13.
Tanga 7 marta tashlanadi. Tanganing 2 marta “raqam” tomoni bilan tushishi
ehtimolini toping.
14.
O’qning
nishonga tegishi ehtimoli
p=0,7.
Nishonga otilgan 5 ta o’qdan 2
tasining nishonga tegishi ehtimolini toping.
15.
Ikki teng kuchli shaxmatchi
2n
ta natijaviy o’yin o’ynashga va`dalashdilar
(durang hisobga olinmaydi).Har bir o’yinchining navbatdagi partiyada yutishi ehtimoli
0,5 ga teng. Eng ko’p partiyada yutgan o’yinchi o’yinda g’olibi hisoblanadi. Har bir
o’yinchining 8 partiyalik o’yinda yutish imkoniyati ko’pmi yoki 12 partiyalik
o’yindami?
16.
Qurilma ishdan chiqishi uchun undagi erkli ishlaydigan 8
ta elementdan
kamida 3 tasini ishdan chiqishi etarli. Agar har bir elementning T muddat ichida ishdan
chiqishi ehtimoli bir xil 0,2 ga teng bo`lsa, shu muddat ichida butun qurilmaning ishdan
chiqishi ehtimolini toping.
17.
O’zgarmas sharoitda bir-biriga bog’liq bo’lmagan ravishda nishonga qarata
uch marotaba o’q uzildi. Har bir uzilgan o’qning nishondagi «10» ga tegishi ehtimoli
p
10
0,3;
«9» ga tegishi ehtimoli
p
9
0,4
, «9» ga ham, «10» ga ham tegmasligi
ehtimoli
p
0
1
0,3
0,4
0,3
ga teng. Quyidagi hodisalarning ehtimolini toping:
A
={bitta «10» ga va bitta «9» ga tegishi},
B
={roppa-rosa ikkita «10» ga tegishi},
C
={29 dan kam bo`lmagan ochkoning yig’ilishi}.
18.
O’n kishidan iborat guruhdagi aspirantlarning
har biri tasodifiy ravishda
haftaning to’rt kunidan birida (dushanba, seshanba, chorshanba yoki payishanba) ilmiy
maqolalar bilan ishlash uchun kutibxonaga boradi. Quyidagi hodisalar ehtimollarini
toping:
A
={dushanbada 1 ta, seshanbada 2 ta, chorshanbada 3 ta va payshanbada 4 ta
aspirant kutibxonaga keldi},
B
={dushanbada 3 ta, seshanbada 7 ta aspirant kutibxonaga
keldi},
C
={5 ta aspirant
haftaning birinchi ikki kunida, qolgan 5 ta aspirant esa
haftaning ikkinchi ikki kunida kutibxonaga keldi},
D
={dushanba va seshanbada birorta
ham aspirant kutibxonaga kelmadi}.
19.
Erkli tajribalar
A
hodisa
k
marta ro'y berguncha o'tkaziladi. Agar har bir
tajribada
A
hodisaning ro'y berish ehtimoli
p
ga teng bo'lsa,
n
marta tajriba o'tkazish
zarur
bo'lishi
ehtimolini
toping.
20.
Elektr impulsini qayd qiluvchi asbob 1 kVdan ortiq kuchlanishga ega
bo'lgan ko'pi bilan 3
ta impulsga bardosh beradi, so'ng ishdan chiqadi. Agar
impulsning kuchlanishi 1 kVdan ortiq bo'lishi ehtimoli 0,2 ga teng bo'lsa,
asbobning o’n beshinchi impulsda ishdan chiqishi ehtimolini toping.
21.
O'rta hisobda sotuvga chiqariladigan avtomobillarning beshdan bir
qismi nuqsonli. Tasodifan tanlangan 10 ta avtomobildan a) 3
tasining, b) kamida
3 tasining nuqsonli bo'lishi ehtimolini toping.
22.
Oilada 10 ta farzand bor. O'g'il va qiz bolalar tug'ilishi
ehtimoli bir-
biriga teng ekanligini bilgan holda, bu oilada a) uchtadan kam bo'lmagan; b) ko'pi
bilan uchta o'g'il bolalar borligi ehtimolini toping.
23.
Muayan oliy o'quv yurti talabalarining o'zlashtirish darajasi kuzatilganda
30% i "qoniqarli", 50% i "yaxshi", 20% i "a`lo" ekanligi aniqlangan. Tavakkaliga
tanlangan 6 ta talaba ichida: a) "qoniqarli", "yaxshi" va
"a`lo"ga o'zlashtiruvchi talabalar sonining teng bo'lishi; b) "qoniqarli" va "a`lo"ga
o'zlashtiruvchi talabalar sonining teng bo'lishi ehtimoli qanday?
24.
Firmani
tekshiruvdan
o'tkazayotgan
auditorning
moliyaviy
kamchiliklarni aniqlashi ehtimoli 0,9 ga teng. Tekshiruv o'tkazilayotgan 4 ta
firmaning yarmida moliyaviy kamchiliklarning aniqlangan bo'lishi ehtimolini
toping.
25.
Sug'urta vakilining har bir tashrifidan so'ng shartnoma tuzilishi ehtimoli
0,1 ga teng. 25 ta tashrifdan so'ng tuzilgan shartnomalarning eng ehtimolli sonini
toping.
26.
Ulgurji savdo bazasi
n
ta do'konga mahsulot yetkazib beradi. Kun
davomida bazaga har bir do'kondan mahsulot uchun talabnoma tushishi ehtimoli
0,3 ga teng. Bazaga kun davomida: a) 6 ta; b) 5 tadan 11 tagacha; c) kamida
bitta
talabnomaning tushishi ehtimolini toping. Kun davomida bazaga kelib tushgan
talabnomalarning eng ehtimolli sonini va uning ehtimolini toping.
27.
Bir sutka ichida elektr energiya sarfi belgilangan me'yordan oshib
ketmaslik ehtimoli 0,75 ga teng. Yaqin olti kunning to'rt kuni davomida elektr
energiya sarfi belgilangan me'yordan oshmaslik ehtimolini toping.
28.
Portga 3 ta yuk ortilgan kemaning kelishi kutilmoqda. Statistik
ma`lumotlarga ko’ra, keltiriladigan mollarning sifatsiz bo’lib chiqishi ehtimoli
0,01 ekanligi aniqlangan. Kutilayotgan kemalardan hech bo’lmaganda
ikkitasining sifatli mol olib kelishi ehtimolini toping