Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

Ta'lim ravnaqi.
  'Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta'lim tizimidagi tub o'zgarishlarda 
yaqqol namayon bo'lmoqda. Xalq ta'limini isloh qilish, kadriar tayyorlash tizimini mustahkamlash 
sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.'Yangi oliy o'quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning 
yangi tarmoqlari bo'yicha kadriar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim tizimidagi 16 universitetning 12 
tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar 
bo'yicha o'nlab yangi oliy o'quv yurtlari -  Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar 
vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va 
diplomatiyauniversiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog'-konchilik instituti, Toshkent Moliya 
instituti va boshqalar tashkil etildi. 
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta'limni tubdan isloh qilish yo'llari ishlab chiqildi. 
1997— yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» 
Qonuni va «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta'lim sohasini 
tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tola xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadriar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. 
Milliy dastur ro'yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o'rta ta'limni 9 yillik maktablarda oladilar, 
yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o'rta maxsus 
bilim va kasb-hunar o'rganadilar. 
Kadriar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga 
aylandi. 2001—  yilda Kadriar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi 
yakunlandi. 
2001—  yilda respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida 608500 nafar o'g'il-
qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta 
umumta'lim maktablarida 440762 nafar o'qituvchi 6,3 mln. o'quvchiga  ta'lim bermoqda. Umumiy o'rta 
ta'lim bo'yicha barcha o'quv fanlaridan Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 la maktabda 
tajribadan o'tkazildi, ta'lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta'lim standartlariga mos o'quv dasturlari va 
darsliklari yaratildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O'zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik 
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini yaratishdir. 1998-2004—  yillar davomida zamonaviy o'quv-
laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. 
Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so'm mablag' sarflandi. O'rta maxsus o'quv yurtlariga zarur bo'lgan 
jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSH dollarini 
tashkil etdi. Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga  kiritildi va darsliklar 


yaratildi. 2003-2004 o'quv yilida akademik litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming 
o'quvchi ta'lim oldi. 
Oliy ta'lim tizimida katta o'zgarishlar qilindi. Oliy ta'lim ikki bosqichdan -  bakalavriai va 
magistraturadan iborat etib qayta tashkii etildi. 62 ta oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan bo'lajak 
bakalavr va magistrlar soni 2003-2004-o'quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-
o'qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O'tgan 4 
yil davomida barcha yo'nalishlar bo'yicha bakalavr va magistrlar uchun qo'yiladigan talablarni o'zida 
mujassamlashtirgan Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari yaratildi. Oliy ta'lim uchun 1129 nomdagi 
darslik va o'quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o'quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi. 
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko'mak-lashish, qo'llab-quwatlash bo'yicha 
davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli yoshlarni moddiy va ma'naviy rag'bat-
lantirish, chet elda o'qishini qo'llab-quwatlash maqsadida "Respublika bolalar fondi", "Sog'lom avlod 
uchun", "Iste'dod" jamg'armalari tashkil topdi. «Zulfiya» mukofoti ta'sis etildi. Ta'lim sohasida xalqaro 
tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o'qib keldi. 
O'zbekiston ta'lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg'ot-moqda. Moskvadagi Oliy 
ta'limXalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov O'zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy 
dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo'q hujjat, deb ta'rifladi. O'zbekistonda yaratilayotgan ta'lim 
tizimi «Ta'limning o'zbek modeli» deb e'tirof etildi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish