Ekologik ekspertizaning antropologik xususiyati mundarija kirish I bob. O‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishi tarixi



Download 164,78 Kb.
bet9/15
Sana01.01.2022
Hajmi164,78 Kb.
#288131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Ekologik ekspertizaning antropologik xususiyati

Ekologik tahdidlarga qarshi kurashishda milliy qadriyatlarning о‘rni

Darhaqiqat, ekologik muammolar ijtimoiy-g‘oyaviy va hududiy chegara bilmay, ularning oldini olishda yagona samarali yо‘l dunyo xalqlari, barcha millat va elatlar e’tiborini tabiat va jamiyatdagi nomutanosiblik hamda uning kun sayin keskinlashib borayotganligiga qaratish lozim.

Shuni alohida qayd etish kerakki, diyorimizda tabiatga bо‘lgan ehtirom, uning sirlarini anglab yetishga intilish, atrof-muhitni musaffo saqlash, ozodalik va poklik kabi ezgu urf-odatlar uzoq о‘tmishga borib taqaladi.

Zardushtiylar dalalarni, ya’ni о‘simlik va hayvonot dunyosini asrab- avaylab, yо‘qolib borayotganlarini qayta tiklashga harakat qilganlar. Ularga zarar yetkazish esa og‘ir gunoh hisoblangan.

Zurdushtiylar tabiat muhofazasi va atrof-muhit tozaligini asrash, turli kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya hamda gigiyena qoidalariga amal qilganlar.

Umuman olganda, tarixan ma’naviy-ekologik qadriyatlarimizning ildizi “Avesto”dan ozuqa olishini ta’kidlab о‘tish lozim. “Avesto”ning tub ma’no-mazmunini belgilab beradigan: “ezgu fikr, ezgu sо‘z, ezgu amal” g‘oyasi bevosita milliy ma’naviy-ekologik qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi.



“Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarni о‘rganish, ularni bugungi davr talabiga muvofiq yangicha qarashlar bilan boyitish, dunyo miqyosida yuz berayotgan ekologik tahdidlarning oldini oluvchi muhim mezon bо‘lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, yer, suv, havo, о‘simliklar va daraxtlarni asrab- avaylash, e’zozlash, atrof-muhitni pokiza saqlash singari tabiatning barhayotligi va gullab-yashnashidan dalolat beruvchi, bahoriy gо‘zallik bayrami- “Navrо‘z”ni shodu hurramlik bilan kutib olish ham eng qadim zardushtiylik zamonlardan buyon bizga meros bо‘lib kelayotgan bayramdir.

Ekologik talim-tarbiya hamda ekologik madaniyatni oshirishning samarali usul va vositalari

Ekologik tarbiya – vatanparvarlik bо‘lib, tabiatni asrash – Vatanni asrashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayonlarini oiladan boshlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila kishilik jamiyatida insoniy or va nomusni anglash, xalq va Vatan nashidasini о‘zida yetakchi omilga aylantiruvchi birlikdir. Oila insoniy mehr-muruvvat mezonlari kabi tuyg‘ularni о‘zida mustahkam idrok etishga chorlovchi muqaddas va ulug‘ dargoh. Ana shu dargohda inson ulg‘ayadi, kamol topadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, oilada ayolning о‘ziga xos о‘rni mavjud bо‘lib, rо‘zg‘orni saranjom-sarishta va ozoda tutish, tozalikka rioya qilish xonadonimiz bekalaridan alohida e’tibor va mas’uliyat talab etadi. Mana shu oilada kamol topayotgan qizaloq о‘z onasini sinchkovlik bilan kuzatadi va uning yurish-turishi, о‘zini tutishi, idish-tovoqlarni pokiza saqlashidan tortib, hovli supirishi, gullar parvarishi, qо‘yingki, barcha-barcha

ishlarda andoza oladi va shu zaylda ulg‘ayadi. О‘g‘il bolalar esa erkaklarga xos xislatlarni о‘z otasidan о‘rganadi. Ota bahor oylarida yerlarni chopish, daraxt nihollari va gul о‘tqazish, maishiy asboblarni toza tutish va sozlashni bajarayotgan vaqtda о‘z о‘g‘lini oldiga olib shu ishlarni oz-ozdan о‘rgatib borsa, о‘g‘il ham undan andoza olib о‘lg‘ayadi.



Farzandlarga ilk sо‘zlar о‘rgatilayotganda, “suv”, “о‘simlik” va “non” tushunchalarini, ularni qadrlash kerakligini, suvsiz о‘simlik о‘smasligini, о‘simlik о‘smasa non bо‘lmasligini ular ongiga singdirib borish lozim. Zero bu udumlar bizga ota-bobolarimizdan meros.

Atrof-muhit, urf-odatlarda tan olingan meyorlar va tartib-qoidalar oilada bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga kusli ta’sir qiladi. Bola, asosan, oilada о‘sib-ulg‘ayadi, rivojlanadi, о‘z his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini nazorat qilishni о‘rganadi. Ota-onalar bolaning kayfiyati, ahvoli va xulqi u yashayotgan sharoitga bog‘liq bо‘lishini yaxshi bilishi kerak. Shu bilan birga, farzandlariga sog‘lom bо‘lish uchun gigiyena qoidalariga rioya qilish shartligini oz-ozdan uqtirib borishlari lozim. Bu esa oilada sog‘lom turmush tarzining shakllanishiga olib keladi.


Download 164,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish