Ehson haqida


Suv olovni o‘chirganidek, sadaqa gunohlarni o‘chiradi”



Download 62 Kb.
bet7/7
Sana07.01.2022
Hajmi62 Kb.
#326450
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ehson haqida

...Suv olovni o‘chirganidek, sadaqa gunohlarni o‘chiradi” (Imom Termiziy rivoyati).

Ulamolar sadaqani insonning iymoni borligini tasdiqlovchi amal deyishgan. Chunki xayr-ehson qiluvchi kishi o‘ziga begona bo‘lgan va hech ham undan manfa'at umid qilmaydigan odamga imkoniyatidan kelib chiqib bir narsani beradi.

 Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Sadaqa hujjat va dalildir (ya'ni, iymoni borligiga)” (Imom Termiziy rivoyati).

Demak, xayri ehson qilish orqali kishi yana bir bor iymonini mustahkamligini tasdiqlovchi hujjatni qo‘lga kiritgan bo‘ladi. :

Uch narsaga qasam ichaman: “Bandaning moli sadaqa ila nuqsonga uchramas. Banda bir zulmga uchrasa-yu, unga sabr qilsa, albatta, Alloh uning izzatini ziyoda qilur. Banda tilanchilik eshigini ochsa, albatta, Alloh unga faqirlik eshigini ochar”, – dedilar (Imom Ahmad va Imom Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, ishi yurishmayotgan bir kambag‘al yigit donishmand shayxning oldiga borib, hayotidan arz qilib nasihat so‘rabdi. Shayx hazrat yigitga: “Boringdan ehson qilib turgin”, – debdi. Yigit uyiga kelib shayx bilan bo‘lgan suhbatini onasiga aytibdi. Shunda yigitning onasi: “O‘g‘lim biz bir kambag‘al odamlar, o‘zimiz ehsonga muhtoj bo‘lsak, nimani ehson qilishimiz mumkin”, – debdi. O‘g‘il: donishmand shayx bekorga bir narsani gapirmaydi, – deb faqirona bo‘lsada ehson qila boshlabdi. Oradan bir muddat vaqt o‘tib shayxni bir chiroyli bino sohibi ziyofatga chaqiribdi. Ziyofatga borgan shayxni bir vaqtlar undan nasihat so‘ragan kambag‘al, yigit kutib olib: “Sizning nasihatingiz tufayli Alloh rizqimizni mo‘l-ko‘l qilib berdi, yana menga nasihat qiling”, –debdi. Shunda donishmand shayx: “Molingga harom aralashmasin, molingni haromga sarflamagin, molingni doimo tozalab turgin va jamiyat oldidagi mas'uliyatingni yoddan chiqarmagin”, –deb nasihat qilibdi va saxiy yigitni haqqiga duo qilibdi.

Alloh taolo barchamizni ehson qilguvchi, saxiy va ko‘pchilikka yordami tegadigan kimsalar qatoridan qilib, ularga va'da qilingan savob va fazilatlaridan barchamizni bahramand aylasin! Omin!

Imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni to‘kis ado etsinlar. Savdo-sotiq, oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun kelmasdan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq-ehson qilsinlar” (Ibrohim surasi, 31-oyat).

Alloh taolo mo‘minlarga eng avvalo namozni to‘kis, barcha rukinlariga amal qilgan holda va o‘z vaqtida ado etishni buyurmoqda. Keyin esa qiyomat kelmasidan turib Alloh bergan narsalardan atrofdagilarga hoh oshkora, hoh maxfiy infoq-ehson qilishni amr qildi. Arab tilidagi “ehson” so‘zining ma'nolari ko‘p. “Ehson” deganda odatda birovga biror ne'matni berish va fazlu karam ko‘rsatish tushuniladi. Lekin “ehson” so‘zi lug‘atda “yaxshilik qilish, ezgulik ko‘rsatish”, ma'nalarini ham anglatadi. Qur'onda ehsonning fazilati haqida zikr etish barobarida ehson qiluvchilarga beriladigan savob-mukofotlar, ularga yetadigan manfaatlar ham bayon etilgan. Haqiqatan, biror kishiga bir narsani ehson qilsangiz yoki unga biror yaxshilik ko‘rsatsangiz, bundan dilingiz ravshan tortadi, ruhiy xotirjamlik yuzaga keladi, o‘zgalarga manfaat yetkazganingizdan xursand bo‘lasiz. Eng asosiysi, kimga yaxshilik qilsangiz, Alloh taolo uni o‘zingizga o‘n barobar qilib qaytaradi.

         Payg‘ambar alayhissalomning qizlari Fotima onamiz bir kuni kasal bo‘lib qoldilar. Negadir ko‘ngillari anor tusadi. Buni erlari-hazrati Aliga aytdilar. Hazrati Aliy bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqatgina bittagina anorga yetdi. Bozordan qaytayotsalar, yo‘lda tilanchi uchrab, qo‘llaridagi anorni so‘radi. Imon va hayolari qo‘ymay, anorni ikkiga bo‘lib, yarmini gadoga berdilar. Tilanchi xursand bo‘ldi. Uyga kelib, hazrati Aliy anorning yarimini ayollariga berdilar va uzr so‘radilar. Hazrati Fotima uzrni qabul qilib: “Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ajr-mukofot bersin” , dedilar.

         Oradan hech qancha fursat o‘tmagan ham ediki, eshik taqillab qoldi. Hazrati Aliy ochib qarasalar, eshik oldida Salmon Forsiy turibdilar. Qo‘llaridagi idishda to‘qqiz dona anor. “Bu anorlarni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam berib yubordilar” dedi. Salmon. “Bo‘lishi mumkin emas, agar Rasululloh berib yuborganlarida o‘n dona bo‘lish kerak edi, chunki Alloh bir yaxshilikka o‘n yaxshilik beriladi”, degan.  Shunda Salmon Forsiy cho‘ntaklaridan o‘ninchi anorni chiqarib: “Barakot uchun olib qolgan edim”, dedi.



         Ha azizilar, biz qiladigan har qanday ehsonimizni xolis amalga oshirsak uning mukofotini Parvardigorimiz o‘n barobar balki, undan ham ziyoda qilib qaytaradi.

Alloh taolo marhamat qiladi: “...va siz ehson qiling, Alloh taolo ehson qiluvchilarni yaxshi ko‘radi”. Yana bir oyatda: “Yaxshilik qiluvchilarga bu dunyoning o‘zida ham yaxshilik bor”, deyiladi. Alloh taoloning marhamatini qarang. Bu dunyoda bitta yaxshilik qilsak, oxiratda o‘ndan to yetti yuz barobargacha bo‘lgan yaxshilik bizni kutib turadi. U bandalariga ana shunday marhamati keng, mehribon zotdir.
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish