O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT VA TELEKOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
715-21 guruh talabasi Ikromov Nurmuhammadning “Akademik yozuv” fanidan
NUTQ USLUBLARIGA yozgan matnlari
Tekshirdi: Hayitbayeva N.O.
ILMIY USLUB
Elektr zanjirlarida tok hosil qilish uchun kimyoviy, mexanik yoki yorug’lik energiyalarini elektr energiyasiga ag’daruvchi batareya yoki elektr generatorlari zarurdir.Bunday manba- elektr yurituvchi kuch manbai yoki EYuK deb ataladi.Tashqi zanjirda tok oqmaydigan holda, shunday manbaning klemmalaridagi potensiallar farqi manbaning EYuK deb ataladi.EYuKning simvoli sifatida E, birligi sifatida volt qabul qilingan.
PUBLISISTIK USLUB
Iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalari ommaviy ravishda joriy etilayotgan hamda ulardan foydalanilayotgan bir vaqtda fuqarolarimizning axborotga ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish borasidagi sa’y-harakatlar teletomoshabin, o’quvchi va kitobxonlarni bee’tibor qoldirmayapti. Ayni paytda ommaviy axborot vositalarining texnologik jihatdan shiddat bilan o’zgarishi uslublarning yanada sayqallashishiga, jilovlanishiga sabab bo’lyapti, desak xato bo’lmaydi.
RASMIY USLUB
Sud hukni e’lon qiladi.O’z lavozimini suiiste’mol qilganligi, o’zgalarning mulkini aldov yo’li bilan o’zlashtirgani uchun M.Ahmedov “Jinoyat kodeksining” 130-131 bandlarida keltirilgan qonunlarni buzganlikda aybdor deb topilsin va 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llanilsin . Shuningdek, qamoq jazosi vaqtida keltirilgan zararni ishlab to’lashi ta’minlansin.
BADIIY USLUB
Xushro‘y chodirdan chiqmasdanoq choy tashib, xizmat qilib yurgan kundashiga kesatuq bilan hujum boshlaydir. Ikkinchi va uchunchi kunlarda to‘ppa-to‘g‘ri kundash ustiga sapchiydir. Hafta, o‘n kun o‘tmasdan erini o‘z tomonig‘a og‘ishdirib kundashi O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy www.ziyouz.com kutubxonasi 208 yonig‘a kirgizmayoq qo‘yadir. Ikkinchi va uchunchi haftalarda o‘choqboshini o‘z qo‘lig‘a olib kundashini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. Nusratbek bo‘lsa ko‘chaga chiqg‘anda beklik da’vosini qilib, uyiga kirganda Xushro‘ybekka mute’. Bechora katta xotin Xushro‘yning doimiy hujumiga mahkum qolib, eridan loaqal ikkita go‘daklari yuzi uchun bo‘lsin marhamat ko‘rmay azoblanadir. Ikkinchi oylardan boshlab Xushro‘y kundashini bo‘g‘ib urish odatini chiqaradir va o‘rim-o‘rim kundash sochini alafdek yulib olishdan ham tortinmaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |