Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifalari



Download 82,5 Kb.
Sana07.08.2021
Hajmi82,5 Kb.
#141197
Bog'liq
EKOLOGIYA FANI BO’LIMLARI, VAZIFALARI VA AHAMIYATI.


EKOLOGIYA FANI BO’LIMLARI, VAZIFALARI VA AHAMIYATI.

Reja:
1. Ekologiyaning asosiy bo’limlari: autoekologiya, demekologiya, eydekologiya, sinekologiya haqida tushuncha



2. Ekologiyaning asosiy uslublari: dala, laboratoriya, ekspemental va matematik model uslublari

Ekologiyaning rivojlanishi, sanoat, qishloq xo’jaligining taraqqiyoti natijasida inson salomatligiga ziyon yetkazishni aniqlaydigan, ekologik ofatlarning oldini olishni o’rganadigan yo’nalishlar: “Odam ekologiyasi”, “Qishloq xo’jalik ekologiyasi”, “Transport ekologiyasi”, “Sanoat ekologiyasi”, “Tabobat ekologiyasi”, “Geoekologiya”, “Qurilish ekologiyasi” kabi fan tarmoqlari kelib chiqmoqda.

Hozirgi vaqtda ekologiya quyidagi bo’limlarga bo’linadi:


  1. Autoekologiya (Schrotes, 1896)- tur vakillarining ekologiyasi;

  2. Demekologiya (yoki demokologiye; Schwertinger, 1963)- populyatsiyalar ekologiyasi;

  3. Eydekologiya (eidos-tur)-turlar ekologiyasi;

  4. Sinekologiya (Schrotes, 1902)- tirik organizmlar jamoasi, uyushmasi birligining ekologiyasi

Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo’nalishlarayrim fanlarning bo’limi sifatida rivojlanmoqda, jumladan:

1.Fiziologik ekologiya- tirik organizmlar (mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar, odamlar)ning yashash joyiga moslashishi ta’sirida kelib chiqadigan fiziologik organizmni o’rganadi.

2.Paleekologiya tabiatdan yo’qolib ketgan organizmlar, turlar, guruhlarning ekologiyasini o’rganadi;

3. Evolyutsion ekologiya- tabiatda populyatsiyaning o’zgarib, rivojlanib turishini ekologik mexanizmlari;

4.Morfologik ekologiya – tirik organizmlarning yashish sharoiti ta’siri natijasida, ularning tanalarining tuzilish qonunlarini o’rganadi;

5.Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi- gidroekologiya- turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish, tarqalish qonunlarini o’rganadi;

6. Odam ekologiyasi- insonning tabiiy holati, unga salbiy va ijobiy ta’sir qilayotgan ekologik omillarning mohiyati, uning sog’ligi, tabiatdagi o’rni va rolini o’rganadi;

7. Ijtimoiy ekologiya- jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi turli ekologik munosabatlarni o’rganadi

Ekologiya o’rganadigan muammolarning har xilligi turli uslublarni qo’llashni talab etadi.

Ekologiyada quyidagi, ya’ni dala, labarotoriya, eksperimental va matematik model uslublari qo’llaniladi.

1. Dala uslubi yoki tabiiy sharoitda olib boriladigan, o’tkaziladigan kuzatish uslubi;

Dala uslubi bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta- kichik tirik organizmlar guruhlarini tabiiy sharoitda o’rganadi;

2. Laboratoriya eksperiment uslubi- bo’yicha maxsus joylarda, xonalarda turli mikroorganizmlar, suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari kichik-kichik chashkalarda, akvariumlarda maxsus ozuqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi. Ularning ko’payish tezligi, biomassa hosil qilishi, fiziologik va bioximik tarkiblari o’rganiladi.

Laboratoriya eksperimental va dala uslublari bir-biridan farq qiladi. Ya’ni, laboratoriya- eksperimental sun’iy sharoitda organizmga ta’sir qilayotgan sun’iy ekologik omillar (yorug’lik, harorat, namlik va boshqalar)ning salbiy va ijobiy ta’sirini boshqarish mumkin. Tabiiy sharoitda esa, ekologik omillarning organizmga bir joyda va bir vaqtda bir neja omil (quyoshdan kelayotgan nur, daryoning oqish tezligi)ni birdan boshqarish qiyin.

3. Matematika uslublari va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos ekologik tomonlarni matematik modellar uslubi yordamida aniqlash. V.S.Patten (1971), M.V. Dale (1970) Yu. Odum (1975), T.G.Gilmanov (1980) kabi olimlarning ishlarida o’z aksini topgan.

Ekologik tadqiqotlar davomida olinadigan turli ma’lumotlarning to’g’riligini matematik statistika uslublari bilan har xil variantda olingan materiallar bir- birlariga solishtirib, ular o’rtasidagi farqlar chiqariladi. Masalan: senozlar ichidagi turlarning umumiyligini chiqarishda Sorensen formulasi


yoki Jakar formulalari qo’llaniladi.
Bu yerda: K- umumiy turlar koeffitsiyenti, C- ikkita o’rganilgan joy uchun umumiy turlar soni, a- birinchi o’rganilgan joyning turlar soni, b- ikkinchi o’rganilgan joyning turlar soni.

Hozirgi vaqtda tabiiy biologik voqeliklarning modellashtirish, tirik tabiatning turli jarayonlarini sun’iy yaratish keng qo’llanilmoqda.

Turli matematik yo’llar, modellar, amaliy ekologiya, ekologik modellar yaratish toza matematik yo’nalishlarga xos mutaxassisliklarda chuqur o’rganiladi.

Tabiiy ekologik majmualar quyidagicha matematik ko’rinishga ega bo’ladi.



Bu yerda: Kr- mahsuldorlikning biogidrotermik imkoniyati, ballar; W- foydali namlik; T- vegetatsiya davri, dekadalar soni; R- vegetatsiya davridagi radiatsion balans; kdj/sm2; 36-yil davimidagi dekadalar. Ballardan absolyut quruq biomassaning hosilga o’tishi quyidagi formula asosida bo’ladi: Ub =

Bu yerda: Ub- biomassaning hosili, t/ga; V- emperik koeffitsiyenti, teng 20 ga; Kr- mahsuldorlikning gidrotermik imkoniyati, ball.

Haqiqiy imkoniyatli hosil (HIH)da ekinzorlarni suv bilan ta’minlash hisobi ham bor.Bu holatda: hosilni yuzaga keltirishdagi hosildor namlikning miqdori va namligi o’zlastirishdagi koeffitsiyent quyidagi formula yuzaga chiqariladi:

HIH =

Bu yerda: absolyut quruq biomassaning haqiqiy imkoniyatli hosili; W- hosildor namlikning zaxirasi, mm; Kw- namlikni o’zlashtirish koeffitsiyenti.

Ekologiyaning turli yo’nalishlaridan biri:


  1. Tabiat sirlari, ularning har xilligini bilish hislati faqat insonlargagina xos va bu holat tabiiy voqelikni bilish bilan bir qatorda etik, estetik, adabiy fikrlash qonuniyatlarining takomillashi bilan ham bog’liqdir;

2. Yig’ilgan ilmiy dalillar asosida atrof-muhit holatini tushuntirib berish ekologiyaning ikkinch yo’nalishi hisoblanadi.

Ekologiyaning bu ikki yo’nalishi va ularning uslublari tabiiy birliklar qonunlarini o’rganishda aniqlanadigan prinsiplar, tabiiy holati buzulgan senozlar, biotsenozlarning holatini belgilashda ham qo’llaniladi.Yerdan foydalanishda tuproqning fizikaviy va kimyoviy qonunlari, tuproqda bo’lib o’tadigan kimyoviy reaksiyalar, neorganik moddalarning erishi, organik birikmalarning hosil bo’lishi, tuproqda gazlarning bor yoki yo’qligi, oz yoki ko’pligi kabi holatlarning hammasi tuproqning tangligiga bog’liqdir.

Ekologiya nima? Bu savolga 30 yil oldin javob berish oson bo`lardi, chunki “ekologiya” terminidan faqat biologlargina foydalanar edi va muhit bilan organizmlarining o`zaro aloqasini o`rganadigan fan deb qaralar edi.

Keyingi vaqtlarda «ekologiya» termini juda keng qo`llanila boshladi va inson bilan atrof-muhit o`rtasida bo`ladigan xoh tabiiy, xoh o`zaro aloqalarni har qanday formasida ishlatilmoqda.

Ekologiya so`zi o`zining ilmiy biologik termin ashamiyati o`rnini, muhim sotsial,siyosiy termin bilan almashdi.Endi ekologiyani mohiyati tabiatni muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish deb tushunila boshlandi.Akademik D.S.Lixachyov ta`biri bilan aytganda «ekologik madaniyat» deb ham atash mumkin.

Ekologiya { grekcha “oikos”, yashash joyi, uy, boshpana “logos”, fan} terminini nemis olimi E.Gekkel {1866} fanga kiritdi. Rus tilida ekologiya terminini birinchi marta I.I Mechnikov {1868} ishlatdi.

Boshqa fanlar singari ekologiya fani ham o`zining uzoq tarixiga ega.

Ekologiya – demak bu tirik organizmlarni yashash muhiti bilan hamda o`zaro aloqalarini, munosabatlarini o`rganadi.

Muhit, turlar, populyatsiyalar, biostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologlyaning asosiy ob`ekti hisoblanadi.

Shuning uchun ham umumiy ekologiya to`rt bo`limga bo`linadi.

1.Autekologiya { yunoncha “aytos” – “o`zi” degan ma`noni b}. ayrim turlarni o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro aloqasi, munosabati.

2.Populyastiyalar ekologiyasi { fr. “populyas`on”- “aholi”.}populyastiyalar tuzilishi va dinamikasini o`rganadi.

3.Sinekologiya – { yunoncha “sin” – birgalikda } Biostenozlar tuzilishi va xossalari, tashqi muhit bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadi.

4.Biosfera {yunoncha “bio”-hayot, “sfera” – shar degan m.b}Er qobiidagi tirik mavjudotlarni tarqalishini o`rganadi.

Ekologiyani foydalaniladigan usullari asosan qo`yidagilardan iborat.

1.Tasvirlash usuli.

2.Taqqoslash usuli.

3.Tajriba usuli.

4.Modellashtirish usuli.

Yuqoridagi birinchi uchta uslublari deyarli biologiya fanlari foydalanadigan uslublardir. Ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan keng foydalaniladi.

Tabiat bu yaxlit sistemadir, shuning uchun ham uni o`rganishda sistemali uslubdan foydalaniladi. Sistemali uslubning metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o`zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o`rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir.

Model` olamidagi muayan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo`lib , ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model` so`z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi.


Modellashtirish jarayonni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisani ba`zi tomonlarini aniq ma`lumot uchun yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi.

Model` haqiqatni to`ri aks ettirsa tajriba uchun imkoniyatlar ochib, sistemaga yangi omillarni kiritish va ularni ta`sirini aniqlash mumkin bo`ladi.

Modellar ikki guruhga ajratiladi:

1.Konsteptual` model` – ma`lum bir ekotizmni ilmiy tasvirlovchi sxemalar majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi.

M: energetik model` blok – sxemalardan tashkil topgan bo`lib, unda bloklar, har bir blokdagi energiya zahirasi hamda energiyaning harakat yo`nalish kabilar ifodalanadi.

2.Matematik model` – bir necha defferenstial tenglamalar yoki tehgsizliklar yiindisidan iborat bo`lib, u yoki bu omilning ta`sir kuchi o`zgarishini modelning o`zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin.

Biz populyastiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida o`rganmoqchimiz. Bunda populyatsiyani miqdor dinamikasi uning jinsiy yoki yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta`siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta`sirida o`tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati natijalari bilan bolab o`rganiladi. Jonsiz tabiatda dinamik model` juda ko`p uchraydi va ularni modellashtirish oson, tirik organizmlar uchun dinkamik modellar yaratish nihoyatda qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan oldin statik modellar yaratish bilan shuullanilgan. O`simlik barglarini joylashish tartibini yoki mallyuskalar chianoqlari tuzilishini spiral` chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga misol bo`ladi.

Dastlabki dinamik modelni, ya`ni shaxsni o`sishini tasvirlovchi modelni Bel`giyalik olim Adol`f Ketls tuzgan edi.

Matematik modellash biologik va ekologik hodisalarni aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga ega.
Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan boliqligi qadimdan ma`lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o`simliklarni tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan boliqligi haqida ma`lumotlar keltirildi. Uyonish davridagi ishlarda o`simlik va hayvonlarning tuzilishi yashash sharoitlari bilan boliq holda o`rganildi.

XVII – XVIII asrlardagi ekologik ma`lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o`rganishga qaratilgan edi. J. Byuffon {1707-1778} hayvonlar tuzilishida tashqi muhit ta`sirini ko`rsatdi. J.B.Lomark {1774-1829} evolyutsion ta`limotni o`rtaga tashlab, hayvon va o`simliklar evolyutsion o`zgarishlarida eng muhim omil bo`lgan tashqi muhit ekanligini aytdi. Ch. Darvin “Turlarning kelib chiqishi”{1859} asarida “tabiatdagi yashash uchun kurash, ya`ni tur bilan muhit o`rtasidagi har qanday qarama –qarshiliklarning ko`rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir ” deb qaraydi.

XIX asrning ikkinchi yarmida A.N. Beketov {1825-1902} o`simlik va hayvon tuzilishi xusisiyatlari ularning geografik tuzilishi bilan boliqligi Middindarf A.F.{1870} hayvonlar hayotida buni o`rganadi. K. Myobius {1977} biotsenozlar mohiyatini ochib berdi.

O`simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va Sukachev asos soldi. Rus olimlari Keller B.A., Alyoxin B.B.,Raminskiy B.G., Shennikov A.P. va chet ellik olimlar Klementes F., Raukier,T.Dyu Rie, B raun-Blanke I va boshqalarning fitotsenologik ishlari biogetsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.

Umumiy ekologiya rivojlanishida Ya.N. Kashkarov “Muhit va jamoa” asari birinchi darslik bo`lib qoldi.

Tensli A {1935}ekosistema, Sukachev {1942}tomonidan biogeotsenoz haqidagi ta`limotlarni yaratilishi 1950 yillarning boshida G.Odum,Yu.Odum, R.Untekker, R.Margallef va boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratdilar.


Xulosa qilib aytganda ekologiyaning ijtimoiy roli ortib bormoqda va u tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisoblanadi.
5.O`rta Osiyo va O`zbekistonda ekologiyaning rivojlanishi .

O`rta asrlarda O`rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va b.q.r. tabiiy fanlarini rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar.

O`rta Osiyoni o`rgangan olimlardan I.A.Severstov, A.N.Krasnov, D.N. Kashkarov, E.R.Korovin maktablarini shakllanishida ekologik yo`nalish muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

P.A.Baranov, I.A.Raykova, R.I.Abolin, M.V.Kul`taisov,I.I.Garanitovlarning ekologo- fitostenologik qarashlari ham ular chop ettirgan bir qancha asarlarda yoritildi.

Kashkarov D.N, Zoxidov T.Z, Meklenburtsov R.N. biostenozlarni ekologik nuqtai-nazardan tasvirlashdi.

Halqimiz qadimdan ekologik madaniy merosga ega bo`lib kelgan. Shuningdek o`tgan buyuk allomalarimizning ham tabiat, tirik organizmlar va ularning tashqi muhit bilan o`zaro aloqalariga doir masalalarga to`xtalib o`tganligining guvohi bo`ldik. O`zbekiston Respublikasi FA Botanika, Zoologiya institutlari olimlari va hayvonlar ekologiyasiga bashlangan ishlarni olib borganlar va bormoqdalar.

O`zbekiston o`simliklar dunyosini ekologik, floragenetik va fitostenologik yo`nalishlarda M.S.Popoov, E.P.Korovin, K.Z.Zokirov, A.Muzaffarov, I.I. Granitov, S.S.Saxobiddinov, M.M.Nabiev, A.Butnov va b.q.r. hisoblanadi.

O`zbekistonda ekologik yo`nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov, va E.P.Korovin hisoblanadi. Ularning 1930 yillarda chop etilgan “Muhit va jamoa”, “O`rta Osiyo va Qozoston cho`llarining turlari va ulardan xo`jalikda foydalanish istiqbollari”,” Cho`ldagi hayot” asarlarining yaratilishi bo`ldi.

O`zbekistonda hayvonot olamini o`rganish D.N.Kashkarov faoliyati bilan boliq. U 1928 yilda AQSh ga bordi va bu erda ekologiya o`sha vaqtda ancha rivojlangan edi. U 7 oy yirik ekologlarning Adams, Shelvord,Chepman, Grinell,Elli,Teyler,Forxis va boshqalarning ishlarini o`rgandi va 12 ta universitet, muzey va qo`riqxonalar bilan tanishdi.
Uning davomchilari akademiklar T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev, UzFA sining muxbir a`zolari V.V.Yaxontov,M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov hayvonot olamining tadqiq qilishda ekologik yo`nalishda izlanishlar olib borganlar. Bu borada E.Gan, O.G.Davletshina, M.Qodirova,X.S.Solixboev, O.P.Bodanov, G.I.Ishunin va b.q.r. ishlari ham taxsinga sazovar.

Bugungi kunda UzFA zoologiya institutining UzFA muxbir a`zosi, prof.D.A.Azimov boshchiligidagi olimlarning olib borayotgan ishlari mustaqil Vatanimizda hayvonot olami ekologiyasining dolzarb muammolariga bashlangan

6.Ekologiya fanining vazifalari.

Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada qondirishga qaratilgan holda antropogen biostenozlarni qayta ko`rib chiqish va ularni mahsuldorligini va barqarorligini oshirilishga qaratilishi zarur.

“Inson va biosfera ” deb nomlanuvchi xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda inson tomonidan atrof-muhitni o`rganishning aniq ilmiy o`ynalishlari belgilab berilgan:

----- Hayot jarayoni qonuniyatlarini o`rganish.

----- Insonni tabiiy tizimlarga va biosferaga ta`sirini bir butun holda o`rganish.

----- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

----- Inson faoliyati natijasida tabiatdagi o`zgarishlarni oldindan bilish.

-----Biosferada kuzatilgan jarayonlarni boshqarish va insonning yashash muhitini saqlash.

---- Populyastiyalar sonini boshqarish.

---- Zararkunanda turlarga qarshi kurash uchun kimyoviy moddalarni qo`llashni minimum darajada foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

---- Sanoat majmualarini ko`rishda ekologik ekspertiza o`tkazish.

---- Buzilgan va izdan chiqqan tizimlarni qayta tiklash.{K/X oborotidan chiqqan erlarni rekul`tivastiyalash, yaylovlarni tiklash, suv xavzalari mahsuldorligini oshirish.}

---- Ovchilikni xo`jalik sohasiga o`tkazish.

----- Biosferaning ayrim uchastkalarini etolon sifatida saqlash.

Inson dunyoga kelibdiki, u atrof-muhit bilan doimo bog’lanib kelgan va qadim zamonlardan boshlab ekologiya muammosi o’sha zamon odamlarining hayot tarzida muhim o’rin tutgan.

Butun dunyo, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan ekologik muhitning saqlanishiga katta e’tibor berib kelganlar.

Xalqimiz orasida qadim-qadimlardan ekologiyaga e’tibor berilganligiga dalolat: “Suvga tupurma”, “ariqqa supurma” deyilgan, chunki insonlar og’iz bo’shlig’ida millionlab har xil miqroblar (yoki supurilayotgan axlatda) mavjuddir, ya’ni boshqa insonlarga bu zararli mikroblar yuqmasin demoqchi.

Eramizning boshlarida Samarqandda, Termizda sopol naylarda yer ostidan ichimlik suvi o’tkazilgan, chunki O’rta Osiyo sharoiti issiq bo’lganligi uchun suv tez buzilib, insonga zarar keltirishini oldindan bilganlar, yoki dori-darmonlarni shisha va sapol idishlarda saqlagan va tayyorlagan.

Atrof-muhit bulg’anishini tirik organizmga ta’sirini buyuk olim Abu-Ali Ibn-Sino bundan 1000 yildan ko’proq vaqt oldin “CHang va tutun (g’ubor) bo’lmasa, inson ming yil umr ko’rardi” deb yozgib qoldirgan.

O’rta Osiyolik olimlar: Muxammad Muso Al-xorazmiy (782-847) “Bilinki, daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar daryodan mehringizni darig’ tutmanglar” deydi, ya’ni, daryo bilan odamlarning bir-birini tushunishlar, til topishlari, o’zaro bir-birlariga mehr-muhabbat qo’yishlarini nazarda tutgan va suvdan tejab foydalanishini aytgan.

Abu-Nasr Farobiy “Odam a’zolarining tuzilishi, hayvonlar a’zolari va ularning vazifalari xaqida” kitobida tirik organizmning ovqatlanish ekologiyasiga doir muhim fikrlarni bildirgan.

Abu Rayxon Beruniy yer hodisalarini quyosh ta’siri bilan bog’laydi. Keyinchalik uning fikrlarini A.L. CHejevskiyning “Quyosh bo’ronlarining yordamchi sadosi” nomli kitobi 500 yillik xolera va gripp kasalliklari Quyosh faoliyati bilan bog’liqligini isbotladi. Hozirgi paytda ekologiya fanining ko’p tarmoqlari mavjud bo’lib, ular tez rivojlanmoqda. Ya’ni fiziologik ekologiya, biofizik ekologiya, bioximik ekologiya, morfologik ekologiya, matematik ekologiya, genetik ekologiya va boshqa yo’nalishlar tarkib topti.

Ekologiya fani tirik organizm bilan tabiat orasidagi munosabatlar, bog’lanishlar xaqidagi fan bo’lganligi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish kursi bilan ham uzviy bog’langandir.

Tevarak-atrofimiz zaharli moddalar bilan yildan-yilga ifloslanib bormoqda ekan, insoniyat hozirgi kunda ekologik bilimga muxtoj bo’lib qoldi. Avvalo, inson tabiat boyliklarini tezroq qazib olib, o’z ehtiyojlarini ko’proq qondirish uchun texnika vositalaridan ko’proq foydalanib, ona yer qo’ynida yotgan juda ko’p moddlarni (shu jumladan radioaktiv moddlar, ftor moddasi va b.) atrof-muhitga sochib yubordi. Bundan tashqari ko’proq hosil olish uchun kimyoviy moddlardan (pestitsidlar, gerbitsidlar fungitsidlar, defoliantlar va b.) foydalanib va ko’p zaharli moddlarni tuproqqa va atrof-muhitga tarqatilmoqda.

Har bir inson ona tabiatni sevish, tabiatni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish xaqida ko’proq bilishi, mas’uliyat xissini chuqur anglab yetishi uchun kitoblarni, ommaviy maqolalar va risolalarni o’qib, o’z bilimini oshirib borishi, ekologik tarbiya va madaniyatdan xabardor bo’lishi shart.

Tabiat, yer, suv, mikroorganizmlar, o’simlik, xayvonlar, odamlar bir butun uzviy bog’langandir. Har bir qishloq xo’jalik mutaxassisi o’z vazifasini to’g’ri bajarsa, eng muhimi tabiat muvozanatini buzib qo’ymaslikning oldini olgan bo’lamiz. Tabiat qonunlarining nozik tomonlarini sayozroq bilishimiz bilan jonli tabiatga zarar yetkazmasligimiz kerak. Tabiat qonunlari va biosfera o’ta mujassamdir.

Ekologiya fani tirik organizmning yashash sharoitlari va organizmlarning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda tug’iladigan qonuniyatlarni o’rganadi.

Ekologiya tushunchasi 1866 yili nemis biologi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. “Ekologiya” so’zi “oikos” – uy-joy, “logos” – fan demakdir, ya’ni uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini bildiradi.

Biologiya, biofizika kabi fanlar molekuladan tortib biosferagacha bo’lgan juda ko’p biotizimlarni o’rgatadi. Ekologiya fani populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar, biosfera va ekologik modellar kabi tushunchalar. Ekologiya fanining manbai bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham odatda umumiy ekologiya 4 ta bo’limga bo’linadi:

Autekologiya;

2. Populyatsion ekologiya;

3. Sinekologiya;

4. Biosfera ekologiyasi.

Autekologiya (“autos” – yunoncha so’z bo’lib “o’zi degan manoni bildiradi”) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko’proq va zviy moslanganligini yoritadi.

2. Populyatsion ekologiya. Populyatsiya so’zi (frantsuzcha bo’lib “populus” – “xalq” degan ma’noda) populyatsiyalar dinamikasi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biologik dinamikasi) sabablarini tekshiradi. “Populyatsiya” deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan, o’sadigan bir turga yoki individlar yig’indisiga aytiladi.

3. Sinekologiya (“sin” – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi “birgalikda” demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o’rganadi.

4. Ekotizimlarni tadqiqot qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo’limini, ya’ni biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” - shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I. Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni yer qobig’idagi mavjudotlar tizimi “biosfera” deb ataladi.

Muhit omillari o’rganilganda, ekologiya boshqa fanlarning metodlaridan foydalanadi. Ular biologiya, kimyo, botanika, geografiya (metrologiya, iqlimshunoslik), tuproqshunoslik, agrokimyo va boshqalardir. So’ngi paytlarda ekologiyada matematik metodlar ko’p qo’llanilmoqda. Ekologiya o’simliklar fiziologiyasi, shuningdek geobotanika bilan ham bog’liq, chunki u biogeografiyadan kelib chiqqan. Fitogeograf turlar bilan ish ko’rsa, ekolog – hayotiy formalarni o’rganadi. Turlar evolyutsiyasini o’rganish uchun poleontologiya va poleogeografiyani ham bilish shart. CHunki bu fanlar turlarning rivojlanish tarixini o’rganadi. Ekologiya sistematika, ekonomika, xuquq va boshqa birqancha fanlar bilan ham bog’liq.

Ekologiya kundalik turmushimizda kerak bo’ladigan ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishda, xalq xo’jaligining turli sohalarini rivojlantirishda asosiy baza bo’lib hisoblanadi va bugungi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- biotsenozlar hosil qilish (sun’iy yaylovlar hosil qilish);

- qumlarni ko’chishini to’htatish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish;

- qishloq xo’jalik ekinlarini rayonlashtirish;

- o’simliklarni zararkunandalardan muhofaza qilish;

- atrof-muhitdagi antropogen o’zgarishlarni o’rganish va muhitni yaxshilash metodikasini asoslash;

- yuqori hosildorli asosiy o’simliklar optimal zichligini aniqlash;

- ekologik xavfni oldindan aniqlash va uning oldini olish;

- ekologik me’yor tizimini tuzish. Tabiatdan unumli foydalanish;

- tabiatda oz uchraydigan va yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, ko’paytirish yo’llarini ishlab chiqish;

- havo va tuproqning tozaligini ta’minlash;

- suvning tozaligini asrash, ifloslanishga yo’l qo’ymaslik;

- biologik xilma-xillini asrash;

- o’simlik va hayvonlar populyatsiyalarini aniqlash va ularning muhofaza qilish;

- tabiat va jamiyat orasidagi muvozanatning buzilishiga yo’l qo’ymaslik;

- tabiat ustidan xukmronlik qilmasdan u bilan hamkorlik qilish va boshqalar.



SHunday qilib to’g’ri ekologik me’yorlashtirish – bu har qanday ekologik unsurni muhofaza qilishda ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi, tabiatda muvozanatni buzilishini oldini oladi.
Download 82,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish