Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
135
tozalashi; ozoda kiyinishi lozim. Xodim uydan chiqayotganda u bir kun oldin nima bilan
shug’ullanganini (dala hovlida ishlash, avtomobilni tuzatish, uy hayvonlarini parvarishlash, sport
o’yinlari va h.k.) eslab, o’zini tartibga keltirishi lozim.
Xodimni ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasiga maxsus bo’lim kiritib, unda
xodimning shaxsiy gigiyena bo’yicha majburiyatlari va javobgarligini belgilab qo’yish maqsadga
muvofiq. Masalan, tozalik sinfi 5ga teng xonalarda ishlovchilar ishga pardozsiz kelish, ish kunidan
oldin
spirtli ichimliklar ichmaslik, korxona hududida hamda ishga kelishdan oldin ikki soat
davomida chekmaslik majburiyatini oladilar. Oxirgi talab shunga bog’liqki, kashandalar nafas bilan
chiqaradigan havoda zarrachalar kontsentratsiyasi juda yuqori bo’ladi, bu kontsentratsiya chekish
tugagandan keyin juda sekin kamayadi. Bu zarrachalar ko’pincha kichkina o’lchamda bo’lib,
niqobda ushlanib qolmaydi. Ba’zan savol tug’iladi: toza xonaga kirishdan oldin cho’milish
kerakmi? Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, agar odam ishga yuvinib kelgan bo’lsa, ishxonada dush
qabul qilishga hojat yo’q. Bundan tashqari, dush ostida iliq yoki issiq suvda cho’milish teri
poralarining ochilishiga, ter va mikroorganizmlar ajralishiga olib keladi. Busiz esa
mikroorganizmlar teri qoplamasi yuzasiga chiqmaydi. Bevosita ishdan oldin dush qabul qilish
zarurligi haqida qat’iy ma’lumotlar yo’q. Shu bilan birga, alohida hollarda ishdan keyin dush qabul
qilish talab etilishi mumkin. Avariyali vaziyatlar uchun dush to’rlari nazarda tutilishi mumkin.
Dushni (vanna emas) har kuni uyda qabul qilish zarur, zero u vannadan samaraliroq hisoblanadi.
Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari
Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab bo’yog’i, tirnoq bo’yog’i, rumyana va
h.k.) mikroorganizmlarning ko’payishi uchun qulay muhitni yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat
bezaklarida iflosliklar yig’ilib qoladigan joylar ko’p bo’ladi, shuning uchun toza xonaga kirishdan
oldin ularni yechish talab etiladi. Quyidagi foydali qoidani unutmaslik kerak: toza xonaga ish uchun
yoki xodimlar faoliyatini ta’minlash uchun kerak bo’lmagan buyumlarni olib kirmaslik.
Qo’llarni yuvish
Qo’llarni to’g’ri yuqish va ularga ishlov berish xodimlarni toza xonaga kirishga
tayyorlashning muhim tarkibiy qismidir.
Shu bilan birga, odam ishlaganda qo’llari bilan turli
yuzalarni ushlaydi. Qo’llarni har gal toza xonaga kirayotganda yuqish kerak. Qo’llarni yuvishning
turli sxemalari mavjud: kiyim almashtirishdan oldin va/yoki toza xonaga kirishdan oldin. Aksariyat
hollarda qo’llar kiyim almashtirishdan oldin yuviladi. Yuqori tozalik sinflariga mansub toza xonalar
va steril ishlab chiqarishlar uchun bu qat’iy qoidadir. Aks holda toza kiyimga, ayniqsa uning
yengiga namlik tushishi mumkin.
Qo’llarni yuvish sxemasi: uzuk va boshqa bezaklarni yechish. Qo’lni sovunlashdan oldin
xo’llash. Qo’l terisining butun yuzasini sovunlash (bakteritsid sovun). Tomchilar hosil qilmaydigan
dozatorli suyuq sovundan foydalanish maqsadga muvofiq. Qattiq sovun nam iz qoldiradi va oqadi.
Qo’l yuzasi uqalanib yuviladi, tirnoqlar, ular atrofidagi zonalarga, barmoqlar orasiga, uzuk ostida
bo’lgan teri qismlariga alohida e’tibor beriladi. Plastmassadan ishlangan tuksiz cho’tkalardan
foydalanish mumkin. Cho’tkalardan foydalanayotganda teriga zarar yetkazmaslik zarur. Qo’llar suv
oqimi ostida kir va sovun ko’pigi to’liq yo’qolmaguncha chayiladi. Qo’llar fen bilan quritiladi yoki
bir martalik vors ajratmaydigan sochiqlardan foydalaniladi. Alohida mas’uliyatli hollarda qo’llarni
quritish uchun HEPA filtrlardan foydalanish mumkin. Qo’llarni umumiy foydalanishdagi oddiy
sochiqlar bilan artishga yo’l qo’yilmaydi. Sochiqlar o’ramidan foydalanilsa, qo’llarni faqat ularning
hech kim tegmagan toza qismi bilan artiladi. Keyingi harakatlar (kiyim
almashtirish, toza xonaga
kirish) faqat quruq qo’llar bilan bajariladi. Steril ishlab chiqarish uchun qo’shimcha qoidalar
mavjud: qo’llar bilakkacha yuviladi; qo’llarga dezinfektsiyalovchi vositalar bilan ishlov beriladi,
ular qo’lga surtilgandan keyin 1,2-2 daqiqa ushlab turish kerak, bu vaqtda qo’l panjalari bilaklardan
shunday yuqorida turishi kerakki, kritik yuzalarga (barmoqlarga) suyuqlik oqmasin. Qo’llar steril
kiyimga tegib ketmasligi uchun kiyim almashtirish uchun maxsus qo’lqoplardan foydalanish
mumkin. Kiyim almashtirilgandan keyin bu qo’lqoplar yechiladi va ishlash uchun steril qo’lqop
kiyiladi yoki ishchi qo’lqoplar ularning ustidan kiyiladi. Har bir toza xonada qo’llarni yuvish
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
136
bo’yicha yo’riqnoma bo’lishi kerak. Steril ishlab chiqarishda namlik to’planib qolishiga yo’l
qo’ymaslik uchun yumaloq tubli rakovinalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Toza xonalardagi harakatlar
Xodimlar tomonidan belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat o’rnatish kerak.
Bunda
shuni unutmaslik kerakki, toza xonalar uchun arzimaydigan narsa yo’q. Aynan mayda-
chuydalar eng katta xavfni tug’diradi. Xulq-atvor qoidalarini belgilaydigan asosiy mezon – toza
xonani ifloslantirishi mumkin bo’lgan hech narsaga yo’l qo’ymaslik.
Toza xonada qanday harakatlanish kerak? Shoshilmaslik, keskin harakat qilmaslik lozim. Bu
ikki sabab bilan belgilanadi: tez harakat qilganda odamdan zarrachalar ajralishi tezlashadi; tez
harakatlar havo oqimlari harakatini buzadi va iflosliklarning tarqalishiga olib keladi. Keraksiz
harakatlarni umuman istisno etish lozim. Faqat reglamentda belgilangan harakatlarni bajarish zarur.
Ba’zi bir odamlar soch qashlash, qo’llarni, yuzini va boshqa tana qismlarini ishqalash, imo-
ishoralarni ko’p takrorlash odatiga ega. Bunday harakatlarga yo’l qo’yilmaydi. Zararli odatlardan
holi bo’lolmaydigan odamlar toza xonalarga kiritilmasligi kerak. Toza zonada ovqatlanish,
suyuqlik ichish, chekish, gazeta va jurnallar o’qish taqiqlanadi. Tegishlicha, xonaga ovqat
mahsulotlarini (shu jumladan ichimliklarni), saqichni,
dorilarni, gugurtni, zajigalkani, sigaretlarni,
qog’ozlarni va texnologik jarayonda nazarda tutilmagan boshqa anjomlarni, bosma mahsulotlarini
va h.k.larni olib kirish man etiladi.
Qo’l soati ifloslanish manbasi hisoblanadi. Toza xonaga kirishdan oldin soatni yechish
zarur. Toza xonada baland ovozda gapirish mumkin emas. Baland nutq va qichqiriqlar og’izdan
iflosliklar ajralishi jadalligini keskin oshiradi. Ish joyi ustida engashish, devorlar va uskunalarga
suyanish, buyumlarni joydan-joyga ko’chirish yoki ularni badaniga bosish taqiqlanadi. Bir
yo’nalishli havo oqimida ishlaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya etish zarur. Unutmaslik kerakki,
agar qo’l yoki boshqa tana qismi filtr bilan ish zonasi orasiga tushib qolsa, ishchi zonasi albatta
ifloslanadi. Odamning og’zidan, burnidan, u qaerga qarab turgan bo’lsa, o’sha tomonga iflosliklar
ajraladi. Shuning uchun operatorga murojaat qilish zarurati tug’ilganda unga shunchalik
yaqinlashish kerakki, u o’girilib qarashga majbur bo’lsin, shunda gapirayotganda og’izdan
ajraladigan zarrachalar ishchi zonadan boshqa tomonga ajraladi. Agar aksa urish yoki yo’talish
ehtiyoji paydo bo’lsa, ishchi zona tomondan o’girilib, qo’lqopli qo’llar bilan og’izni berkitish va
keyin qo’lqopni almashtirish zarur. Aksa urish yoki yo’talish takrorlanaversa, toza xonani tark etish
va bu haqda rahbariyatga xabar berish kerak.
Toza xonada ish uchun zarur bo’lmagan buyumlarni qoldirmaslik zarur.
Asbob-uskunalar
ishidagi har qanday nosozliklar va yo’riqnomalarda belgilangan talablardan har qanday og’ishlar
haqida rahbarga xabar berish lozim.
Sog’liq holati
Sog’liq holatini baholash mezonlari juda oddiy: o’tkir va surunkali kasallikka chalingan
shaxslar toza xonalarga yo’latilmaydi. Birinchi galda bu o’tkir respirator kasalliklarga tegishli.
Yo’tal, aksa urish, burun oqishi va ko’z yoshlanishi tozalik darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Kon’yunktivit va boshqa ko’z kasaliklari; yuqori nafas yo’llari kasalliklari; teri kasalliklari,
jumladan gerpes, furunkullar, seboreya (qazg’oq) kabi kasalliklarni ham sanab o’tish joiz. Ba’zi bir
odamlar ko’p terlaydi, bu ham toza xonalarda ishlashga monelik qiladi. Jarohatlar ham iflosliklar
ajralishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: