Ehtimollik va statistika fanidan shaxsiy topshiriqlar. №1- tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolliklari. Klassik ehtimollik


SHARTLI EHTIMOLLIK. TO’LA EHTIMOLLIK VA BAYES



Download 358,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.06.2022
Hajmi358,38 Kb.
#642898
1   2   3   4   5   6
SHARTLI EHTIMOLLIK. TO’LA EHTIMOLLIK VA BAYES
FORMULALARI. 
1.
Tajriba ikkita o’yin toshi tashlashdan iborat. Tushgan ochkolar yig’indisi 5 
ga karrali ekanligi ma’lum bo’lsa, shu ochkolar ko’paytmasi 5 ga karrali 
bo’lish ehtimolligi topilsin. 
2.
Tehnik nazorat bo‘limi buyumlarning yaroqliligini tekshiradi. Buyumning 
yaroqli bo‘lish ehtimoli 0,7ga teng. Tekshirilgan ikkita buyumdan faqat 
bittasi yaroqli bo‘lishi ehtimolini toping. 
3.
Talabaga kerakli formulani uchta ma’lumotnomada bo‘lishi ehtimoli mos 
ravishda 0,9; 0,85; 0,8 ga teng. Formula faqat bitta ma’lumotnomada 
ehtimolini toping. 
4.
Talaba fan bo‘yicha 50 ta savoldan 40 tasini biladi. Talabaning o‘qituvchi 
taklif etgan uchta savolni bilishi ehtimolini toping. 
5.
Yashikda qizil, yashil, sariq rangdagi 3 ta bir hil kubik bor. Tavakkaliga 
bittadan 3chala kubik olinadi. Birin ketin qizil, yashil, sariq rangli kubiklar 
chiqishi ehtimolini toping. 
6.
Guruhda 20 ta talaba bo‘lib, ularning 8 nafari a’lochilar. 4 ta talaba 
dekanatga chaqirtirildi. Ularning uchtasi a’lochilar bo‘lishi ehtimolini 
toping. 
7.
Buyumlar partiyasidan tavarshunos oily navli buyumlarni ajratmoqda. 
Tavakkaliga olingan buyumning oliy navli bo‘lishi ehtimoli 0,9 ga teng. 
Tekshirilgan uchta buyumdan hammasi oliy navli bo‘lishi ehtimolini 
toping. 
8.
Birinchi yashikda 5 ta oq va 6 ta qora shar bor. Ikkinchi yashikda 8 ta 
oq va 4 ta qora shar bor. Har qaysi yashikdan bittadan shar olinadi. Ikkala 
sharning ham oq chiqishi ehtimolini toping. 
9.
Sehda 6 ta erkak va 10 ta ayol ishchi ishlaydi. Tabel tartib raqami bo‘yicha 
tavakkaliga 4 kishi tanlangan. Tanlanganlarning ikkitasi ayol kishilar 
bo‘lishi ehtimolini toping. 
10.
Birinchi yashikda 4 ta oq va 4 ta qizil shar bor. Ikkinchi yashikda esa 5 ta oq 
va 7 ta qizil shar bor. Agar har bir yashikdan bittadan shar olinsa, hech 
bo‘lmaganda bitta sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping. 
11.
Bitta smenada stanokning ishlamay qolishi ehtimoli 0,1 ga teng. Uchta 
smenada stanokning ishlab turishi ehtimolini toping. 
12.
Tanga birinchi marta “gerb” tomoni bilan tushguncha tashlanadi. 
Tashlashlar soni 4ga teng bo‘lishi ehtimolini toping. 
13.
Otilgan torpedoning kemaga kelib tushish ehtimoli 0,5 ga teng. Agar 
kemani cho‘ktirib yuborish uchun bitta torpedoning mo‘ljalga tegishi yetarli 


bo‘lsa, 4 ta torpedo kemaga otilganda uni cho‘ktirib yuborishi ehtimolini 
toping. 
14.
Elektr zanjiriga erkli ishlaydigan 3 ta element ketma – ket ulangan. Birinchi, 
ikkinchi va uchinchi elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda 0.1, 
0.05, 0.01ga teng. Zanjirda elektr tok bo‘lmasligi ehtimolini toping. 
15.
Ikki sportchidan har birining mashqni muvaffaqiyatli bajarish ehtimoli 0,5 
ga teng. Sportchilar mashqni navbat bilan bajaradilar. Bunda har bir 
sportchi o‘z kuchini ikki marta sinab ko‘radi. Mashqni birinchi bo‘lib 
bajargan sportchi mukofot oladi. Sportchilarning mukofot olishlari 
ehtimolini toping. 
16.
Merganning uchta o‘q uzishda kamida bitta o‘qni nishonga tegizishi 
ehtimoli 0,875 ga teng. Uning bitta o‘q uzishda nishonga tegizish ehtimolini 
toping. 
17.
To‘rtta o‘q uzishda kamida bitta o‘qni nishonga tegishi ehtimoli 0,9984 ga 
teng. Bitta o‘q uzishda nishonga tegizish ehtimolini toping. 
18.
Qurilma o‘zaro erkli ishlaydigan ikkita elementni o‘z ichiga oladi. 
Elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda 0,01 ga va 0,02 ga teng. 
Qurilmaning buzilishi uchun kamida bitta elementning buzilishi yetarli 
bo‘lsa, qurilmaning buzilish ehtimolligi topilsin. 
19.
Birinchi idishda 6 ta shar bo‘lib, ularning 2 tasi oq, ikkinchi idishda 8 ta 
shar bo‘lib, ularning 4 tasi oq. Har bir idishdan tavakkaliga bittadan shar 
olinib, kеyin bu ikki shardan yana bitta shar tavakkaliga olindi. Oxirgi 
olingan sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping. 
20.
Benzin quyish shahobchasi joylashgan shossеdan o‘tadigan yuk 
mashinalari sonining o‘sha shossеdan o‘tadigan yеngil mashinalar soniga 
nisbati 3:2 kabi. Yuk mashinasining bеnzin olish ehtimoli 0,1 ga, yеngil 
mashina uchun bu ehtimollik 0,2 ga tеng. Benzin quyish shahobchasi yoniga 
bеnzin quydirish uchun mashina kеlib to‘htadi. Uning yuk mashinasi bo‘lish 
ehtimolini toping. 
21.
Kasalxonaga 30% A kasallik bilan, 50% B kasallik bilan, 20% C
kasallik bilan bemorlar qabul qilindi. A kasallikning to‘liq davolash 
ehtimoli 0,7 ga, B va C kasalliklar uchun bu ehtimollik mos ravishda 0,8 va 
0,9 ga tеng. Kasalxonaga qabul qilingan bеmor butunlay sog‘ayib kеtganligi 
ma’lum bo‘ldi. Bu bеmor A kasallik bilan kelgan bo‘lish ehtmolini toping. 
22.
Elekron qurilma ketma-ket ulangan ikki qismdan iborat. Birinchi qismning 
ishonchliligi (berilgan T vaqt ichida to‘xtovsiz ishlash ehtimoli) 0,7 ga, 
ikkinchisiniki esa 0,8 ga teng. T vaqt ichida qurilma sinovdan o‘tkazildi va 
bu muddat ichida qurilmaning ishdan chiqqanligi aniqlandi. T vaqt ichida
faqat birinchi qismi ishdan chiqqan bo’lish ehtimolligi topilsin. 
23.
Do‘konda uchta turli markadagi muzlatkichlar 8:6:12 nisbati kabi mavjud 
bo‘lib, kun davomida ularning 20 tasi sotilgan. Agar turli markadagi 


muzlatkichlarning sotilishi ehtimoli teng bo‘lsa, u holda sotilmay qolgan 
muzlatkichlarning faqat bir xil markali ekanligi ehtimolini toping.
24.
Yo‘lovchi kerakli yo‘nalishga aviachipta sotib olish maqsadida 1-
aviakassaga murojaat qilishi ehtimoli 0,3 ga, 2- aviakassaga murojaat qilishi 
ehtimoli 0,4 ga, 3- aviakassaga murojaat qilishi ehtimoli 0,6 ga teng. 
Yo‘lovchi kassaga murojaat qilgan vaqtida kerakli yo‘nalish uchun 
chiptaning tugagan bo‘lishi ehtimoli mos ravishda 0,2, 0,4 va 0,1 ga teng 
bo‘lsa, uning chipta sotib olgan bo‘lishi ehtimolini toping.
25.
Birinchi idishda 4ta oq va 2ta qora sharlar bor, ikkinchi idishda 3ta oq va
5ta qora sharlar bor. Birinchi idishdan 2ta shar olib ikkinchi idishga solindi, 
keyin ikkinchi idishdan 1ta shar olindi. Ikkinchi idishdan olingan shar oq
ekanligi ma’lum bo’lsa, birinchi idishdan olinib ikkinchi idishga solingan 
2ta sharlar oq va qora bo’lish ehtimolligi topilsin. 
26.
Konteynerda 20 ta detal bo‘lib, 2 tasi yaroqsi. Konteynerga yana 2 ta detal 
solindi. Keyin undan 1 ta detal olindi. Olingan detal yaroqli bo‘lish ehtimoli 
topilsin. 
27.
Uchta o‘yin toshi tashlanmoqda. Barcha tushgan tushgan ochkolar juft 
ekanligi ma’lum bo‘ldi, bu ochkolar ikkiga teng bo‘lmaslik ehtimoli topilsin. 
28.
To‘rtta tanga tashlanmoqda. Kamida ikkitasida “Gerb” tomon tushgani 
ma’lum bo‘lsa, faqat 2 tasida “gerb” tomon tushish ehtimoli topilsin. 
29.
Idishda 00,01,…,99 omerli 100 ta shar bor. Shundan 100 ta shar 
olinnmoqda, olingan shardagi raqamlar ko‘paytmasi 0 ga tengligi ma’lum 
bo‘lsa, raqamlar yig‘indisi 5 ga teng bo‘lish ehtimoli topilsin. 
30.
Piramidada 10 ta miltiq bo‘lib, 4 tasi optic kritsel bilan (snayper). Oddiy 
miltiqdan o‘q urishda nishonga tegish ehtimoli 0,7, snayperdan otganda 
nishonga tegish ehtimoli 0,9 ga teng. Tavakkaliga tanlangan miltiqdan o‘q 
uzilganda nishonga tegish ehhtimoli topilsin. 

Download 358,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish