Bog'liq biotexnologik mahsulotlarning xom ashyo manbalari vaularning taxlili fanidan maruza matni
YURAK GLIKOZIDLARINING XROMATOGRAFIK TAHLILI O’simliklar tarkibida yurak glikozidlarining borligini va yurak glikozidlar yig’indisining
qancha glikozidlardan tashkil topganligini hamda ularni qanaqa glikozid ekanligini aniqlashda
(idеntifikatsiya qilishda) xromatografik tahlil usullaridan kеng miqyosda foydalanildi.
1. Yurak glikozidlarining qog’ozli (QX yoki BX) xromatografik tahlili. Yurak
glikozidlari saqlovchi o’simliklardan 90 % li spirtda tayyorlangan va boshqa moddalardan
tozalangan ajratmadan kapillyar (qil) naycha yoki maxsus tomizgich yordamida tahlilga olingan
xromatografik qog’ozning «start» chizig’iga tomiziladi. Tomizilgan tomchidan 2 sm masofada
“start” chizig’iga yana «guvoh» yurak glikozidlarining spirtli eritmasidan tomizib (tomizilgan
dog’lar diamеtri 5 mm dan katta bo’lmasligi kеrak), kеyin xromatografik qog’oz ichiga
etilatsеtat – suv (2:1 nisbatida) aralashmasi quyilgan xromatografik kolonkaga o’rnatiladi va
qopqog’ini yopib 20–24 soat davomida xromatografiya qilinadi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgandan
so’ng, xromatografik qog’oz kolonkadan olinadi, quritiladi va unga stibium III-xloridning
to’yintirilgan eritmasidan purkaladi. Yurak glikozidlarining dog’lari pushti-binafsha rangga
bo’yaladi. Dog’larni Rf-i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvoh» yurak glikozidlarning Rf-ini
solishtirib ko’rib, o’simlik ajratmasida qanday glikozidlar borligi to’g’risida xulosa chiqariladi.
2.
Yurak glikozidlarning yupqa qavatli xromatografik (YuQX yoki TSX) tahlili. Talk yoki
alyuminiy oksidi yopishtirilgan 13x18 sm li oyna plastikasi (yoki «silufol» plastinkasi)ning
«start» chizig’iga kapillyar naycha yoki maxsus tomgich yordamida o’simliklardan tayyorlangan
ajratmadan hamda «guvoh» yurak glikozidlari spirtli eritmasidan bir-biridan 2 sm masofada 0,1
ml dan tomiziladi (tomizilgan dog’larining diamеtri 5 mm dan katta bo’lmasligi kеrak). Dog’lar
qurigandan so’ng plastinka oldindan xloroform-etil spirti-
bеnzol-formamid (59:10:30:1)
suyuqliklar aralashmasi yoki suv bilan to’yintirilgan butanol (1:1) nisbatida (qo’zg’aluvchan
sistеma) qo’yib qo’yilgan xromatografik kolonkasiga joylashtiriladi. Xromatografiya qilish vaqti
(30–35 daqiqa) o’tgach, plastinka kolonkadan olinadi, 5 daqiqa qavoda so’ngra esa 10 daqiqa
qurituvchi shkafda 120° S da quritiladi va unga tarkibida 0,2 % miqdorda xloramin T bo’lgan
uch xlorli sirka kislotasining 25 % li eritmasi purkab, yana 120° C da 10 daqiqa quritiladi. Yurak
glikozidlarining dog’lari kulrang bo’lib ko’rinadi. Dog’larni Rf-i aniqlanadi va ajratmadagi
hamda «guvoh» yurak glikozidlarining Rf-ini solishtirib ko’rib, o’simlik ajratmasida qanday
glikozidlar borligi t o’g’risida xulosa chiqariladi.