Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
136
bo’yicha yo’riqnoma bo’lishi kerak. Steril ishlab chiqarishda namlik to’planib qolishiga yo’l
qo’ymaslik uchun yumaloq tubli rakovinalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Toza xonalardagi harakatlar
Xodimlar tomonidan belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat o’rnatish kerak.
Bunda shuni unutmaslik kerakki, toza xonalar uchun arzimaydigan narsa yo’q. Aynan mayda-
chuydalar eng katta xavfni tug’diradi. Xulq-atvor qoidalarini belgilaydigan asosiy mezon – toza
xonani ifloslantirishi mumkin bo’lgan hech narsaga yo’l qo’ymaslik.
Toza xonada qanday harakatlanish kerak? Shoshilmaslik, keskin harakat qilmaslik lozim. Bu
ikki sabab bilan belgilanadi: tez harakat qilganda odamdan zarrachalar ajralishi tezlashadi; tez
harakatlar havo oqimlari harakatini buzadi va iflosliklarning tarqalishiga olib keladi. Keraksiz
harakatlarni umuman istisno etish lozim. Faqat reglamentda belgilangan harakatlarni bajarish zarur.
Ba’zi bir odamlar soch qashlash, qo’llarni, yuzini va boshqa tana qismlarini ishqalash, imo-
ishoralarni ko’p takrorlash odatiga ega. Bunday harakatlarga yo’l qo’yilmaydi. Zararli odatlardan
holi bo’lolmaydigan odamlar toza xonalarga kiritilmasligi kerak. Toza zonada ovqatlanish,
suyuqlik ichish, chekish, gazeta va jurnallar o’qish taqiqlanadi. Tegishlicha, xonaga ovqat
mahsulotlarini (shu jumladan ichimliklarni), saqichni, dorilarni, gugurtni, zajigalkani, sigaretlarni,
qog’ozlarni va texnologik jarayonda nazarda tutilmagan boshqa anjomlarni, bosma mahsulotlarini
va h.k.larni olib kirish man etiladi.
Qo’l soati ifloslanish manbasi hisoblanadi. Toza xonaga kirishdan oldin soatni yechish
zarur. Toza xonada baland ovozda gapirish mumkin emas. Baland nutq va qichqiriqlar og’izdan
iflosliklar ajralishi jadalligini keskin oshiradi. Ish joyi ustida engashish, devorlar va uskunalarga
suyanish, buyumlarni joydan-joyga ko’chirish yoki ularni badaniga bosish taqiqlanadi. Bir
yo’nalishli havo oqimida ishlaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya etish zarur. Unutmaslik kerakki,
agar qo’l yoki boshqa tana qismi filtr bilan ish zonasi orasiga tushib qolsa, ishchi zonasi albatta
ifloslanadi. Odamning og’zidan, burnidan, u qaerga qarab turgan bo’lsa, o’sha tomonga iflosliklar
ajraladi. Shuning uchun operatorga murojaat qilish zarurati tug’ilganda unga shunchalik
yaqinlashish kerakki, u o’girilib qarashga majbur bo’lsin, shunda gapirayotganda og’izdan
ajraladigan zarrachalar ishchi zonadan boshqa tomonga ajraladi. Agar aksa urish yoki yo’talish
ehtiyoji paydo bo’lsa, ishchi zona tomondan o’girilib, qo’lqopli qo’llar bilan og’izni berkitish va
keyin qo’lqopni almashtirish zarur. Aksa urish yoki yo’talish takrorlanaversa, toza xonani tark etish
va bu haqda rahbariyatga xabar berish kerak.
Toza xonada ish uchun zarur bo’lmagan buyumlarni qoldirmaslik zarur. Asbob-uskunalar
ishidagi har qanday nosozliklar va yo’riqnomalarda belgilangan talablardan har qanday og’ishlar
haqida rahbarga xabar berish lozim.
Sog’liq holati
Sog’liq holatini baholash mezonlari juda oddiy: o’tkir va surunkali kasallikka chalingan
shaxslar toza xonalarga yo’latilmaydi. Birinchi galda bu o’tkir respirator kasalliklarga tegishli.
Yo’tal, aksa urish, burun oqishi va ko’z yoshlanishi tozalik darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Kon’yunktivit va boshqa ko’z kasaliklari; yuqori nafas yo’llari kasalliklari; teri kasalliklari,
jumladan gerpes, furunkullar, seboreya (qazg’oq) kabi kasalliklarni ham sanab o’tish joiz. Ba’zi bir
odamlar ko’p terlaydi, bu ham toza xonalarda ishlashga monelik qiladi. Jarohatlar ham iflosliklar
ajralishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: