Ekologiya ebs xizmatini tashkil etish va davlatga eho eks xulosasiga qoyiladigon talablar



Download 19,56 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi19,56 Kb.
#333761
1   2
Bog'liq
EKOLOGIYA EBS XIZMATINI TASHKIL ETISH VA DAVLATGA EHO EKS XULOSASIGA QOYILADIGON TALABLAR

4 . Ekologik ekspertiza tizimi.

Ekologik ekspertiza keng qamrovli va muhim ahamiyatga ega bo`lgan jarayen bo`lib, uni amalga oshirish yo`nalishlari, tartibi, qo`llanilayotgan usullari, berilayotgan xulosaning mohiyatiga asosan murakkab tizimni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunning 4-moddasida ekologik ekspertiza quyidagi tizimi belgilangan: “Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi”.1 Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat ekologiya ekspertizasi tashkil etadi. Davlat ekologik ekspertizasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi olib boradi va quyidagi asosiy vakolatlarga ega hisoblanadi:




  • davlat ekologik ekspertizasini tayinlaydi va o`tkazadi;


  • ekologiya ekspertizasiga tegishli bo`lgan me'yoriy-texnik, huquqiy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;


  • ekologik ekspertizasi komissiyasi, uning a'zolari va ekspertlar guruhini tuzadi;


  • davlat ekologiya ekspertizasi xulosalari talablarini bajarilishini nazorat qiladi va hokazo.


Ekologiya qonunchilik hujjatlarida ekspertiza o`tkazilishi shart bo`lgan ob’yektlar belgilangan bo`lib, ular jumlasiga:




  • davlat dasturlarining, konsepsiyalarining ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;


  • barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;


  • loyiha oldi va loyiha hujjatlari;


  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq xo`jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi me'yoriy-texnik va yo`riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;


  • texnika, texnologiya, materiallar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;


  • atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar hayoti va sog`lig`iga zararli va xavfli ta'sir ko`rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirayotgan barcha turdagi korxonalar;


  • shahar sozlik hujjatlarining barcha turlari;


  • maxsus huquqiy rejimli ob’yektlar va boshqa ob’yektlar.


Ushbu ob’yektlarga nisbatan davlat ekologiya ekspertizasini o`tkazish majburiy hisoblanadi va mulkchilik shakli hamda ma'muriy bo`ysunishidan qat'iy nazar hech bir ob’yektga bu borada imtiyoz berilmaydi.

Davlat ekologik ekspertizasining subyektlari bo`lib, odatda buyurtmachi, pudratchi, iste'molchi hisoblanadi. Buyurtmachi – ekspertizani tayinlash, tashkil etish huquqiga ega bo`lgan maxsus vakolatli organdir. Pudratchi – muayyan obyektni ekspertiza qiladigan tashkilot, bular qatorida ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona yoki maxsus komissiya, ekspertlar guruhi bo`lishi mumkin. Iste'molchi bo`lib, ekologiya ekspertizasi hisoblangan korxona, tashkilot, muassasa hisoblanadi. Davlat ekologiya ekspertizasi jarayeni har bir ob’yektning hajmi va o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi, ya'ni:


  1. tayinlash – ob’yektga nisbatan ekologik ekspertiza tayinlash va maxsus komissiya, ekspertlar guruhi tuzish;


  2. ob’yekt haqida ma'lumotlarni to`plash, umumlashtirish va baho berish bosqichi;


  3. ob’yektning ekologik qoida-talablarga mos yoki zid ekanligi haqida xulosa tayyorlash va uni tasdiqlash;


  4. obekt haqidagi xulosani bank muassasalariga yuborish;


  5. davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yuzasidan nizolarni hal qilish.


Shuni ta'kidlash kerakki, Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi muhim ahamiyatga ega bo`lib, ob’yekt haqida salbiy xulosa berilgan taqdirda, bank muassasalari ushbu ob’yektni moliyalashtirmaydi va faoliyati bekor bo`lishi mumkin. Demak, davlat ekologik ekspertizasining ekologiya ekspertizasi tizimida alohida o`rinni egallaydi va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Ekologik ekspertizasining tizimida jamoatchilik ekspertizasi alohida ahamiyat kasb etadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar tomonidan amalga oshirilib, rejalashtirilayetgan, amal qilayotgan turli ob’yektlar yuzasidan o`tkazilishi mumkin.

Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o`tkazilganligidan qat'iy nazar amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya ahamiyatiga ega bo`ladi, davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, rivojlangan xorijiy davlatlarda jamoatchilik ekspertizasining taraqqiy etganligini, aholining keng qatlamlarining ekologik madaniyati saviyasi darajasining yuqoriligini ko`rishimiz mumkin. Ekologiya ekspertiza tizimida ekologik audit ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.



Ekologik audit – ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o`tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta'sir ko`rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasidan farqli ravishda xo`jalik va ishlab chiqarish ob’yekti mulkdorining qaroriga binoan o`tkaziladi. Ekologik ekspertiza – muhim va murakkab jarayon bo`lib, atrof tabiiy muhitni barqarorligini saqlash, tabiatdan samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy–huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir.
1. Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi, mohiyati va turlari. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni ta'minlash choralari tizimida qonun hujjatlariga rioya qilmaganlik, ekologik talablarni buzganlik uchun yuridik javobgarlik choralari muhim o`rinni egallaydi. Ekologiyaga doir qonunchilikni buzganlik uchun yuridik javobgarlik o`zining asosiy maqsadi va tamoyillari bilan boshqa qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikdan farq qilmaydi, ammo ma'lum bir o`ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ushbu xususiyatlar o`simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni taksa uslubi asosida undirish va ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun maxsus jazo choralari, ya'ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini cheklash, to`xtatib turish va undan mahrum qilish choralarini qo`llashdan iboratdir. Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik quyidagi maqsadlarga ega: tabiiy obyektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo`llash; atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zararni qoplash; yangi ekologik huquqbuzarlikni sodir etishni ogohlantirish.
Ekologik javobgarlik bo`yicha ijtimoiy munosabatlar ekologik huquqbuzarlik sodir etilganda vujudga keladi. Ekologik huquqbuzarlik deganda tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi aybli, noqonuniy harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ekologik huquqbuzarlik sodir etilganda atrof tabiiy muhitga hamda u orqali inson salomatligiga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazish xavfi tug`iladi. Ammo, ma'lum bir holatlarda zarar ekologik huquqbuzarlikni belgilashda hisobga olinmasligi mumkin, chunki tabiiy resurslardan foydalanish huquqini buzish oqibatida ekologik munosabatlarning boshqa bir subyektlarini huquq va manfaatlari buzilishi mumkin. Masalan, hech kim tomonidan foydalanilmayotgan yer maydonini o`zboshimchilik bilan egallab olishda davlatning yerga bo`lgan mulk huquqi buziladi. Ekologik huquqbuzarliklar obyekti tabiiy resurslar, atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish bo`yicha belgilangan tartibi hisoblanadi. Ekologik huquqbuzarliklarning subyekti esa uni sodir etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Ekologik huquqbuzarlikning obyektiv tomoni xatti harakatning noqonuniyligi, ekologik zararni yetkazish yoki yetkazish xavfi tug`ilishi hamda ekologik munosabatlarning boshqa subyektlarini huquq va manfaatlari buzilishi, ushbu xatti harakat bilan vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo`lgan oqibat o`rtasidagi sababiy bog`lanish bilan ifodalanadi.

Ekologik huquqbuzarlikning subyektiv tomoni deganda huquqbuzarning aybi tushunilishi lozim. Huquqbuzarning aybi qastdan yoki ehtiyotsizlik shaklida vujudga kelishi mumkin. Ekologik huquqbuzarlik qastdan sodir etilayotganida huquqbuzar taqiqlangan qoidani yoki bajarishi lozim bo`lgan majburiyatni atayin buzadi yohud bajarmaydi va bunda u o`z xatti harakatlari natijasida zararli oqibatlarni kelib chiqishini biladi hamda ongli ravishda unga yo`l qo`yadi. Masalan, yerlarni o`zboshimchalik bilan egallab olish, ruxsatsiz ov qilish yoki daraxtlarni kesish va boshqalar. Ehtiyotsizlik oqibatida huquqbuzarlik sodir etilganda, huquqbuzar o`z xatti harakating natijasida salbiy oqibatlarni kelib chiqishini bila turib, ular vujudga kelmaydi deb hisoblaydi yoki zararli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko`rishi lozim va mumkin bo`lgani holda, uni oldindan ko`ra bilmaydi. Masalan, chiqindilarni tozalovchi nosoz uskunalarni ishlatish, kimiyoviy moddalarni me'yordan ortiq ishlatish va boshqalar.



Ekologik huquqbuzarlik o`zining xavflilik darajasiga qarab jinoiy, ma'muriy, fuqarolik (mulkiy) huquqbuzarlik hamda intizomiy xatti harakat tarzida bo`lishi mumkin. Ekologik huquqbuzarliklar uchun tegishlicha intizomiy, moddiy, ma'muriy, jinoiy, fuqarolik huquqiy (mulkiy) javobgarlik qo`llaniladi. Bundan tashqari ekologik huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarning tabiiy resurslardan foydalanish huquqi cheklanishi, to`xtatib turilishi va undan mahrum etilishi mumkin.
Ekologik qonun hujjatlarni buzganlik uchun intizomiy javobgarlik korxona, tashkilot va muassasalar bilan mehnat munosabatlarida bo`lgan shaxslarga nisbatan qo`llaniladi. Ekologik huquqbuzarlik uchun intizomiy choralar qo`llash uchun xodimlarga tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish vazifalari yuklatilgan bo`lishi lozim.
Download 19,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish