8. Ikkita tanga 3 martadan tashlanadi. «Gerbli» tomon tushishlar sonidan iborat bo‘lgan X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
9. Agar bitta o‘q uzishda nishonga tegish ehtimoli 3/4 ga teng bo‘lsa, 3 ta o‘q uzishda nishonga tegishlar sonidan iborat bo‘lgan X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
10. Ichida 4 ta oq va 6 ta qora shar bo‘lgan idishdan 5 ta shar olinadi. Chiqqan oq sharlar sonidan iborat bo‘lgan X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
11. Bankka 30 ta xabarnoma yuborilgan bo‘lib, ulardan 5 tasining soxta ekanlgi ma’lum. Tasodifiy ravishda tanlab olingan 15 ta xabarnoma tekshirildi. Tekshiruv natijasida aniqlanishi mumkin bo‘lgan soxta xabarnomalar sonidan iborat X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing. Tekshiruv natijasida ko‘pi bilan 2 ta soxta xabarnomaning aniqlanishi ehtimolini toping.
12. Qurilish kompaniyasida auditorlik tekshiruvi o‘tkazayotgan auditor tekshirish uchun tavakkaliga 5 ta hisob-kitob operasiyalari hujjatini tanlab oldi. Hujjatlarning 3% ida xatolik bor ekanligi ma’lum. Xatosiz yuritilgan hujjatlar sonidan iborat X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing. Hech bo‘lmaganda bitta hujjatda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lish ehtimolini toping.
13. Telekanalda yangi kinofilm haqida reklama berilmoqda. Teletomoshabinlarning bu reklamani ko‘rish ehtimoli 0,2 ga teng. Tasodifiy ravishda 10 ta tomoshabin tanlab olindi. Yangi kinofilm haqidagi reklama ko‘rgan tomoshabinlar sonidan iborat X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing. Tanlab olingan tomoshabinlarning hech bo‘lmaganda ikkitasining reklamani ko‘rgan bo‘lish ehtimolini toping.
14. Bankka pul qo‘ygan omonatchilarning har beshinchisi omonat foizini olish uchun keladi. Agar hozir o‘z navbatini kutib turgan mijozlar soni 5 tani tashkil qilsa, foizini olish uchun kelgan omonatchilar sonidan iborat bo‘lgan X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing.
15. Shaharda 10 ta tijorat banki bor. Bir yil ichida har bir bankning bankrotga uchrash ehtimoli 0,1 ga teng. Kelgusi yil ichida bankrotga uchrashi mumkin bo‘lgan banklar sonidan iborat X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing. Taqsimot ko‘pburchagini yasang. Bir yil ichida hech bo‘lmaganda bitta bankning bankrotga uchrash ehtimolini toping.
16. Navbatchi turli reyslar bo‘yicha avtobuslarning avtovakzalga kelib to‘xtashi haqida ma'lum qiladi. Turli reyslar haqidagi ma'lumot bir-biriga bog‘liqmas ravishda tasodifiy holda e'lon qilinadi. Avtovakzalga har 30 minutda o‘rtacha 5 ta reys kelib to‘xtaydi.
a) 30 minut ichida kelib to‘xtagan avtobuslar haqidagi xabarlar sonidan iborat X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing;
b) 30 minut oralig‘ida uchtadan kam bo‘lmagan avtobuslarning kelib to‘xtashi ehtimolini toping;
c) 30 minut oralig‘ida birorta ham avtobusning kelib to‘xtamaslik ehtimolini toping.
17. Miltiqdan otilgan har bir o‘qning samolyotga tegish ehtimoli 0,001 ga teng. 3000 ta o‘q uziladi. Otilgan o‘qlarning samolyotga tekkanlari sonidan iborat X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
18. Ikkita mergan galma-galdan nishonga qarata o‘q uzishadi. Bitta o‘q uzishda xato ketish ehtimoli birinchi mergan uchun 0,2 ga, ikkinchisi uchun 0,4 ga teng. Agar 4 tadan ortiq o‘q uzilmagan bo‘lsa, nishonga tekkuncha otilgan o‘qlar sonidan iborat X diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
19. Ikkita bombardimonchi samolyot nishonga tekkuncha galma-galdan bomba tashlaydi. Birinchi samolyotning nishonni aniq mo‘ljalga olish ehtimoli 0,7 ga, ikkinchisiniki esa 0,8 ga teng. Agar samolyotlarning har birida 2 tadan bomba bo‘lsa, tashlangan bombalar sonidan iborat X diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |