Tebranish amplitudes!
a
Maksimum Optimum Maksimum
Yashashning
yomonlashishi
Pessimum
Yomonlashish
Yomonlashishning
og'irlashishi
Yashashning Yashashning yomonlashishi eng yaxshi
holati /
Ekologik valentlik
Pessimum Yomonlashish
Yomonlashishning og'irtashishi
3-rasm. Ekologik omillarning ta ’sir qilish nuqtalari
(Kultiasov, 1982)
Ekologik omillaming optimal ko'rsatkichdan ozroq o'zgarib turishiga moslashgan turlar tordoiraga moslashgan turlar, muhit omillarining keng doirada o'zgarishiga moslashganlari esa keng moslashgan turlar, deb aytiladi. Bu yerda birlamchi holatga misol qilib dengizlarni, yuqori sho‘rligiga (30-37%o) yoki tog‘ daryolari suvining chuchukligiga (150-240 mg/1) moslashadigan organizmlami olish mumkin.
Ikkinchi holatga misol: katta daryolarning quyi oqimlarini dengiz suvi bilan qo'shilib turadigan joylarida suvning sho'rligi o'zgarib turadi (0,5-1 lg/1). Organizmlar shu o'zgarishga keng moslashgan. Ba’zi hayvonlar (uch ignali kolyushka - Qasterosteus aculeatus), suvo'tlar (xlorella, ssenedesmus: Chlorella vulgaris, Scenedesmus quadricauda) keng ekologik valentlikka ega bo'lib, ham sho'r, ham chuchuk suvlarda yashashi mumkin.
Ekologik mutanosibligi bo'lmagan yoki kam chidamli turlar stenobiont (stenos - tor doirali), keng chidamli turlar esa evribiont (eyros - keng) turlari deb aytiladi. Turlarning stenobiont yoki evribiontligi, ularning u yoki bu muhitga turli yo'llar bilan moslashishidan kelib chiqqan. Bir xil sharoitda yashagan turlar asta-sekin ekologik omillarga keng moslashish qobiliyati yo'qolib, ularda tor muhitga xos stenobiontlik xususiyatlari kelib chiqadi.
Ekologik omillar keng doirada o'zgarib turadigan muhitda uchraydigan turlar evribiontlik xislatlariga ega bo'lib, ular ekologik keng valent (mutanosib)li turlar qatoriga kiritiladi.
Tabiiy muhitda organizmning evribiont yoki stenobiontlik xislati bir ekologik omilga nisbatan kelib chiqadi va evribiontlik turlarning keng tarqalishiga sabab bo'ladi. Masalan, ko'pchilik sodda tuzilgan umurtqasiz hayvonlar, mikroorganizmlar, suvo'tlar, zamburug'lar haqiqiy evribiontlar guruhiga kirib, hamma joyda keng tarqalgan yoki kosmopolitlar hisoblanadi. Stenobiont turlarning tarqalish areallari tor, chegaralangan, faqat ayrim hollardagina yuqori darajada takomillashadigan ayrim turlargina katta maydonlarni egallashi mumkin. Masalan, baliq bilan ovqatlanadigan кора nomli qush (Pandion nalinetus) boshqa omillarga nisbatan haqiqiy stenofag
32
hisoblansa ham, tarqalish bo‘yicha evribiontdir. Chunki ozuqa qidirib juda ham uzoq joylarni aylanadi.
Evribiont organizmlarga misol qilib hayvonlar - qo'ng'ir ayiq, chumchuq, qarg‘a, bo‘ri; o'simliklar - qamish, qug'a, g umay, ajriq kabilarni olish mumkin. Stenobiont organizmlarga baliqlardan - forel, tog‘ echkisi, burgut, saygak, dengizlarning chuqur joylariga moslashgan baliqlar; o‘simliklardan - chinni gullar, orxideyalar, issiq butoqlarga (80-90°C) moslashgan ko‘k yashil suvo'tlarni kiritish mumkin.
Ma’lum ekologik omillarga nisbatan organizmlar quyi- dagicha klassifikatsiya qilinadi: haroratning keng ko'lamda o'zgarib turishi, yuqori va pastligiga qarab, organizmlar evriterm va stenoterm kabi turiarga bo'lmadi. Suvdagi tuzlar konsentratsiyasiga nisbatan evri galin va stenogalin; yorug‘likka qarab evrifot va stenofot; namlikning o‘zgarishiga nisbatan evrigidrid va stenogidrid; tarqalishiga qarab evritop va senotop organizmlarga bo'linadi.
Ekologik evribiontlik yoki stenobiontlik turning to‘g‘ri kelgan ekologik omilga o'ziga xos moslashishini ifodalamaydi. Chunki tur har bir ekologik omilga hech narsaga bog‘liq bo'lmagan holda moslashadi. Bir ekologik omilga nisbatan tur tor ekologik valentlikda bo'lsa, boshqa omilga keng moslashgan bo'lishi mumkin. Masalan, ba’zi qisqichbaqasimonlar, ko'k- yashil suvo'tlar tor harorat doirasiga moslashgan bo'lib, ular stenoterm organizmlar guruhiga kiradi. Lekin shu organizmlar keng doiradagi tuzlar, konsentratsiyali suvlarga ham xos bo‘lib, evrigalin organizmlar qatorida turadi.
Sho'rroq suv havzalarida, ayniqsa, ko'llarda tuz miqdo- rining keng doirada o'zgarib turganligi tufayli, evrigalin turlar ko'proq uchraydi. Bunday ko'llarda, dengiz yoki chuchuk suvlarga moslashgan turlar uchramaydi, suvda tuz miqdorining o'zgarib turganligi sababli ular tezda nobud bo'ladi. Qorin oyoqli molluskalar (Littorina neritoides) yetilgan davrida dengiz qirg'oqlari atrofida yashaydi. To'lqinlar bilan chetga chiqib, uzoq vaqt suvsiz ham yashashi mumkin. Lekin uning lichinkasi (qurtchasi) faqat suvning ichida plankton holda hayot kechiradi.
Yorug'likning keng o‘zgarishiga moslashgan organizmlar hech vaqt namlik va tuz miqdoriga keng doirada moslashmaydi, chunki ularning ekoiogik ehtiyojlari o‘zlari yashab turgan muhitdan kelib chiqadi.
Ekoiogik valentlik muhitning ayrim ekoiogik omillariga nisbati turning ekoiogik spektri (ko‘rinishi)ni tashkil etadi.
1924-yili botanik L.G. Ramenskiy har bir tur o‘zining ekoiogik imkoniyati bo'yicha o'ziga xosdir, deb aytadi. Muhitga moslashgan ko'pchilik bir-biriga yaqin turlarning ham ayrim ekoiogik omillarga nisbatan moslashishida farq bo‘ladi. Bu holat «Turlarning ekoiogik individuallik qoidasi», deb aytiladi.
Agar muhit omillarining organizmlarga ta’siri ular uchun foydali chegaraga yetmasa, tirik organizmlar bunday holatni sezadi va o‘zlarining umumiy holatlarini o‘zgartiradi, natijada bunday o‘zgarishlar turning saqlanib qolishiga imkon beradi. Turlar noqday sharoitda shu muhitdan ketish bilan (ko'pchilik hayvonlar, qushlar, baliqlar) yoki shu sharoitga chidash xislatlarini hosil qilish bilan (asosan o‘simlik vakillari) moslashadi. Noqulay sharoitdan ketadigan hayvonlar qulay sharoitga o‘tib, yashash va ko‘payish joylarini, yirtqichlardan saqlanish kabi moslashish yo'llarini yaratadi.
Noqulay sharoitga o‘simliklarning moslashishi, darning tuzilishi va funksiyasi, hayot-faoliyatida muhit ta’siriga qarab tuzilishining o‘zgarib borishi, yangi moslashish belgilarining kelib chiqishidan darak beradi. Bu holat keng tarqalgan morfologik moslashish bo‘lib hujayra, to‘qima, organlar ko‘rinishi, morfologiyasining o‘zgarishlari orqali kuzatiladi. O'simliklar tanasida fiziologik-biologik-kimyoviy jarayo- nlaming tezligi va yo‘nalishining o‘zgarishi bilan ularda ham fiziologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Doim o‘zgarib qaytarilib turadigan iqlim omillari sharoitida o'simlik va hayvonlarning moslashishi uchun darning hayot jarayonlarining doimiy harakatchanligi katta ahamiyatga ega. Tabiiy muhitda hamma ekoiogik omillarning bir-biri bilan doimo bogMiqligi tufayli, tirik organizmlar uchun ularning birortasi ham befarq emas. Muhitdagi tur vakillari, ularning populyatsiyalari, turlar ta’sirini har bir tur o‘ziga qabul qiladi.
Organizmlarning tarqalishi turli omillarga bog'liq, ya’ni vaqtga, ularning kelib chiqqan joyiga va shu yerning ekologik omillariga bog’liq; ma’lum bir joyda ayrim ekologik omillar bir turning tarqahshiga salbiy ta’sir qilsa, arealini chegaralab qo'ysa, shu yerda va shu vaqtda ikkinchi turning tarqahshiga ijobiy ta’sir qiladi. Jumladan, chuchuk suv havzalariga moslashgan o’simlik va hayvonlarni dengiz va okeanlarda tarqahshiga shu yerdagi suvning yuqori tuzli konsentratsiyasi imkon bermaydi. Aksincha, dengiz va okeanlarga moslashgan organizmlar chuchuk suv havzalarida yashay olmaydi.
Turli organizmlar tuproq xillari, harorat, namlik, yorug’likka bir xilda moslashmaydi va bir xil darajada talab qilmaydi. Shuning uchun ham turli tuproq xillari, iqlim mintaqalarida har xil o'simlik turlari, ularning katta va kichik senozlari rivojlanadi. 0‘simIiklar assotsiatsiyalariga, ularning formats- iyalari va tiplariga qarab hayvonlar uchun har xil sharoitlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |