Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan


SA’DI HASANOVICH SIROJIDDINOV



Download 28,47 Kb.
bet4/5
Sana30.06.2022
Hajmi28,47 Kb.
#720461
1   2   3   4   5
Bog'liq
YUNUSJON

SA’DI HASANOVICH SIROJIDDINOV
(1920-1988) Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida tug’ilgan. 1942-yilda O’rta Osiyo Davlat univer-sitetining (hozirgi O’zMU) fizika-matematika fakultetini tomomlagan. 1942‒1944-yillarda harbiy xizmatda injener-sinoptik vazifasida bo’lgan. 1944‒1947-yillarda O’zR FA matematika institutida akademik V.N.Romanovskiy ilmiy rahbarligida aspiranturani o’tagan va “Ermitning ko’p o’lchovli polinomlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Bu ilmiy tadqiqot ishida Ermit ko’phadlarining matematik statistikadagi tatbiqi bilan bog’liq masalalar ko’rilgan. S.H.Sirojiddinov 1946‒1949-yillarda O’rta Osiyo Davlat universitetida dotsent, O’zFA matematika institutida katta ilmiy xodim bo’lib ishladi. 1949‒1952- yillarda nufuzli ilmiy markazlardan biri hisoblangan Rossiyadagi V.A.Steklov nomli matematika institutida A.N.Kolmogorov ilmiy rahbarligida doktoranturani o’tadi va 1953-yili shu institutda “Bir jinsli Markov zanjirlari uchun limit teoremalar” mavzusida doktorlik dissertat-siyasini himoya qildi. Bu dissertatsiyaga B.V.Gnedenko, Yu.V.Minnik va M.V.Smirnov kabi taniqli akademiklar opponentlik vazifasini baja-rishgan. S.H.Sirojiddinovning doktorlik dissertatsiyasida birinchi bo’lib bog’liqsiz tasodifiy miqdorlar uchun markaziy limit teoremalardagi qoldiq hadning nolga intilishi tartibi bir jinsli Markov zanjirlari uchun ham bir xil bo’lishligi isbot qilinganligi ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanida katta yangiliklardan biri bo’ldi. Shuningdek, bu natijalarni olishda oddiy Markov zanjirlari uchun A.N.Kolmogorov tomonidan isbotlangan ko’p o’lchovli lokal teoremaning qoldiq hadining asimtotik yoyilmasi topildi. Bu natijalarni olishda S.H.Sirojiddinov stoxastik matritsalarni spektral nazariyasini kashf etdi va uni analitik metod ‒ xarakteristik funksiyalar metodi bilan moslashtirdi. S.H.Sirojiddinovning matematik statistikaga bag’ishlangan ishlari ishlab chiqarish mahsulotlarini nazorat qilish metodlariga bag’ishlangan.
1953‒1957-yillarda Moskva Davlat universitetida professor vazifasida ishlagan paytlarida tayyor mahsulotlar sifatini statistik usullar bilan nazorat qilish, diskret taqsimotlarni o’rta qiymatlari uchun “siljimaydigan” statistik baholar topish masalalari bilan shug’ullanib, katta natijalarga erishdi. Akademiklar V.I.Romanovskiy (1879-1954), T.A.Sarimsoqov (1915-1995), S.H.Sirojiddinovlarning (1920-1988) sa’y-harakatlari natijasida O’zbekistonda matematika sohasida yetakchi ilmiy maktab barpo etildi. Bu maktab bag’rida matematikaning turli ilmiy yo’nalishlari, shu jumladan, zamonaviy ehtimollar nazariyasi va matematik statistika rivojiga bebaho hissa qo’shgan olimlarning butun bir guruhi tarbiya topdi. Ayniqsa, akademik S.H.Sirojiddinovning zamonaviy matematikaning yangi yo’nalishlarini rivojlantirishda, yosh talantli matematiklarni tanlash va tarbiyalash, O’zbekistonda matematik ta’limni takomillashtirish va rivojlantirishdagi katta xizmatlarini alohida ta’kidlash joiz. Uning rahbarligida va bevosita ishtirokida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani hamda O’rta Osiyo matematika tarixi ustida keng miqyosda ilmiy tadqiqotlar olib borildi, bu sohalarda bajarilgan ishlar mamlakatimiz va xorij mutaxassislarining diqqatiga sazovor bo’ldi. Xorijlik S.A.Ayvazyan, M.L.Meshalkin kabi yetuk mutaxassislar S.H.Sirojiddinovning bevosita shogirdlari hisoblanadi. U, O’zbekiston ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fanini hamda matematika tarixini o’rganish sohasidagi yetakchi ilmiy markazlardan biriga aylanishiga o’zining betinim mehnati, faoliyati bilan salmoqli hissa qo’shdi. S.H.Sirojiddinov tashabbusi bilan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining, jumladan: o’zaro bog’liq tasodifiy miqdorlarni qo’shish nazariyasi; tasodifiy jarayonlar (xususan, tarmoqlanuvchi jarayonlar, ommaviy xizmat qo’rsatish sxemalari, statsionar jarayonlarning ektremal masalalari); statistik baholarning asimtotik xossalari kabi zamonaviy yo’nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borildi. S.H.Sirojiddinov ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani bo’yicha ilmiy mutaxassislarni tayyorlashga ham katta e’tibor berdi, uning rahbarligida 10 dan ortiq doktorlik va 60 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, shuningdek, u 120 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, 2 ta o’zbek tilida nashr etilgan darsliklar (“Kompleks o’zgaruvchining funksiyalari”, “Ehtimol-lar nazariyasi va matematik statistika”) va bir necha o’quv qo’llanmalar muallifi, ko’pgina ilmiy asarlar muharriridir. S.H.Sirojiddinov samarali ilmiy-pedagogik faoliyatini jamoat va tashkiliy ishlar bilan qo’shib olib bordi. U 1956-yil O’zRFA haqiqiy a’zosi, 1957‒1960 va 1962‒1967-yillarda O’zR FA ning V.I.Romanovskiy nomli matematika instituti direktori, 1967‒1970-yillarda ToshDU (hozirgi O’zMU) rektori, 1970‒1983-yillarda O’zR FA Vitse prezidenti, 1983‒1987-yillarda ToshDU rektori vazifalarida xizmat qildi. 1986-yili ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani bo’yicha Xalqaro Bernulli jamiyatining 1-kongressi Toshkentda bo’lib o’tgani va unda akademik S.H.Sirojiddinov tashkiliy qo’mita raisi vazifasini bajarganligini faxr-iftixor bilan eslaymiz. Olim 1956-yilda Moskva matematiklar jamiyatining a’zoligiga, 1966-yilda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida dunyo miqyosida tan olingan mutaxassis sifatida Xalqaro statistika institutining a’zoligiga saylandi. S.H.Sirojiddinov ilm-fanga qo’shgan katta hissasi uchun hamda yuqori malakali matematik mutaxassislarni tayyorlashda yuksak xizmatlari, samarali ilmiy, ijtimoiy faoliyati uchun O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970-y.) va Abu Rayxon Beruniy nomli davlat mukofoti (1973-y.) hamda bir qancha ordenlar, medallar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.

Download 28,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish