Namangan-Nanay yo’nalishi - Nanay qishlog’i viloyatning shimolida, Podshootasoy soxilida joylashgan. Qishloq tabiatining go’zalligi, toza havosi, tez oqar Podshootasoy sayyohlarni miriqib dam olib, xordiq chiqarish uchun yetarli imkoniyatlar yaratadi. Nanay qishlog’ida «Ko’ksaroy» turistik bazasi barpo etilgan bo’lib, yiliga 2500 dan ortiq kishilir dam oladilar. Bu yerda ham o’ziga xos sayohat yo’nalishlari mavjud bo’lib, ular: 1.Podshoota-Sarichelak, 2.Ko’ksa-roy tog’i, 3.Ko’ksaroy-Safedbilol deb nomlanadi. Bu yo’nalishlar sayyohlarni xordiq chiqarishini samarali tashkil etishda asosiy o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |