Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan


TOSHMUHAMMAD ALIYEVICH SARIMSOQOV



Download 28,47 Kb.
bet3/5
Sana30.06.2022
Hajmi28,47 Kb.
#720461
1   2   3   4   5
Bog'liq
YUNUSJON

TOSHMUHAMMAD ALIYEVICH SARIMSOQOV
(1915-1995) Andijon viloyati Shahrixon shahrida tug’ilgan. Uning bolalik yillari Qo’qon shahrida o’tgan. O’rta ma’lumotni Qo’qon shahridagi maktabda olgan. 1931-yilda O’rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi O’zMU) fizika-matematika fakultetiga o’qishga qabul qilinib, uni 1936-yilda tamomlagan va ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga aspiranturaga qoldirilgan, shu davrda fizika-matematika fakultetida assistentlik vazifasini ham bajargan. T.A.Sarimsoqov akademik V.I.Romanovskiy ilmiy rahbarligida 1938-yili “Ikkinchi tartibli differensial tenglamalar integrallarining ildizlari taqsimoti va algebraik tenglamalarning asimtotik taqsimoti” mavzusida nomzodlik disertatsiyasini himoya qildi va shu yili unga dotsentlik ilmiy unvoni berildi. 1939‒1941-yillarda matematika kafedrasi mudiri va fizika-matematika fakulteti dekani muovini, 1941‒1942-yillarda harbiy xizmatda harbiy meteorolog vazifasida xizmat qilgan. Shu bilan birga, akademik V.I.Romanovskiy rahbarligida 1942-yilda “Mumkin bo’lgan holatlari sanoqli bir jinsli tasodifiy jarayonlar nazariyasiga doir” mavzusida doktorlik dissertat-siyasini yoqladi va T.A.Sarimsoqovga professor ilmiy unvoni berildi. Olim birinchilar qatorida 1943-yilda tashkil topgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi. 1943‒1946-yillarda O’zR FA ning Vitse-prezidenti, 1946‒1952-yillarda O’zR FAning prezidenti, 1943-1944, 1952‒1958-yillarda O’rta Osiyo davlat universitetining (hozirgi O’zMU) rektori, 1959‒1960-yillarda O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligida bo’lim boshlig’i, 1960‒1970-yillarda O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vaziri, 1971‒1983-yillarda ToshDU (hozirgi O’zMU) rektori, 1983-yildan keyin kafedra mudiri kabi bir qancha lavozimlarda xizmat qilgan. T.A.Sarimsoqov serqirra olim, mahoratli pedagog sifatida mamlakatimiz va chet el matematika jamoat-chiligi orasida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematik analiz, funksional analiz, umumiy topologiya va ularning tatbiqlari sohasidagi keng qamrovli tatqiqotlar muallifi sifatida tanildi. U – O’zbekistonda matematikaning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lgan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida dunyo miqyosida tan olingan mutaxassis, olim. Ehtimollar nazariyasi bilan shug’ul-lanuvchi o’zbekistonlik olimlarning an’anaviy yo’nalishlaridan biri ‒ Markov zanjirlari va jarayonlari, tasodifiy miqdorlar yig’indisi uchun limitik teoremalar, matematik statistikaning parametrik masalalari va statistik usullarning tatbiqidir. T.A.Sarimsoqov Markov zanjirlari nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo’shib, limitik teoremalarni Markov zanjirlari sxemasi bo’yicha tekshirishda muhim natijalarni qo’lga kiritdi. V.I.Romanovskiyning Markov zanjirlarini matritsa usuli bilan o’rganish metodlarini kengaytirib umumlashtirishni va ularning holatlari cheksiz (sanoqli yoki kontinium) to’plamni tashkil qilgan tasodifiy Markov jarayonlarini o’rganishga tatbiqlari haqidagi muammolar T.A.Sarimsoqovning asosiy ilmiy mavzusi bo’lgan. Holatlari uzluksiz to’plam bo’lgan Markov zanjirlari uchun ehtimollar nazariyasining asosiy limit teoremalari ‒ markaziy limit teorema va takroriy logarifm qonunlari uchun o’rinli bo’lgan muammolar T.A.Sarimsoqov tomonidan ilk bor o’rganilgan. Bu muammolarni yechish jarayonida asrning birinchi yarmida L.Fredgolm yaratgan integral tenglamalar nazariyasini ehtimollar nazariyasi uchun o’ziga xos ko’rinishda talqin etish mumkinligi isbotlandi. Bu ilmiy tadqiqotlar holatlari kontinium to’plamlar bo’lgan Markov jarayonlarini o’rganish uchun “integral tenglamalar metodi” ni yuzaga kelishiga olib keldi. T.A.Sarimsoqovning ilmiy izlanishlari negizida Markov jarayonlarini o’rganish va ularni tatbiq etish sohalari bo’yicha yangi istiqbolli ilmiy yo’nalishlar yuzaga keldi. Bu tadqiqotlar uning rahbarligida va bevosita ishtirokida taniqli matematiklar S.V.Nagaev, T.A.Azlarov, T.L.Malevich, Sh.Q.Formanov, M.U.G’ofurov va boshqalar tomonidan olib borildi, davom ettirildi, rivojlantirildi. Shuningdek, T.A.Sarimsoqov rahbarligida abstrakt fazolarda ehtimollar taqsimoti tushunchalari bilan bog’liq yangi matematik obyektlarni o’rganish ishlari olib borildi. Bu yo’nalishda funksional analiz fani uchun muhim bo’lgan “topologik yarim maydonlar” nazariyasi yaratildi. Ehtimollar nazariyasidan farqli ravishda, bu ehtimollar fazolarida elementar hodisa, tasodiy miqdor kabi tushunchalarga aniq ma’no beradigan fizik tushunchalarini topish imkoniyati yuzaga keldi. T.A.Sarimsoqov tomonidan nazariy fizika fanidagi muayyan masalalarda uchraydigan jarayonlarning Gilbert fazolari uchun “kvant ehtimolliklar” ning matematik modellari mukammal o’rganildi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaga oid “Основы теории Марковских процессов”. (M.,1954) hamda “Введение в квантовую теорию вероятностей”. (T., Fan, 307 bet) nomli monografiyalar muallifi. T.A.Sarimsoqov ilmiy kadrlar tayyorlashga katta ahamiyat beradi. Uning rahbarligida 50 dan ortiq fan nomzodlari va bir qancha fan doktorlari tayyorlangan. U S.H.Siro-jiddinov, S.V.Nagaev, M.Ya.Antonovskiy, Yo.Qo’chqorov, Sh.Ayupov va boshqa yirik olimlarning ilmiy ijodlariga katta ta’sir ko’rsatgan. T.A.Sarimsoqov fan va oliy ta’lim sohasida katta tashkilotchi bo’lib, O’zR FA ni tashkil qiluvchilardan biri bo’lgan. Uning bevosita tashabbusi va aktiv ishtiroki bilan matematikaning turli sohalariga doir bir qancha konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar o’tkazildi, shu asnoda O’zbekistonda matematika fanining taraqqiyotiga ko’maklashdi. T.A.Sarimsoqov yirik pedagog edi, ToshDU (hozirgi O’zMU) ning matematika fakultetida bir qator maxsus kurslardan ma’ruzalar o’qigan, ilmiy seminarlarga rahbarlik qilgan, o’zbek tilida chop etilgan “Haqiqiy o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi” “Funksional analiz” darsliklari, 5 ta monografiya va 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. T.A.Sarim-soqov respublikada taniqli davlat va jamoat arboblaridan biri, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, bir qancha orden va medallar, Faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan, O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, O’zbekistonda funksional analiz va topologiya maktabining asoschisi va ehtimollar nazariyasining tatbiqlari sohasidagi chuqur tadqiqotlar muallifi hamdir. Shuningdek, u sinoptik meteorologiya sohasidagi tadqiqotlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

Download 28,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish