2-mavzu. Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi
Ovqatlanish – salomatlik omili. Oqilona ovqatlanish va ovqat ratsioniga qo‘yiladigan
gigienik talablar. Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari inson hayot sharoiti, jinsi, yoshi, ish
faoliyatining xarakteriga bog‘liqligi.
San Q va M № 0347-17 bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi
aholisining sog‘lom ovqatlanishini qo‘llash uchun yosh-jins va kasbiy guruxlari bo‘yicha oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‘lgan extiyojning fiziologik me’yorlari». Ozuqali moddalarning inson
hayotida tutgan o‘rni. Alimentar kasalliklar va ularning profilaktikasi.
Ovqatdan zaxarlanishlar
turlari. Ovqatdan zaxarlanishlarning etiologiyasi va oziq – ovqatdan zaxarlanishning oldini olish.
Davolovchi profilaktik ovqatlanishlar va ularning ahamiyati.
3-mavzu. Mehnat gigiyenasining umumiy asoslari va mehnatni muhofaza qilish. Ishlab
chiqarish muhitidagi fizikaviy, kimyoviy va biologik omillar
Organizmning fiziologik funsiyasi va mehnat faoliyati. Inson organizmining holatini
tekshirish usullari. Ish jarayonida organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar, toliqish, o‘ta toliqish, uning
sabablari hamda oldini olish choralari. Ish jarayonidagi psixo-fiziologik omillarning umumiy
tavsifi. Sanoatda zaharli moddalarning ta’siri, o‘tkir va surunkali zaharlanish. SanQ va M №0350-
17 va SanQ va M № 0183-05 Ishlab chiqarishdagi zaharlanishga qarshi tadbirlar. Provizorlar va
provizor analitiklarning mehnat gigienasi. Mehnat sharoitini inson organizmiga ta’siri. Ish joyida
uchraydigan asosiy zararli fizikaviy (shovqin, vibratsiya), kimyoviy va biologik ta’sirlar (chang,
mikrorganizmlar) va ularga gigiyenik baho.
4-mavzu
.
Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Dorixonalarda yoritilganlik, havo
almashinuvi va xonalar havosining mikroblar bilan ifloslanganligi
Dorixonani gigiyenik obodonlashtirish asoslari. Dorixona uchun ajratilgan er maydoniga,
loyihalashtirish va dorixona ichki jihozlanishiga qo‘yiladigan gigienik talablar. SanQ va M №
0337-16 “Dorixonalarni joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha sanitar qoida va
me’yorlari ” va SanQ va M № 0319-15 “Dorivor moddalarni va tibbiyot uchun mo‘ljallangan
buyumlarni saqlash omborlarini joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha sanitar
qoida va me’yorlari”. Xodimlarning shaxsiy gigienasi. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida,
dorixona muassasalarida yoritilganligiga qo‘yiladigan gigienik talablar. Kimyo farmatsevtika
korxonalarida va dorixonalarda dori tayyorlashning sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi tartibi.
Xonalar havosining mikroblar bilan ifloslanish manbalari. Dezinfeksiya usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |