Ekologik xavfsizlikni ta'minlashda ekologik monitorni ahamiyati


Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi



Download 54 Kb.
bet3/4
Sana24.11.2022
Hajmi54 Kb.
#871407
1   2   3   4
Bog'liq
Ekologik xavfsizlikni ta\'minlashda ekologik monitorni ahamiyati

Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Tashqi iqtisodiy, texnik-texnologik aloqalar kuchayotgan davrda mamlakatimizga ekologik xavfli texnologiyaning, mahsulotlar kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

  • Ekologik tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta‘minlashda byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, korxonalar, ommaviy tashkilotlarning mablag’laridan foydalanish imkoniyatlarini qidirib topib, ulardan oqilona foydalanishni tashkil qilish;

  • Ekologik xavfli texnika vositalarini, texnologik jarayonlarni, xom-ashyolarni ishlab chiqarishdan olib zamonaviy chiqitsiz texnologiyani joriy qilishni, ikkilamchi resurslardan foydalanishni iqtisodiyotning ustivor yo’nalishiga aylantirish;

  • Ekologik faoliyatni rag’batlantirish, antiekologik xatti-harakatlarni chegaralashning huquqiy, qonuniy, ma‘muriy, jamoatchilik fikri va boshqa nazorat mexanizmlarning kompleksligini ta‘minlagan holda ularning samaradorligini oshirish;

  • Insonlar ongiga mustahkam o’rnashib qolgan tabiat boyliklariga egasizlik psixologiyasini, stereotiplarni bartaraf qilishning ijtimoiy, siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, ta‘lim-tarbiya, targ’ibot-tashviqot majmuasini yaratish, har bir davlat miqyosida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash va boshqalar.

Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik siyosiy munosabatlarini kuchaytirish shartlari
Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik muammolardagi umumiylik manfaatlari birligi regional miqyosida ekologik siyosiy munosabatlarni kuchaytirishni taqoza qilmoqda. Buning uchun esa, birinchidan har bir respublikaning aniq ekologik vaziyatini, biosfera muvozanatiga putur yetkazayotgan antropogen sabablarni, ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning potentsial imkoniyatlarini aniqlash uchun xalqaro ekologik muammolarni urganish markazini tashkil qilish kerak.
Ikkinchidan, davlatlararo ekologik munosabatlarni muqobillashtirish, muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqarishni ekologik talablar asosida loyihalashtirish, qurish va quvvatlarni joylashtirish, uning ekspertizasini utkazish uchun xalqaro ilmiy-amaliy nazorat inspektsiyasini tashkil etish lozim.
Uchinchidan, xalqaro ekologik tadbirlarning dasturlarini, rejalarini amalga oshirishdagi kelishuvlarini, shartnomalarini o’z vaqtida, sifatli bajarilishi huquqiy-qonuniy mexanizmlarni takomillashtirish, mamlakatlarning ekologik ma‘suliyatlari va majburiyatlarini nazorat qiluvchi ma‘muriy-huquqiy organlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xalqaro ekologik tribunal tuzish zarur.
Turtinchidan, umuminsoniy ekologik dasturlarni, rejalarni amalda joriy qilishni iqtisodiy, moddiy, texnik, texnologik, intellektual jihatlardan moliyaviy ta‘minlashni kuchaytirish maqsadida markazlashgan xalqaro ekologik fond tuzib, dunyodagi turdosh fondlar bilan munosabatlarni o’rnatish maqsadga muvofiq.
Beshinchidan, ekologik statistik axborotlarni markazlashtirish, tartibga solish, tahlil qilish hamda mutasaddi tashkilotlar o’rtasida ayriboshlashni tezkorlik bilan tashkillashtirish uchun xalqaro ekologik axborotlar banki tasis qilish zarur.
Oltinchidan, mintaqadagi ekologik vaziyat ustidan nazorat-monitoringni kuchaytirish, uning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy asbob-uskunalar, EHM kompyuterlar bilan jihozlashdan tashqari xalqaro ekologik kosmik nazorat tizimiga a‘zo bo’lib kirish kerak.
BMTning atrof muhit va rivojlanish bo’yicha Konferentsiyasining (Rio—de — Janeyro, 1992y.) ochilishida uning Bosh kotibi Moris Strong afsuslanib ta‘kidladiki, dunyo jamoatchiligining 1972 yil Stokgolm konferentsiyasi qarorlari bilan tug’ilgan ishonchlari ma‘lum darajada amalga oshmay qoldi — tabiiy muhitdagi global buzilishlar ko’payib bormoqda. «Biz shug’ullanishimiz zarur bo’lgan, muammoning markaziy masalalaridan biri bo’lib, dedi Moris Strong: dunyoning sanoati rivojlangan qismidagi, Yerdagi hayotni quvvatlab turuvchi tizimlarini buzuvchi ishlab chiqarish va is - te‘molning xarakteridir». Konferentsiya, o’zagi barqaror rivojlanish kontseptsiyasi bo’lgan, atrof- muhit va rivojlanish haqidagi Deklaratsiyani qabul qildi.
Insoniyat barqaror rivojlanish yo’liga o’tishga erishdi. Oxirgi ikki o’n yillikda odamlar, dunyoning qaerida ko’p ehtiyoj bo’lsa va tabiiy muhit shiddat bilan yomonlashib borsa, sog’lom jamiyat va idrokli rivojlanish bo’lmasligini tushuna boshladilar. Dunyo xo’jaligi, ijtimoiy disparitetni qisqartirmasdan va atrof- muhitni faol va o’ylamasdan buzishni to’xtatmasdan turib, rivojlanishning xavfsiz yo’liga chiqa olmaydi. Yaqin yillardagi vazifa bu tushunchani amaliy ishga aylantirish, nihoyat, xalq xo’jaligini barqaror rivojlanish shakliga va oqilona hayot tarzida o’tishdan iborat.
Inson har doim o’zini tutishini va ayni paytdagi ehtiyojining qondirilishi kelgusidagi kungilsizliklardan muhim degan nuqtai nazarini oqlashga ko’p sabablarni topadi. Buning ustiga u har doim o’z –o’zidan ularni tuzatish mumkin deb o’ylaydi. Afsuski, bu undoy emas. Barqaror rivojlanish muammolarini faqat birgalikda, va faqat har birimizning faol ishtirokimiz bilangina hal qilish mumkin. Muammolarning ichida eng murakkabi axloqiy -etik muammo, o’zimizning shaxsiy tasavvurimizdagi yaxshilik va yomonlik, foydali va zararli hamda har qanday mumkin bo’lgan holatlarda hayotiy ustivor vazifalarni tanlash muammosi mavjud va shunday bo’lib qolaveradi.
Texnikaviy muammolarning alohida murakkabligi shundan iboratki, ekologik talablarni hisobga olmasdan yoki yetarlicha hisobga olmasdan qurilgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari yana uzoq vaqt ishlaydi, hatto bir qator hollarda ular ko’payadi ham. Bu korxonalarning faoliyatini to’xtatib qo’yishning iloji yo’q, ularning ishini aylanma yopiq tsiklga o’tkazish esa anchagina qiyinchiliklar va qayta jihozlashga katta mablag’lar sarflanishi bilan bog’liq. Bunday holatdan chiqish uchun, korxonalarda hosil bo’layotgan chiqindilarni tovar mahsulot darajasiga yetkazish yoki ular uchun o’sha korxonaning o’zida yo bo’lmasa boshqa tarmoqda xom-ashyo sifatida foydalanish kerak.
Shunday qilib, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning bosh yo’nalishi bo’lib, eski korxonalarni tubdan qayta jihozlash va chiqindisiz yoki toza ishlab chiqarish tamoyilida ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mintaqalar yoki hududiy ishlab chiqarish komplekslari miqyosida moddalarning texnogen aylanishini boshqarishni yaratish, kelajakda esa — biosfera faoliyatini barqaror tashkil etish (aniqrog’i ushlab turish) maqsadida butun xalq xo’jaligini chiqindisiz yoki toza ishlab chiqarish usuliga utkazish hisoblanadi.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish