Organizmdagi termonazorat buzilish sabablari
Umuman olganda, odam kuchli mavjudot hisoblanadi. Organizmdagi istalgan jarayonni buzish uchun biror-bir jiddiy sabab bo‘lishi kerak. Issiq urishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: yuqori harorat va namlikda uzoq vaqt qolish; tik quyosh nuri ostida uzoq vaqt bo‘lish; mana shu holatlarda o‘ta faol bo‘lish; suv yetishmasligi.
O‘ylagandan ko‘ra xavfli
Issiq urishi odamlar orasida jiddiy qabul qilinmaydi, ammo xato qilinadi. Termonazorat tizimining buzilishi tezlik bilan suv-tuz me’yorini buzilishiga, qon aylanishining sekinlashishiga va yurak aritmiyasiga olib keladi. Issiq urishi natijasida ko‘p hollarda yurak urishi to‘xtab qoladi va miyaga qon quyiladi.
Alomatlari
Issiq urgach, organizm favqulodda holatga o‘tadi va yashab qolish uchun nimanidir qurbon qilishga tayyorlanadi. Keyingi alomatlar quyosh ostidan darhol ketish lozimligiga ishora qiladi: holsizlik, bosh aylanishi, rangning oqarishi, terlashning kuchayishi, haroratning oshishi va hushdan ketish.
Nima qilish kerak?
Issiq urishining dastlabki alomatlari darhol reaksiya berishga undaydi. Har qanday holatda “tez yordam” xizmatini chaqirishga to‘g‘ri keladi. Avvalo, vaziyatni o‘zingiz baholay biling: jabrdiyda soya va salqinda o‘zini yaxshi his etadi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, havo aylanadigan va salqin bino ichiga kirish lozim. Jabrdiydaning boshi yuqori holatda bo‘lishi kerak.
Tana kengroq maydonda joylashishi lozim, bu tanadan ortiqcha energiya chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Peshonaga qo‘yilgan muzdek kompress insonni hushiga keltiradi. Ko‘p suyuqlik ichish suv-tuz me’yorini joyiga keltiradi. Agar yoningizda valerian bo‘lsa, unda 20 tomchi qo‘yib ichib yuborilsa, hammasi joyiga tushadi.
terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;
Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
jazoning muqarrarligi;
terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg‘unligi;
jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o‘tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
terrorizmni targ‘ib qilish;
terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi;
terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning bo‘linmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi;
terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi;
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va faktlarni yashirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |