Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

3. Turkiston muxtoriyati.
Turkiston muxloriyati. Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo'lga olib, 
o'zining avvai e'lon qilgan balandparvoz ya'dalaridan voz kechib, o'lka xalqlariga nisbatan olib borgan 
ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari faol harakatga 
keldilar.  1917-yil 26-noyabrida Qo'qonda o'lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. 
Unda Turkiston o'tkasining 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida 
"Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", Musulmon harbiylari Sho'rosi, o'lka yahudiylari jamiyati 
namoyandalari ham qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu xususda qabul qilingan 
qarorda shunday deyiladi: 
"Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning 
o'z huquqlarini o'zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya 
respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga, muxtoriyatning qaror 
topish shakllarini Ta'sis maj-lisiga havola etadi". Shundan so'ng, qurultoy "Turkistonda yashab turgan 
milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e'lon qiladi". 
Yangidan tarkib topayotgandavlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo'ldi. Qurultoyda 
Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi - Muvaqqat Kengash tuzildi. Muvaqqat Kengash tarkibi 12 
kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi nomzodlar kiritildi: 
1.  M. Tinishpayev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri1; 
2.  Islom Shoahmedov - bosh vazir o'rinbosari; 
3.   Mustafo Cho'qayev - tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir); 
4.  Ubaydulla Xo'jayev - harbiy vazir; 
5.  Yurali Agayev - yer va suv boyliklari vaziri; 
6.  Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri; 
7. Abdurahmon O'razayev - ichki ishlar vaziri o'rinbosari; 


8. Solomon Gersfeld - moliya vaziri. 
Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to'rtta vakil kiritilishi belgilab qo'yilgan edi. 
Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi (parlamenti) 
tuzilganligi bo'ldi. Unga "Sho'roi Ulamo" tashkiloti rahbari Sherali Lapin rais etib saylandi. 
Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a'zolaridan tashqari o'sha davrning atoqli arboblari: T. 
Norbo'tabekov, S. Sharifxo'jayev, Nosirxonto'ra Kamolxonto'ra o'g'li, M. Behbudiy, Alixonto'ra 
Shokirxonto'ra o'g'li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov singari yurt peshvolari ham saylangan edilar. 
Shunday qilib, o'lkaning mo'tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, 
uning zimmasiga ulug'vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, Turkiston xalqining erki, mustaqilligini asta-
sekin tiklash -  bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi edi, Shu boisdan ham o'lkaning millionlab 
fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e'lon qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917-yil 
dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo'qon, Samarqand shaharlari aholisi mitinglar, 
namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg'in qo'llab-quvvatlab chiqdilar. 
Biroq o'lkada o'rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo'lda ushlab turgan Turkiston sovet 
hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston muxtoriyati va uning tarafdorlarini 
tezroq yo'q qilish payiga tushdilar. 1917-yil 13-dekabridaToshkentda muxtoriyatni yoqlab o'tkazilgan 
katta mitingni zo'rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va 
pulemyotlar sadosi ostida ko'plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik 
Qozoq taraqqiyparvarlari 1917-yil dekabrda Orenburgda syezd o'tkazib «Alash-O'rda» avtonom 
Respublikasini luzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpayev saylanadi. Shu munosabal bilan M 
.Tinishpaycv «Alash O'rda» poytaxti Semi palatinskka kctadi. 
16 kishi otib o'ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd 
edi. 
1917-yjl 25-dekabr kuni Qo'qonda o'lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining 1 favqulodda 
qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi. Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama 
quvvatlash, unga moddiy va ma'naviy madad ko'rsatish shiori ostida o'tdi. Unda, Turkiston Muvaqqat 
Kengashi tarkibini musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to'ldirish 
to'g'risida qaror qilindi. Qurultoy o'zining so'nggi ish kuni 27-dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari 
Soveti Raisi V. I. Lenin nomiga telegramma yo'lladi. Unda Turkiston muxtoriyatini e'tirof etish, Toshkent 
Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni Turkiston muxtoriyati Muvaqqat Kengashiga topshirish 
to'g'risida farmoyish berish so'ralgan edi. 
Lenin va uning safdoshlari esa ochiq va yashirin tarzda  Toshkentda faoliyat yuritayotgan 
Turkistondagi sovet hukumati oldiga milliy muxtoriyatni tugatishni vazifa qilib qo'yganligi hech kimga 
sir emas. Turkistondagi sovet hokimiyati o'lka muxtoriyati faoliyatini cheklash, uni butunlay barham 
toptirishga qaratilgan xoinona yo'l tutdi. Bu manfur maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hokimiyati 
tasarrufida bo'lgan hamma vositalar ishga solindi. 1918—yil 19-26-yanvarda bo'lib o'tgan Turkiston o'lka 
sovetlarining IV syezdi Turkiston muxtoriyati hukumatini, uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb 
hisobladi va ularning boshliqlarini qamoqqa olishga qaror qildi. 
Buning ustiga, Turkiston muxtoriyati o'zini o'zi yetarli darajada himoya qilish imkoniyatiga ega 
bo'lolmadi. Muxtoriyatchilar orasida ko'pginamuhim hayotiy masalalardabirlik, hamjihatlik, 
jipslikmayjud emasdi. Unga moddiy, ma'naviy hamda harbiy, moliyaviy madad ko'rsata oladigan real 
kuchlar va imkoniyatlar yo'q edi. 1918-yil 18-fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda 
to'ntarish sodir etildi. Mustafo Cho'qayev boshchiligidagi hukumat ag'darildi. Hukumat boshqaruvi 
Qo'qon shahar militsiyasi boshlig'i Kichik Ergashga o'tadi. 
Turkiston sovet hukumati 1918-yil 14-fevralida Farg'ona viloyati hududida favqulodda harbiy 
holat joriy etdi. Uning Qo'qondagi mahalliy hokimiyati -  ishchi va askar deputatlari soveti 17 -fevralda 
muxtoriyat vakillarini taslim bo'lishga da'vat qildi. Ayni vaqtda, Toshkentdan Perefilev boshchiligida 
qurollangan ko'p sonli qizil qo'shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo'qondagi ashaddiy 
millatchi arman dashnoqlari1 ham bu bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa, 19-21-fevral kunlari Qo'qon xalqi 
ustiga balo-qazo yog'ildi. Shahar o't ichida yondi. Shu tariqa, Turkiston Muxtoriyati mag'lubiyatga 
uchradi. 


Eng dahshatlisi sluki, bu xunrezlik lagida hech bir gunohi bolmagan ming-minglab Qo'qon 
fuqarosi mislsiz jabr tortdi, behisob qurbonlar berdi. Qo'qonda sovetlar sodir etgan qonli fojiani sovel 
davlati arboblaridani biri D. Manjara keyinroq shunday e’tirof etgandi: "Milliy siyosatda yo'l qo'yilgan 
xatolarimiz tufayli Qo’qon muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo'qotish paytida yana bir xatoga yo'l qo'ydik. 
Qurol-yarog'i deyarli bo'lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o’rniga, biz 
to'plardan o'qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli tlo'dalarini ishga soldik. Nalijada, talon-taroj, 
nomusga tegish, qirg’in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo'lmagan tinch aholi katta zarar 
ko'rdi". 
Sovet hokimiyati o'zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yobnalishdagi iqtisodiy va siyosiy 
qayta qurishlar yo'lini izchil amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi, yer to'g'risidagi dekret asosida yerga 
bo'lgan xususiy mulkchilikni tugatish boshlandi. Shu maqsadda joylarda yer qo'mitalari tuzildi. Jumladan, 
1918-yil kuzida Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Yettisuvda 25 ta shunday 
qo'mitalar tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma'murlarining yer qo'mitalarini tuzish harakatini keskin 
norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan, bolsheviklar bu yo'lni qat'iy amalga oshirishda davom 
etdilar. Buning natijasida, o'lkadagi ko'plab yirik mulklar, xususiy yerlar musodara etildi va davlat 
tasarrufiga o'tkazildi. 
TASSRning tuzilishi. Sovet hukmdorlarining yana bir hiylakorligi va ustamonligi shunda 
ko'rinadiki, ular Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda o'ziga xos sovet 
muxtor respublikasini tuzish yo'lini tutdilar. Bundan ko'zda tutilgan bosh maqsad -  Turkistonning 
kelajakda mustaqil, suveren davlat bo'lib, ajralib chiqib ketishiga izn bermaslik edi. Sovetlar ishlab 
chiqqan rejaga ko'ra, 1918—  yilning 20-  aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo'lib o'tgan o'lka 
Sovetlarining V qurultoyida Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) tuzildi va RSFSR 
tarkibiga kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga asoslangan o'ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyat 
funksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyorida edi. Qurultoyda respublikaning hokimiyat 
organlari: Markaziy Ijroiya Qo'mitasi (M1Q) va Xalq Komissarlari Soveti (XKS) saylandi. MIQning jami 
36 a'zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat vakillari edi. Avtonom respublika MIQning raisi etib bolshevik 
P. A. Kobozev saylandi, Bolshevik F. I. Kolesov boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan XKS tarkibiga 
ham 3 nafar mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos. 
1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o'z safida birlashtirgan Turkiston Kompartiyasi 
tuzildi. 1919-yil martda Turkiston Kompartiyasi huzurida Turor Risqulov raisligida O'lka musulmonlari 
byurosi tuziladi. Musbyuroning organi -  «Ishtirokiyun» gazetasi nashr etila boshlandi, unda Turkiston 
ma'murlarining shovinistik siyosati fosh etila bordi. 
1918-yil oktabrda bo'lgan o'lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Unda Turkistonni RSFSRning "ajralmas, tarkibiy qismi" ekanligi, o'lka xalqlarining barcha hayotiy 
masalalari uning mas'ulligida ekanligi qonunlashtirildi. 
Turkistonda sovet hokimiyatining tobora kuchayishi, uning yakka-hukmronligining ortib borishi, 
o'lka hayotining hamma jabhalarining qattiq markazlashtirilishi, qattiqqo'l iqtisodiy tadbirlarning 
o'tkazilishi faqat mahalliy aholi qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo'lib qolmasdan, boshqa 
siyosiy muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi. 1919—yil 19-yanvardaharbiy komissar K.Osipov 
uyush-tirgan isyon natijasida Toshkentda 14 nafar Turkiston xalq komis-sarlarining otib o'ldirilishi ham 
buning aniq ifodasi bo'lgandi. Ammo tezlikda o'zlarini o'nglab olishga ulgirgan bolsheviklar vaziyatni o'z 
foydalariga o'zgartirib, sovet hokimiyatini yana saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Hokimiyat organlari 
yangi kadrlar bilan to'ldirildi. Rahbarlik lavozimlariga mahalliy millat vakillari ham jalb etila bordi. 
Moskva sovet Turkistonida o'z ta'sirini kuchaytirish, uni har tomonlama o'ziga qaram qilish 
maqsadida 1919-yil kuzida Toshkentga alohida favqulodda vakolatlar berilgan Turkkomissiya (Sh. Eliava 
- rais, V. Bokiy, F. Goloshchekin, V. Kuybishev, M. Frunze, Ya. Rudzutak)ni yubordi. Uning zimmasiga 
katta vazifalar yuklangan edi.  Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya qurilishi ishlarini jadal 
sur'atlar bilan olib borish, yangi tuzumni chuqur ildiz ottirish edi. TASSR hayotida kechayotgan barcha 
ijtimoiy  -  siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog'liq eng asosiy masalalarning birortasi ham 
Turkkomissiya a'zolarining izmisiz hal etilmas edi. 
Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qurilishida ancha tajriba orttirgan, 
chiniqqan T. Risqulov, N. To'raqulov, A. Rahimboyev, N. Xo'jayev, Q. Otaboyev, A. Ikromov, S. 


Segizboyev kabi yurt arboblari u yoki bu rahbarlik mansablarida faoliyat yuritgan bo'lsalar-da, ammo 
ularning inon-ixtiyori moskvalik hukmdorlar tizginida bo'lgan. Xullas, Turkkomissiya siymosida TASSR 
hayotida zo'rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining asl mazmun-mohiyati 
mujassamlashgan edi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish