17. Qutida m ta oq va n ta qora sharlar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar olinadi. Olingan sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping.
18. Bitta o‘yin kubi tashlangan. Unda
juft ochko tushishi;
5 ochkodan kam bo‘lmagan ochko tushishi hodisalarining ehtimollarini toping.
19. Ikkita tanga tashlangan. Agar A - tangalar bir hil tomoni bilan tushishi hodisasi, B – tangalar turli tomonlari bilan tushishi hodisasi bo‘lsa, qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq?
20. 10 nafar talaba ichida faqat ikki talaba bir guruhda o‘qiydi. 10 nafar talabani yumaloq stol atrofiga tavakkaliga o‘tkazilganda bir guruhda o‘qiydigan ikki talabaning yonma-yon o‘tirib qolish ehtimoli qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |