“0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi asosida qabul qilingan 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan: 0 ‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, shu jumladan chiqindilar bilan bog‘liq ishlar sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaxslarni o‘rmatilgan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga ega ekanligi ham alohida qayd etildi. Xullas, ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar subyektning huquqiy normalarga qarshi qilgan hatti-harakati bilan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan, tabiat obyektlariga - yer, suv, yer osti boyliklari, atmosfera, o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosiga hamda inson salomatligi va yashash muhiti uchun xavfli bo‘lgan harakat yoki harakatsizlik oqibatida namoyon bo‘lib, ular sodir etilishiga qarab alohida o‘z xususiyatiga ega bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |