Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir qismi bo‘Iib, uning mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini bilib olish katta ahamiyatga ega. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar yuridik javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlikka nisbatan qo‘llaniladigan yuridik javobgarlikka bir qator sohasidagi huquqbuzarliklar, ekologik va agrar qonunlarning buzilishiga qarshi kurash hamda ekologik qonunchilik va huquqiy tartibotni ta'minlashdan iborat. Tabiat boyliklaridan noto‘g‘ri foydalanish ekologiya, sohasidagi huquqbuzarliklar ma’lum bir tomonlarni yuridik javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasining ekologik tizimi, sivosati hamda barcha tabiiy boyliklarga zarar yetkazish bilan bog‘liq ekologik qonunlarga xilof xatti harakat yoki harakatsizlik jinoyatlarini sodir etish oqibatida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |