O‘zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazish.
O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va
obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi.
Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan. “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonun 2000 yil 25 mayda qabul qilingan. Iqtisodiyotning rivojlanishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatni hisobga olgan holda mazkur
Qonunni хalqaro hujjatlar bilan uygʻunlashtirish, ekologik baholash milliy tizimi salohiyatini oshirish maqsadida takomillashtirish zarurati yuzaga keldi.
Xulosa
1) ekologik-sanitariya ekspertiza. Ushbu yo’nalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega bo’lgan obyekti-insonning hayoti va salomatligi bo’lib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan o’zaro aloqalari ekologik ekspertizadan o’tkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat ta’sirida atrof muhitning zararli ta’sir ko’rsatishi bilan inson solomatligi xolati va uning o’zgarishlari to’g’risidagi sababli bog’lanishni aniqlashdan iborat.
2) ekologik-normativ ekspertiza. Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar me’yori, radiatsiya ta’siri, shovqin, tebranish, magnit maydoni ta’sirining ruhsat etilgan me’yori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat.
3) ekologik-xuquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, uning obyekti qonunlar, farmonlar, xukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, respublika subyektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan o’tkazish hisoblanadi.
Adabiyotlar: - «Ekologik ekspertiza to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi qonuni (2000y). Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish. Qonunlar va normativ xujjatlar. T. 2002.
- Natsionaloy doklad. O sostoyanii okrujayushey prirodnoy sredoi ispolzovani i prirodnix resursov v Respublike Uzbekistan. T. 2002.
- Li N. Ekologicheskaya ekspertiza. Uchebnoye rukovodstvo. M. 1995.
- Reymers N.F. Prirodopolzovaniye. Slovar( spravochnik. M. 1990.
- Spravochnik, ekologa(eksperta. T.1997.
- www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |