Xurmo (Diospyros) — xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, Oʻrta dengiz boʻyi mamlakatlari, Avstraliya, AQSH, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Mevasi uchun, asosan, sharq X., sovuqqa chidamli virginiya X.si (D. virginiana), shuningdek, Kavkaz X.si (D. lotus) oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekiladigan sharq X.si (D. kaki Tpip.)ning vatani — Xitoy. Daraxti 8–12 m, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 —400 yil, baʼzan undan ham koʻproq yashaydi, lekin 50— 60 yilgacha yaxshi meva beradi. X. —15, —20° gacha sovuqqa chidaydi, yorugʻsevar oʻsimlik. Bargi yirik tuxumsimon, usti toʻq yashil, orqasi tukli, ketmaket joylashgan, toʻkilish oldidan qizgʻish rangga kiradi.
Guli bir, baʼzan ikki jinsli. Aprel — mayda gullaydi, oktabr —noyabrda pishadi. Mevasi turli shakdda (500 g gacha). X. tarkibida qand, S vitamini, protein, temir tuzlari, oqsil, oshlovchi moddalar va boshqa bor. Mevasi 2 —3 oy sakdanadi, yangiligida hamda quritilgan holda isteʼmol kilinadi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, likyor, vino, jem tayyorlanadi. X., asosan, payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8x6 va 6x6 m sxemada ekiladi. Kumli, shagʻalli shoʻr yerlarni yoktirmaydi. 3—4yili hosilga kiradi, 10—12 yoshida toʻliq hosil bera boshlaydi. Bir tup daraxti 250 kg gacha hosil beradi. Oʻsuv davrida yer sharoitiga qarab 10 —12 marta sugoriladi; oʻgʻitlanadi, atrofi yumshatib turiladi. X.NING Oʻzbekistonda tarkalgan va Surxondaryo, shuningdek, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlari uchun rnlashtirilgan asosiy navlari — Vaxsh, Xiakume, Zendjimaru, Tojikiston, va boshqa
Xurmo — mazali va foydali meva. Biroq uning salbiy xususiyatlari ham mavjud. "Layfxaker" xurmo mevasining foydali xususiyatlari va shu bilan birga zarari haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Qarishni sekinlashtiradi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. Barcha apelsinrang mevalarda bo‘lgani kabi, xurmoda ham beta-karotin ko‘rinishidagi A vitamini ko‘p. Organizm 100 gramm xurmodan bu muhim elementning 12 foiz kundalik normasini olishi mumkin.
A vitamini — hujayralarni erkin radikallardan himoyalovchi, qarish jarayonini sekinlashtiruvchi va saraton xavfini kamaytiruvchi kuchli antioksidant.
Bu vitamin o‘tkir ko‘rish qobiliyati garovidir. Uning yetishmasligi insonning kechki payt va qorong‘uda ko‘rish qobiliyatining yomonlashuviga olib keladi.
Bundan tashqari, beta-karotin quyosh ostida kuyib ketmaslikka yordam beradi: u terini ultrafiolet nurlarning zararli ta'siri, qurish va yorilishdan himoyalaydi.
Shunisi muhimki, xurmoda A vitamini aynan beta-karotin ko‘rinishida bo‘ladi. Bu ko‘rish bilan bog‘liq muammolar, terining ko‘chishi, suyaklardagi og‘riqlar va buyraklar kasalliklarini keltirib chiqaruvchi dozani oshirib yuborish xavfini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |