Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar


Milliy daromad, uning tarkibi, o`sish omillari, taqsimlanishi va kayta taqsimlanishi



Download 42,29 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi42,29 Kb.
#747966
1   2   3
Bog'liq
Ehtiyoj va uning turlari

2. Milliy daromad, uning tarkibi, o`sish omillari, taqsimlanishi va kayta taqsimlanishi.

Ishlab chiqarishning o`zida yuz beradigan taqsimlash birlamchi taqsimlash deb ataladi. Uning natijasida birlamchi daromadlar ya'ni:




  • foyda ;

  • ish haqi fondi;

  • amortizatsiya fondi tashkil topadi.


Birlamchi taqsimlanishdan sung ikqilamchi yoki qayta taqsimlash yuz beradi. Bir marta qayta taqsimlangan ichki maxsulot qiymati moliya vositalarida, masalan : soliq va har xil to`lovlar yordamida qayta taqsimlanadi. Natijada jamiyat ixtiyoridagi milliy daromad (MD) hosil bo`ladi.



Milliy daromad jamiyat miqyosidagi barcha daromadlar yigindisidir, u tabiatan yangidan hosil etilgan maxsulot, lekin uning pul shaklida ifodalanishidir. Milliy daromadni aniqlash uchun sof milliy maxsulotdan bevosita soliqlar ayirib tashlanadi.

MDq SMM - biznesga egri soliqlar.

MD moddiy jihatdan olganda ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlaridan iborat bo`lib, zaruriy va qo`shimcha maxsulotning asosiy qismini o`z ichiga oladi.

Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi.

- ishlab chiqarilgan MD-bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi;

- foydalanilgan MD-bu ishlab chiqarilgan MD dan yo`qotishlar (ya'ni tabiiy ofatdagi yo`qotishlar, saqlashdagi yo`qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig`i chiqarib tashlangan miqdorga teng.

Milliy daromad iste'mol va jamg`arish fondiga ajratiladi.

-iste'mol fondi-bu milliy daromadning jamiyat a'zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini, hamda butun jamiyat ehtiyojlarini, ya'ni ta'lim, mudofaa va boshqalarini qondirishni ta'minlashga ketadigan qismi hisoblanadi;

- jamg`arish fondi-bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta'minlaydigan qismidan tashkil topadi.

Milliy daromadni, daromadlar barcha turlarini qo`shib chiqish yo`li bilan ham aniqlash mumkin.MD ni narxning o`zgarishi ta'siridan xoli etish kerak bo`ladi, chunki maxsulotning pulda hisoblangan hajmi narx darajasiga nisbatan to`g`ri mutanosiblikda o`sadi.



Milliy daromadning o`sish omillaridan biri mehnat unumdorligini oshirish darajasidir, ya'ni makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning asosi bo`lgan YaMM dir. MD ning talaygina qismi aholining shaxsiy iste'molini qondiradi.Aholi iste'molining YaMM hisobidan qondirilishi, birinchidan, ishlab chiqarishning insonparvarlik vazifasini ado etsa, ikkinchidan, mehnat qobiliyatini tiklash va rivojlantirish sharti bo`lib, ishlab chiqarishni yangilashga xizmat qiladi, ya'ni ishlab chiqarishni rivojlantiradi. Ta'lim sohasini islox qilish, mudofaani mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
3. Marketing atamasi iste’molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining o‘ziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor qo‘llanildi1.
1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya, Illinoys universitetlarida “Tovarlar marketingi”, “Marketing usullari”fanlaridan ma’ruzalar o‘qitila boshlandi. 1910-1925-yillar mobaynida marketing usullari orqali bozorlar o‘rganila boshlandi. Firmalarda biznes faoliyatini o‘rganish uchun bozorni o‘rganish bo‘yicha bo‘limlar tashkil qilina boshlandi. 1926-yilda AQShda Marketing va Reklama Milliy Assotsiatsiyasi tashkil qilinib, keyinchalik Amerika Marketing jamiyatiga aylantirildi. 1973-yilda bu jamiyat Amerika Marketing Assotsiatsiyasi mavqeyiga ega bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi og‘ir sanoat rivojlanishiga va sanoat tarmoqlarini boshqarishga bo‘lgan yangicha yondashuvni talab etdi. Ommaviy ishlab chiqarishning o‘sishi, sotib olish qobiliyatining pastligi bozorlarda sotuv siyosatining ishlab chiqilishini va marketing sohasida tajribaning ortishiga olib keldi. 1948-yildan esa marketing turli xo‘jalik faoliyatida qo‘llanilib, ishlab chiqarishdan to iste’molchiga yetib borgungacha bo‘lgan jarayonda tovarlar oqimi va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ishlatildi.
1960-yilda Djer Makkarti tomonidan marketingning tub mohiyatini ochib beruvchi“4P” modeli ishlab chiqildi. Bu modelda marketingning asosiy 4 elementlari tovar (product), narx (price), sotuv (place), reklamarag‘batlantirish (promotion) o‘z aksini topgan. Bu model marketing sohasidagi nazariy izlanishlarga asos soldi.Turli mamlakatlarda marketing assotsiatsiyalari va institutlari tashkil qilinib, bozor va marketing izlanishlari olib borila boshlandi. 1965-yilda ingliz Marketing instituti tomonidan marketingga quyidagi tarif berildi. Marketing – amaliy faoliyat bo‘lib, boshqaruv funksiyalari tizimi hisoblanadi, uning yordamida iste’molchilarning xarid (sotib olish) qobiliyati o‘rganilishi natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan real talabni shakllantirish orqali foyda olish jarayonidir. Bu tarif ko‘pgina nazariyotchilar tomonidan tan olindi va amaliy jarayonda unga asoslanib biznes va ishlab chiqarishni boshqarish olib borildi. 1966-yildan to hozirga qadar marketingning juda ko‘p tariflari yaratildi. Amerika Marketing Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra 2000 dan ortiq tariflar marketingning ko‘p qirrali faoliyatini to‘la – to‘kis ochib bergan.
“Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Marketing bo‘yicha taniqli mutaxassis F. Kotler marketing faoliyatini ayirboshlash orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat, deb tushuntiradi. Ingliz mutaxassisi Dj. Steyner fikricha, marketing strategik rejalashtirish va boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifa bo‘lib, uning maqsadi - iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish va korxonalar daromadini ta’minlash hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari, ya’ni ishlab chiqarish, moliyaviy va sotuv sohasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish.2

Download 42,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish