Ekologik omillar haqida malumot.
Tirik organizmlar ma`lum muhitda va uning omillari ta`siri ostida yashaydi, rivojlanadi, ko`payadi, ekologik omillar bilan muloqotda bo`ladi, o`zgaradi, doimiy harakatda bo`lib nasl qoldiradi. Tirik organizmlarga ko`rsatadigan ta`siri bo`yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. Muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular: abiotik, biotik va antropogen omillardir.
1. Abiotik omillar - bu notirik tabiat omillaridir, organizmlarga ta`sir qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyiqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug`lik, namlik, yong`in, shamol) omillariga bo`lishi mumkin.
2. Biotik omillar - muhitga uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta`siri va ular o`rtasidagi munosabatlardan iborat bo`lib, ular tirik organizmga, uni o`rab turgan boshqa tirik jonzotlarga har xil ta`sir qiladi. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o`zaro ta`siri majmui. Bu ta`sir turlicha bo`lishi mumkin. Masalan: 1) tirik organizmlar bir-birlari uchun oziqa manbai (o`simliklar turli hayvonlarga oziqa); 2) bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga (xo`jayin-parazit) yashash muhiti; 3) bir organizm ikkinchi organizmning ko`payishiga, tarqalishiga sabab bo`ladi.
Antropogen omillar - bu inson faoliyatining shunday shakliki, ular atrof-muhitga ta`sir etib, tirik organizmlarning yashash sharoitini o`zgartiradi yoki hayvon va o`simliklarning ayrim turlariga bevosita ta`sir qiladi. Eng muhim antropogen omillardan biri muhitning ifloslanishi hisoblanadi. Boshqacha aytganda antropogen omil inson va uning xo`jalik faoliyatining tirik organizmlarga va butun tabiatga turli xil ta`sirlari majmuini tashkil etadi.
Ekologik omillarning organizmga ta`sir etish harakteri xilma-xil bo`lsa-da, lekin ularning barchasi uchun bir necha umumiy qonuniyatlar mavuddir.
Ekologik omillar organizmga juda kuchli (maksimum), juda kuchsiz (minimum), ijobiy (optimum) ta`sir etishi mumkin. Omillarning qulay (ijobiy) ta`siri optimum deb ataladi. Undan uzoqlashilgan sari omillar noqulay ta`sir etadi. Masalan, ma`lum haroratlar (160-38 0S) o`simlikning o`sish - rivojlanishi uchun qulay, undan yuqorisi noqulay hisoblanadi. Minimum va maksimum chegaralari keskinlik nuqtasi deb qaraladi. Keskinlik nuqtalaridan ortiq kuch ta`siri organizmning nobud bo`lishiga olib keladi.
Muhitning biror omilga keng doirada moslashgan turlari evri old qo`shimchasini qo`shish yoki tor doirada moslashgan turlari steno qo`shimchasini qo`shish bilan nomlanadi. Masalan, evriterm, stenoterm (haroratga nisbatan), evrigal, stenogal (sho`rlanishga nisbatan), evribat, stenobat (bosimga nisbatan) va h.k. Organizmning omilga nisbatan keskinlik nuqtalari orasidagi chidamlilik chegarasi uning ekologik valentligi deyiladi. Turli ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig`indisi turning ekologik spektri deyiladi. Masalan, o`simlikning sho`rlik, qurg`oqchilik va yuqori haroratga moslashuvi uning ekologik spektrini tashkil etadi.
Har bir omil organizmning har xil funksiyalariga turlicha ta`sir etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta`sir ikkinchi bir jarayon uchun maksimum bo`lib hisoblanishi mumkin. Masalan, 40-45 0S harorat sovuq qonli hayvonlarda modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi. Bu holda ular uxlaydi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik chegarasi, optimum, minumum zonalari to`g`ri kelmaydi. Biror bir omilga nisbatan chidamlik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini ifodalamaydi. Ayrim turlarning ekologik spektrlari ham bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta`sir etadi va bir omilning ta`siri boshqa omilning miqdoriga bog`liq bo`ladi. Bu omillarning o`zaro ta`sir qonuniyati deyiladi. Organizmning ma`lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan belgilanadi. Masalan, cho`lda organizmning keng tarqalishiga suv va yuqori harorat cheklovchi omil bo`lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |