logos» - fan demakdir. Bu so`zlarni keng ma'noda tushunish zarur. Atamaning fanga kiritilishidan hozirgacha o`tgan davr mobaynida uni turli mutaxassislar turlicha izohlab kelmoqdalar. Rus olimi akademik S. Shvarts: men ekologiya fani to`g`risida yuz xil fikr aytishim mumkin va ularning barchasi ozmi-ko`pmi to`g`ri bo`lib chiqadi, degan edi.

Shunday qilib, ekologiya fani to`g`risidagi tasavvurlar tobora kengayib bordi. Xulosa qilib biologiya fanlarining rivojlanishidan kelib chiqqan yangi tarmoq bo`lib, u biologik makrotizimlar ya'ni populyatsiyalar va biotsenozlar darajasidagi organizmlarning bir-birilari bilan va atrof muhit bilan bog`lanishlari to`g`risidagi fandir. Uning predmeti–bunday bog`lanishlarning zamon va makonga qarab o`zgarib borishni o`rganish ya'ni atrof muhitdagi tabiiy muvozanatni monitoring qilishdan iboratdir.

Ekologiya fanining vazifalari uning ma'nosi singari keng bo`lib, Yer yuzidagi tiriklik jarayonlarining qanday kechayotganligini o`rganib borish, fan va texnika rivojlangan hozirgi sharoitda industrial jamiyat kishisining tabiatga ta'sirini o`rganish va uni boshqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun ekologik meyorlashtirish tizimini yaratish zarur. Ekologik meyorlashtirish-bu atrof muhitga antropogen ta'sirning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lib meyorini belgilashdir. Mazkur nazariyani rus olimi S. Shvarts ishlab chiqib, qo`llash uchun taklif qilgan. Ekologik meyorlashtirilishning yo`lga qo`yilishi yashash muhitidagi tabiiy muvozanatni saqlab qolib, inson uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga kelishining oldini oladi.

Ma'lumki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan atrof muhitga antropogen omillarining ta'siri kuchayib ketdi. Ayniqsa keyingi yillarda bunday ta'sir biosfera chegarasidan chiqib, koinotgacha yetib bordi va muhitning ekologik tozaligini saqlash dunyo miqyosidagi global masalaga aylandi. Shunga ko`ra ekologiya fani vazifalarining doirasi ham yanada kengaydi. Buni ekologiyaning boshqa fanlar bilan bog`likligida ham ko`rsa bo`ladi.

Ekologiya garchi biologiya fanidan kelib chiqqan bo`lsada, u nafaqat biologik fanlar bilan balkim juda ko`p nobiologik fanlar bilan ham uzviy bog`liq, tibbiyot, matematika, tarix, fizika, iqtisodiyot, geografiya, iqlimshunoslik, kimyo, xuquqshunoslik, konchilik va hokazolarni kiritish mumkin.

Buni quyidagi bir necha aniq misollarda ko`rish mumkin:



  1. falsafa fanlari bilan aloqasi – tabiatdagi barcha borliqning o`zaro dialektik bog`liqligi, bir-biriga ta'siri asosida tabiiy muvozanatning saqlanishini o`rganish; 

  2. matematika bilan aloqasi – ekologiyani matematik modellashtirish asosida «yirtqich-o`lja» hamda «parazit-xo`jayin» munosabatlarini o`rganish; 

  3. fizika bilan aloqasi – quyosh energiyasi, elektromagnit va tovush to`lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va boshqalarning organizmlarga ta'sirini o`rganish; 

  4. iqtisodiyot bilan aloqasi – tabiiy resurslardan va unumli foydalanish asosida iktisodiy foyda ko`rish va ayni vaqtda muhitning ekologik vaziyatini qulay holda saqlashni o`rganish; 

  5. kimyo fani bilan aloqasi – organiq va mineral moddalarning tabiatda aylanishini o`rganish; 

  6. huquqshunoslik bilan aloqasi – tabiiy resurslardan foydalanishda huquqiy meyorni belgilash; 

  7. konchilik fanlari bilan aloqasi – kon qidiruv ishlarida va konlardan foydalanishda muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolish yo`llarini o`rganish. 
    Shunday qilib, ekologiya fanining qamrovi keng hisoblanadi. Ayniqsa o`tgan asrning ikkinchi yarmida u ko`pchilik fanlar ichiga kirib bordi. Buning sababi ekologik bilimlar ahamiyatining kattaligidir. Bu bilimlar nafaqat inson faoliyatining, balki bu bilan insonning o`z yashash sharoitlarini o`zgartirib yuborib, hatto uning hayoti uchun xavf tug`dirishi mumkinligini ham o`rgatadi.
    Tabiat biz tasavvur etgandan ko`ra ancha murakkabdir. Shunga ko`ra ekologiyaning birinchi qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: «Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin, ularning barchasi unda ko`pincha oldinda bilib bo`lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi». Kelib chiqadigan oqibatlar zararli bo`lmasligi uchun u o`z faoliyatini ekologik tahlil qila olishi zarur. Buning uchun esa turli fanlar bilimidan foydalanishi zarur bo`ladi. Shunday qilib, ekologiyani tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asosi deyish mumkin.
    Muhit omillari o‘rganilganda ekologiya boshqa fanlarning metodlaridan foydalanadi. Ular kimyo, meteorologiya, iqlimshunoslik, tuproqshunoslik va boshqalardir. Hozirgi vaqtda ekologiyada matematik metodlar ko‘p qo‘llanilmoqda. Ekologiya o‘simliklar fiziologiyasi bilan ham bog‘liq. Fiziologiya sohasidagi ilmiy ishlar qat’iy nazorat sharoitida o‘tkaziladi, ekologlar esa doimiy ravishda o‘zgarib turadigan tabiiy sharoitda ish olib boradilar. Ekologiya, jumladan, geobotanika bilan bog‘liqdir, chunki u biogeografiyadan kelib chiqqan. Fitogeograf turlar bilan ish ko‘rsa, ekolog hayotiy formalarini o‘rganadi. Turlar evolyusiyasini o‘rganish uchun paleontologiya va paleogeografiyani ham bilish shart, chunki bu fanlar turlarning rivojlanish tarixini o‘rganadi. Ekologiya sistematika, iqtisod, huquq va boshqa bir necha fanlar bilan bog‘liq.

Inson muhitini yaxshilash, zarur ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun ekosistemalar mahsuldorligi va uning barqarorligini oshirish talab etiladi. Shu maqsadda quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:

 biotsenozlar hosil qilish (sun’iy yaylovlar hosil qilish);

 qumlarning ko‘chishini to‘xtatish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish;

 qishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish;

 o‘simliklarni va hayvonlarni iqlimlashtirish;

 o‘simliklarni zararkunandalardan muhofaza qilish;

 atrof—muhitdagi antropogen o‘zgarishlarni o‘rganish va muhitni yaxshilash metodikasini asoslash; .

 biologik rekultivatsiya ishlarini olib borish;

 yuqori hosildorlik asosi— o‘simliklar optimal zichligini aniqlash;

 ekologik xavfni aniqlash va uning oldiniolish;

 tabiatda oz uchraydigan va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish yo‘llarini ishlabchiqish;

 havo va tuproqning tozaligini ta’minlash;

 suvning tozaligini asrash, ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

 biologik xilma — xillikni asrash;

 o‘simlik va hayvonlar populyasiyalarining soniniboshqarish;

 yo‘qolib borayotgan populyasiyalarni aniqlash va ularnimuhofaza kilish;



 tabiat va jamiyat orasidagi muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;



Download 28,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish