Ifloslovchi moddalarning absorbsiyasi. Bu usul tekshirilayotgan havoni eritma yoki erituvchisi bor (2—3 ml) idish (absorber, suyuq yutuvchi) orqali puflashga va eritmani tahlil qilishga asoslangan. Xemosorbsiya esa unga nisbatan ancha istiqbolli bo'lib, bunda yutish uchun foydalaniladigan erituvchi o'rganilayotgan komponentlarni yutish (eritish) bilan birga, ularni kimyoviy bog'laydi. Bu aralashmalarni yutish usulining ko'proq selektivligini belgilaydi. Havodan reaksiyaga moyil qutbli UOB (uchuvchan organik birikmalar) va anorganik moddalar (aldegidlar, ketonlar, kislotalar, spirtlar, nitrollar, aminlar, oltingugurtli birikmalar va h.) ni ajratib olish uchun ishlatiladi. Bu havodagi reaksiyaga moyil va barqaror birikmalarni, masalan, gidrazin va unga yaqin birikmalarni aniqlash vazifalarini hal etish imkonini beradi.
Gidrazin va metilgidrazin raketalar uchun yonilg'i sifatida ishlatiladi. Raketalarni uchirishda, shuningdek, alohida qismlarining yonishi va ajralishida (yerga tushishida) tuproq va havo yetarlicha katta hududda ifloslanadi (masalan, Oltoy va Qozog'istonda). Gidrazinlar ancha yuqori konserogen faollikka ega bo'lib, inson, hayvon va atrof-muhit uchun jiddiy xavf tug'diradi.
Kriogenli konsentratsiyalashdan gazlar va qaynash harorati past bo'lgan UOB larni tahlil qilishda foydalaniladi. UOB ifloslangan havoni inert to'ldiruvchili tutgich orqali o'tkazishda zaharli aralashmalarning muzlashiga asoslangan, ularni ajratib olish darajasi esa 90—100% ni tashkil etadi. Tutgichni sovutish uchun qattiq uglekislotaning atseton bilan aralashmasi (~80°C) yoki suyuq azotdan (-195°C) foydalaniladi. Aralashmalarni muzlatishdagi asosiy muammo havodagi namlik bo'lib, u tutgichni «egallab» oladi. Uni bartaraf etish uchun patron-dagi havo turli xil qurituvchilar (magniy perxlorat, kaliy karbonat, seolit 3A va b.) bilan quritiladi. Ammo aksariyat qurituvchilar namlikdan tashqari tekshirilayotgan moddalarni ham singdirib olishi mumkin. Namlikni to'liq bartaraf etadigan va shu bilan birga UOB aralashmalarini yutmaydigan eng yaxshi qurituvchi yaqinda sintez qilingan nafion polimeridir (tetraftoretilen va ftorsulfanil sopolimeri asosidagi perftorlangan membrana). Ifloslovchilarni adsorbsiyalash. Sorbsion konsentratsiyalash zaharli moddalar aralashmalarini ifloslangan havodan ajratishning eng asosiy va keng tarqalgan usulidir. Yuqori darajada rivojlangan yuzali sorbentlar havodan deyarli barcha ifloslovchi moddalarni gazlardan tortib to qaynash harorati yuqori birikmalarni samarali ajratish (80-100%) imkonini beradi. Havoni tahlil qilish amaliyotida 70 dan ortiq turli sorbentlar ishlatiladi, ulardan eng asosiylari 1-jadvalda berilgan.
1-jadval.
Havodan zaharli moddalarni ajratuvchi sorbentlar
Do'stlaringiz bilan baham: |