Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


-Mavzu. Galen, novogalen preparatlarini, tayyor dori shakllarni va antibiotiklarni



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

6-Mavzu. Galen, novogalen preparatlarini, tayyor dori shakllarni va antibiotiklarni 
ishlab chiqarishda mehnat gigienasi 
Ma’ruzadan maqsa
d: Galen va neogalen preparatlar va tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarish 
jarayonlaridagi mehnat gigiyenasi haqidagi ko‘nikmalar bilan tanishtirish. Kimyo-farm 
korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarida salbiy omillar ta’sirini bilish va sog‘lomlashtirish 
tadbirlarini ishlab chiqish.
 
Reja: 
1. Fitopreparatlar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 
2. Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 
3. Ampulalar tayyorlash. 
4. Eritmani tayyorlash va ampulalash. Ampulalarni yopish. 
5. Tabletkalar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. Granulalash. 
6. Draje ishlab chiqarishdagi sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 
7. .Kimyo farm korxonalarida mehnat gigiyenasi. 
8. Asosiy texnologik jarayonlarining gigiyenik xarakteristikasi. 
9.Dorivor moddalarni olish jarayonlari 
10. Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat sharoitini belgilovchi omillarga umumiy ta’rif. 
 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
64 
Tayanch iboralar 
1. O’zR – Ozbekiston Respublikasi
2. REK – Ruxcat etilgan me’yor 
3. DB - detsibell - shovqin o’lchov birliqi 
4. atm. – atmosfera 
Fitopreparatlar dorivor o‘simlik xom ashyosidan oladilar. Ularni ikki guruhga ajratadilar: 
yangi uzilgan o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar va quritilgan o‘simlik xom ashyosidan 
tayyorlangan preparatlar. 
Yangi uzilgan o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar sharbatlar va ajratmalarga bo‘linadi. 
Ularni tayyorlash chog‘ida apparaturaning germetikligi buzilgan xolda va ventilyasiya 
ishining samaradorligi past bo‘lganda ishlovchilarga ekstragentlar (dixloretan, efirlar, spirtlar va b.) 
ning bug‘lari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yangi uzilgan dorivor o‘tlarni maydalash operatsiyalarini 
gigiyenik jixatdan noqulay deb xisoblash lozim, chunki bu paytda ular sharbati tomchilari va mayda 
bo‘laklari nafas organlari tananing ochiq qismlari terisiga (qo‘llar, yuz) tushib, bunda terini 
yallig‘lantiruvchi va sensibilizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Quritilgan o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlarga nastoyka va ekstraktlar kiradi. 
Nastoykalar quruq o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan spirtli yoki spirtli-efirli ajratmalar bo‘lib, 
ular isitishsiz va ekstragensiz olib tashlanmasdan olinadi. Nastoykalarni tindirish, perkolyasiya (filtr 
orqali uzluksiz filtrlash) va ekstraktlarni eritish yo‘li bilan oladilar.
Ekstraktlar - quruq o‘simlik xom ashyosidan olingan konsentratsiyalangan tortmalar, ballast 
moddalardan tozalangan galenli preparatlar. Konsentratsiyasiga ko‘ra suyuq, quyuq va quruq 
ekstraktlarga ajratiladi. Ekstraktlarni olish texnologik chizmasida asosiy operatsiyalar quyidagilar 
konsetratsiyasi valeriana ildizni ortishdagi ifloslanish darajasidan 2-4 baravar ortiq bo‘lgan. 
Dorivor changi fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy qurilishiga ko‘ra organizmga turlicha ta’sir 
qilishi mumkin: umumiy zaxarli, terini yallig‘lantiruvchi, allergen va boshqalar. Chunonchi, 
masalan, tarkibida atropin guruhidagi alkaloidlar bo‘lgan belladonna o‘tini ortishda teriga tushib, 
uni yallig‘lantiradi. Uzoq ta’sir etganda, ayniqsa ushbu o‘t yuqori nafas yo‘llari orqali tushganda 
zaxarli ta’sir bosh aylanishi, umumiy qo‘zg‘alish, tomir urishi va nafas olishning tezlashishi 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Qizil qalampir, shalfey va boshqalarning changi teriga 
yallig‘lantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Limonnik va boshqa o‘tlarning changi bilan aloqada allergik 
tasirlanish xillari ta’riflangan. 
Galenli va yangi galenli preparatlarning olinishida ish zonasi havosining ekstragentlar va 
eritmalar (spirt, efir, xloroform, dixloretan va boshqalar) bug‘lari bilan ifloslanishi ro‘y beradi. 
Masalan, bir qator korxonalarda spirtli eritmalar tayyorlash xonalarida etil spirti bug‘larining yuqori 
konsentratsiyalari aniqlandi, ularda ish zonasi xavosida olingan probalarning 20-30% ida 
bug‘larning tarkibi REMMdan ortiq bo‘lgan. Kimyoviy omilga ega majmuada ayrim uchastkalarda 
ishlovchilar me’yoridan ortiq issiqlik bilan belgilanuvchi mikroiqlim va shovqinning bir vaqtdagi 
ta’siri ostida bo‘ladilar. 
Galenli sexlarda ishlovchilarga kimyoviy omilning ta’sir ko‘rsatish turi va darajasi 
qo‘llanilayotgan texnologik uskuna, dorivor xom ashyo tarkibi, me’yoriy mexnat sharoitlarini 
ta’minlashda zararli moddalarning ajralib balarini xisobga olgan xolda galenli sexlarni rnsh juda 
katta axamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olishda 
shaxsiy ximoya vositalari katta axamiyatga ega. Maydalagichlar, tegirmonlar, elaklar, shnekli va 
tasmali transportyorlar va boshqa texnologik uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar maxsus 
kiyim-bosh, 03-N. 03-K turidagi ximoya ko‘zoynaklari qo‘lqoplar. SHB-1 turidagi respiratorlar 
bilan ta’minlanishi shart. Bundan tashqari, organik ekstragentlar bilan aloqada bo‘luvchi ishchilarda 
A rusumli filtrlovchi qutichali progivogaz bo‘lishi shart. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish