Aksiomatik metodning mohiyati
Yuqorida tasodifiy hodisaning ehtimolini tajribalar soni oshganda shu hodisaning yuz berish chastotasi yaqinlashadigan miqdor kabi tasavvur qilingan edi. Bu esa qat’iy matematik nazariyaga asos bo‘lmaydi. Ehtimollar nazariyasiga qat’iy matematik tus berish A.N.Kolmogorov tomonidan kiritilgan aksiomalar yordamida amalga oshiriladi. Aksiomatik metodning mohiyati shundaki, eng avval muayyan nazariyaning ta’riflanmaydigan tushunchalari belgilab qo‘yiladi va so‘ngra nazariyaning barcha jumlalari boshqa tushunchalarga asoslanmasdan shulardan keltirib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |