Ekologiya va iqtisodiyotning o’zaro bog’liqligi - Yer yuzida inson paydo bo`lganidan boshlab hozirgacha u o`zining iqtisodiy sharoitini tabiiy ne’matlar hisobiga yaxshilab kelmoqda. Moddiy ne’matlardan joydalanish jarayonida u ilgarigi vaqtlarda bilib-bilmay isrofgarchaliklarga yo`l qo`ygan, buning uchun uni tabiat jazolagan ham. Masalan, eramizdan ilgari kishilar yirik hayvonlarni ko`plab ovlagani tufayli tabiatda bu hayvonlar kamayib qolib, ocharchilik vujudga kelgan va odamlar o`rtasida o`lim ko`payib aholi soni ikki baravarga kamayib qolgan. Bu va shunga o`xshash holatlar odamlarning ongi va fikrlash qobiliyatini o`stirib, tabiiy resurslardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilarini shakllantirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |