Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
90
(avtoklavka, yuvish joylarida va b. suvdan foydalanishda). Yumshatuvchilar distilyatorning ichki
yuzasi va qayta so‘rilish membranasida erimaydigan cho‘kmalarni hosil bo‘lish potensial
imkoniyatlarini pasaytirgan holda asos suvdagi polivalent ionlarni yo‘qotadi. Shuningdek,
yumshatishda qattiq tuzlar bilan birga bariy, alyuminiy, stronniy kabi foydali ionlarni ham
yo‘qotishi mumkin. Yumshatish sistemasini ishlatishda filtratsiya tezligini noto‘g‘ri tanlash,
smolaning organik mikrobiologik iflaslanishi, qurilmani ishlatish va saqlash qoidalariga rioya
qilmaslik sababli smola elementlarining yorilishi, regeneratsiyada tuzli eritma bilan ifloslanish
sababli kanallar paydo bo‘lish xavfi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Chastotani (regeneratsiya
oraliq davri 24 s dan kam bo‘lmasligi) va yumshatuvchining ion almashish regeneratsiyasining
davomiyligini to‘g‘ri tanlash zarur. Suvning qattiqligi monitoringgini olib borish, ya’ni, smolaning
ajratilgan zarrachalarini yo‘qotish uchun filtratsiyadan o‘tkazish, yumshatish filtrini, tuz baki va b.
ni natriy gipoxlorit bilan sanitar qayta tozalash (yiliga 1 marta) zarur.
Elektrodionlash ion almashinishning turlaridan biri hisoblanadi. Elektrodionlash sistemasi
to‘xtovsiz oqim (maxsulot va konsentrlangan chiqindilar)ni va to‘xtovsiz regeneratsiyani ta’minlash
uchun tanlab o‘tkazuvchi membrana va elektr zaryadli smola kombinatsiyasidan foydalanadi.
Uzatilgan suv uch oqimga taqsimlanadi. Oqimning bir qismi elektrod kanali orqali o‘tadi, qolgan
ikki qismi anion va membranalar orasida aralashgan smola qatlamlarini o‘zida mujassamlashtirgan
tozalash va konsentrlash kanaliga tushadi. Ion almashtirgich smolalarning aralashgan qatlamlari
erigan ionlarni ushlab qoladi. Elektr toki qamrab olingan kationlarni o‘tkazuvchan membrana
kationi orqali katodga, anionlar esa o‘tkazuvchan membrana anionlari orqali anodga yo‘naltiradi.
Ion almashtirgich smolalar membrananing ikki tomonidan membrana orqali kation va anionlarni
o‘tkazishni kuchaytiradi. O‘tkazuvchan membrana kationi anionlarning anodga kelishini,
o‘tkazuvchan membrana anionlari esa kationlarning katodga kelishini to‘xtatadi. Bu bo‘lmada
ionlar yuvilib, oqib ketib konsentrasiyalashadi. Natijada yuqori sifatli tozalangan suv olinadi.
Tozalash kanali (smola seksiyasi)da gidroksil va vodorod ionlari elektr potensiyali smolaning
to‘xtovsiz regeneratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Elektrodionlash jarayoni yordamida
mineral moddalarni yo‘qotish mumkin. Bu usulning samarasi aralashmalarning boshlang‘ich
tarkibiga, sistemaga uzatilgan suv oqimining tezligiga va suv tayyorlashning oldingi bosqichlariga
bog‘liq bo‘ladi. Elektrodionlash usulini qayta so‘rilish usuli bilan birgalikda olib borish maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: