Jismoniy mashqni ko’rsatish uchun qo’yiladigan metodik talablar:
a) o’rganilayotgan harakat faoliyatini ijodiy takrorlashga imkoniyat ochish maqsadida ko’rsatishni komentariya qilish bilan olib borish;
b) ko’rsatish payitida o’quvchilarning o’qituvchining emotsional holatiga taqlid qilishini eotibordan chetda qoldirmaslik orqali ta’lim jarayoniga munosabatni shakllan-tirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Sport trenirovkasining vositalari va metodlari
Sport vositalari umumiy, yordamchi, maxsus va musobaqa vositalariga bo’linadi. 1. Umumiy tayyorgarlik – umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) o’z ichiga quyidagilarni qamraydi; musobaqa faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan sportning boshqa turlaridan olingan jismoniy va o’yin mashqlari. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning (UJT) maqsadi: barcha muskul gruppalarini va jismoniy sifatlarning umumiy va garmonik rivojlanishi; professional kasalliklarning oldini olish; sog’liqni mustahkamlash; organizmning funksional sistemalarini rivojlantirish ( yurak - tomir, nafas olish, asab, endokrin va boshqalar); musobaqa va trenirovka nagruzkalaridan so’ng qayta tiklanish. Masalan, sprinter uchun UJT vositasi bo’lib, sport o’yinlari, suzish, kross, velosipedda poyga, og’ir atletika hizmat qiladi. 2. Yordamchi vositalar – yordamchi jismoniy tayyorgarlik(YOJT) musobaqa mashqlari bilan bog’langan mashqlar bo’lib, ular harakatning alohida fazalari va sifatlarini rivojlantiradi. YOrdamchi jismoniy tayyorgarlikning (YOJT) – maqsadi jismoniy va psixologik sifatlarning ayrim tomonlarini va texnik – taktik harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirish. Masalan, sprinter uchun YOJT vositasi yuk bilan yugurish, toqqa va tog’dan pastga yugurish, lider ortidan yugurish va boshqalar. 3. Maxsus tayyorgarlik – maxsus jismoniy tayyorgarlik(MJT) musobaqa mashqlariga maksimal yaqinlashgan bo’ladi, lekin ma’lum shart va qoidalarga rioya qiladi. Ular musobaqa mashqlardan ma’lum farqqa ega. Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) musobaqa mashqlariga maksimal maksimal yaqinlashtirilgan bo’ladi, lekin musobaqalardan farqlanuvchi ma’lum shart va qoidalarga ega. MJT – musobaqa mashqlarda zarur bo’lgan texnik – taktik harakatlarni, jismoniy psixik sifatlarni takomillashtirishdir. Masalan, spinter uchun MJT turgan joydan va startdan 10, 20, 40, 60, 80, 100, 120 metrga yugurish, chalkashtiruvchi faktorlarning borligidir. 4. Musobaqa tayyorligi (MT) – musobaqada bajariluvchi mashqlar yoki musobaqa qoidalari bo’yicha raqib ishtirokida trenirovka (raqib, sherik yoki jamoa). Masalan, sprinter uchun musobaqa tayyorgarligi (MT) 100 metrga yururish bo’ladi.
Sport trenirovkasi usullari Sport trenirovkasida o’rgatish, tarbiya va rivojlanishning jismoniy tarbiyadagi mavjud usullar qo’llaniladi: so’z, ko’rgazmalilik, didaktik (oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, o’rganilgandan o’rganilmaganga va boshqalar), texnika va taktikani egallashga (qattiq reglamentlashgan, harakatlarni yaxlit va bo’lingan bajarilishi), harakat sifatlarini rivojlantirishga (intervallik, uzluksiz, o’yin, musobaqa). Sport trenirovkasining xususiy tamoyillari. Jismoniy tarbiyada ko’rsatilgan barcha tamoyillar sport trenirovkasida qo’llaniladi. 1. Yuqori natijalarga yo’naltirilganligi oliy maqsad xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo, Evropa, jahon, Olimpiada o’yinlari chempioni va rekordchisi bo’lish 2. Chuqurlashtirilgan mutaxassislik – bir necha sport turlarida bir vaqtning o’zida eng yaxshi bo’lishning mumkin emasligi. 3. Trenirovka jarayonining uzluksizligi:
Sport tayyorgarligini ko’p yillik va yil davomidagi jarayoni va musobaqalarda ishtirok etish.
Siklik bosqichlarning (takrorlanuvchi), davrlarning va sikllarning o’zaro bog’liqligi, ularning avvalgi trenirovkalar ta’sirining natijalariga qo’shilishi va bir necha mashg’ulotning kumulyativ effekti.
Sport mahoratini oshirishni aniqlashning sifat va imkoniyatlarini optimal rivojlantirish. 4. Nagruzkalarning asta sekin oshib borishi va maksimal nagruzkalariga tendensiyalarining yaxlitligi organizmning trenirovka ta’sirlariga adaptasiyasi qonunlari bilan aniqlanadi, yillik hajmning 100-200 dan 1300-1500 soatgacha o’sish; trenirovka mashg’ulotlarining mikrosiklda 2 dan 20 gacha o’sishi; kun davomida trenirovkalarning 1 dan 4 gacha etishi, katta nagruzkalar bilan hafta davomida mikrosiklning 7 taga etishi, musobaqa faoliyatini hajmini o’sishi, qayta tiklanish vositalarining ko’patirilishidir. 5. Nagruzkalarning to’lqinsimonligi va variantligi – turli trenirovka tarkibida nagruzkalarning ko’tarilish to’lqini, hajm va nagruzkalar intensivligini hajmini tushishi (aerob, anaerob va tezlikni yo’naltirilganligi); nagruzkalarning dinamikasini mikro, mezo va makrosikllarda ketma-ketligini turli xil yig’indisi. 6. Trenirovka jarayoning siklligi, organizmdagi tiklanish jarayonlarining qonuniyatlari bilan chaqirilgan, mikrosikllar – 2 dan 10 kungacha, mezosikllar – 3 dan 6 haftagacha, 2 haftadan 6 oygacha trenirovka davri, 3 dan 12 oygacha makrosikllar bo’ladi.
3. Sport mashg’ulotlarining vositalarining har biriga ta’rif bering
Sport mashg‘uloti vositasi sifatida qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar quyidagilardan iborat:
1) tanlangan (asosiy) musobaqa mashqlari; 2) maxsus tayyorlov mashqlari ; 3) umumiy tayyorlov mashqlari.
Musobaqa mashqlari – bu yaxlit harakat faoliyati bo‘lib (yoki harakat faoliyatlarining yig‘indisi) sportcha ixtisoslash predmeti hisoblanadi va mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa shartlariga to‘la muvofiq holda bajariladi.
Ko‘pgina musobaqa mashqlari nisbatan tor yo‘nalishdagi va harakat tarkibi jihatidan cheklangan xaraterdagi faoliyat bo‘ladi. Bunga siklli harakatlar (yugurish va yurishning yengil atletika turlari, chang‘i, velosiped poygalari, suzish) ham, shuningdek ba’zi bir sikll bo‘lmagan va aralash mashqlar (yengil atletikadagi sakrash, uloqtirish va boshqalar) ham kiradi. Asosiy jismoniy sifatlariga qarab, bu mashqlarni tezlik, kuch va ko‘proq chidamlilik talab qiladigan mashqlarga bo‘lish mumkin. Chidamlilik talab qiladigan mashqlar o‘z navbatida chidamlilik xususiyatiga qarab, maksimal quvvattalab, katta quvvattalab va o‘rtacha quvvattalab mashqlarga bo‘linadi. Shu bilan birga har biri shartli «syujet»ga birlashgan, sharoitga qarab o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan хilma-хil harakatlar yig‘indisidan iborat musobaqa mashqlari ham bo‘ladi. Masalan, sport o‘yinlarida va yakkama-yakka sport uchrashuvlarida (kurash, boks, qilichbozlikda) ana shunday harakatlar yig‘indisi bo‘ladi. Musobaqa mashqlarining mazkur turlari yuqorida sanab o‘tilgan mashqlardan farq qiladi. Bular holat va harakat shakllari muntazam va to‘satdan o‘zgarib turadigan sharoitda asosiy jismoniy sifatlarning kompleks namoyon bo‘lishi bilan хarakterlanadi.
Maxsus tayyorlov mashqlari musobaqa harakatlari elementlarini, shuningdek namoyon etish shakl va xarakteri jihatidan ularga o‘xshash harakat va holatlarini o‘z ichiga oladi.
Masalan maxsus tayyorlov mashqlari, jumladan, yuguruv chilar tanlangan masofani qismlarga bo‘lib yugurishadi, gimnastikachilarda musobaqa kombinatsiyalari elementlari qismlarini bajarishdan, o‘yinchilarda o‘yin harakatlari va kombinatsiyalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Yana imitatsiya (taqlid) mashqlari, ya’ni musobaqa harakatlariga juda o‘xshab ketadigan mashqlar ham (chang‘ichilar g‘ildirakli chang‘ida mashq qilishlari, suvga sakrovchilar va gimnastikachilar batut va lopinda mashq qilishlari va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari hisoblanadi. Ayrim hollarda o‘xshash sport turlaridagi mashqlar ham (musobaqada qatnashish uchun tanlangan masofaga o‘xshash masofaga yugurish va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari jumlasiga kiradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, tanlangan musobaqa mashqlari bilan qandaydir sezilarli umumiylikka ega bo‘lgan mashqlarnigina maхsus tayyorlov mashqlari deb hisoblasa bo‘ladi. Masalan, yuguruvchi uchun har qanday yugurish mashqlari emas, balki musobaqa turi teхnikasining spetsifik tomonlariga yoki boshqa o‘ziga хos хususiyatlariga anchagina yaqin bo‘lgan yugurish mashqlarigina maхsus tayyorlov mashqlari bo‘la oladi. Binobarin, maхsus tayyorlov mashqlari tan langan sport turining spetsifikasiga muvofiq belgilanadi va shuning uchun ham bunday mashqlar doirasi hamisha nisbatan cheklangan bo‘ladi.
Lekin maхsus tayyorlov mashqlari tanlangan sport turi bilan aynan bir хil bo‘lmaydi (aks holda ularni qo‘llashning ma’nosi bo‘lmas edi). Ular sportchi uchun zarur bo‘lgan sifat va malakalarni rivojlantirishga mumkin qadar to‘g‘ri va foydali ta’sir etadigan qilib tuziladi va tanlanadi. Masalan, «og‘irlik» tipidagi yoki shtanga bilan o‘tirib turish tipidagi maхsus tayyorlov mashqlarini bajarayotgan og‘ir atletikachi klassik kurash harakatlarini bajarayotgandagiga qaraganda ko‘proq og‘irlikni uddalab, kuch-qudrat qobiliyatlari rivojlanishiga mumkin qadar ko‘proq foydali ta’sir ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi. Хuddi shuningdek, yugu ruvchi ham «yuguradigan» maхsus tayyorlov mashqlarida tanlan gan masofani yugurib o‘tish jarayoniga qaraganda ko‘proq tezlik yoki chidamlilik namoyon etadi.
Maxsus tayyorlov mashqlari nimaga ko‘proq xizmat qilishiga qarab yaqinlashtiruvchi mashqlar va rivojlantiruvchi mashqlar bo‘lishi mumkin. Yaqinlashtiruvchi mashqlar ko‘proq harakat shakli, texnikasini egallashga qaratilgan bo‘ladi, rivojlantiruvchi mashqlar esa ko‘proq funksional imkoniyatlarning (kuch, tezkorlik, chidamlilik va hokazolarni) taraqqiy ettirishga qaratilgan bo‘ladi.
Bunday bo‘linish, albatta, shartli hisoblanadi. Chunki harakat faoliyatining forma va mazmuni birdir.
Umumiy tayyorlov mashqlari sportchining umumiy tayyorgarlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar sifatida xilma-xil mashqlardan foydalanish mumkin. Maxsus tayyorlov mashqlariga yaqin bo‘lgan va o‘z ta’sir etish xususiyatlari bilan unga o‘xshagan mashqlar, shuningdek, ulardan tubdan farq qiladigan (shu jumladan qarama-qarshi yo‘nalishdagi) mashqlardan ham shu maqsadda foydalanishi mumkin. Nazariy jihatdan bunday vositalarning chegarasi yo‘q. Amalda esa vaqtga, mashg‘ulot joyiga va boshqa shartsha roitlarga qarab ular doirasini cheklashga to‘g‘ri keladi.
Umumiy tayyorlov mashqlarini tanlashda quyidagi talablar babbaravar muhimdir. Birinchidan, sportchining umumiy tayyorgarligi har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini samarali hal etishga imkon beradigan vositalarni o‘z ichiga olishi kerak. Jumladan, barcha asosiy jismoniy fazilatlar (kuch, tezkorlik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlik)ning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi hamda sportchining harakat malakalari va mahorati ko‘lamini kengaytiradigan mashqlarni tanlashi kerak. Bunday mashqlarni yordamchi – sport gimnastikasidan, harakatli o‘yinlardan, hamda sportning qo‘shimcha turlari deb atalgan formalaridan tanlab olinadi. Hozirgi paytda quyidagilar eng ko‘p tarqalgandir:
umumiy chidamlilikni tarbiyalashda: o‘rtacha va o‘zga-ruvchan intensivlik bilan uzoq vaqt yugurish, chang‘i krosslari va shunga o‘хshash mashqlar;
kuch-quvvatni o‘stirishda (umumiy kuch-quvvat tayyorgarligi rejasida): og‘ir atletikadagi kabi shtanga bilan bajariladigan mashqlar, shuningdek turli og‘irlik va qarshiliklar bi lan bog‘liq
bo‘lgan yordamchi–sport gimnastikasi mashqlari;
harakat tezligini hamda harakat reaksiyasini tarbiyalashda: sprinter mashqlari va sport o‘yinlari, ayniqsa, bas ketbol;
chaqqonlikni tarbiyalashda: sport gimnastikasi, akrobati ka, harakatli va sport o‘yinlari.
Umumiy tayyorgarlik mazmunini belgilayotganda sport faoliyatining pirovard natijadagi maqsadi – hayotga tayyorlash maqsadini unutmaslik kerak. Shuning uchun barcha teng sharoitlarda bevosita amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mashqlarga ko‘proq o‘rin berish kerak.
Musobaqalar jarayonida uzoq muddat uzluksiz ishlashni nazarda tutgan sport turlarida (yengil atletikada uzoq va o‘ta uzoq masofalarga yugurishda, chang‘i uchish, konki uchish, velosiped sportida ham shunday masofalarni o‘tish jarayonida) umumiy chidamlilik alohida rol o‘ynaydi. Shuning uchun sportning mazkur turlari bilan shug‘ullanuvchilarda bu fazilatlarni tarbiyalash umumiy jismoniy tayyorgarlikning eng muhim qismlaridan hisoblanadi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan siklli mashqlar (chang‘ichilarning eshkak eshishi, eshkak eshuvchilarning chang‘ida yugurishi va hokazolar) yordamida kuch-quvvatni o‘stirishga ham ancha o‘rin ajratiladi. Bu yerda kuch-quvvat mashqlari uncha og‘ir bo‘lmagan yuklarni ko‘tarish, biroq takrorlash miqdorining ortishi bilan хarakterlanadi; ular asosan seriyali tarzda bajariladigan tezkor kuch-qudratni oshirishga qaratilgan mashqlar bilan uyg‘unlashtirib boriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan sport mashg‘uloti vositalarining barchasi faqat jismoniy tayyorgarlik vositasi bo‘libgina qolmay, balki sportchining texnik, taktik va irodaviy tayyorgarligi vositasi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur maxsus (spetsifik) vositalar bilan mushtarak holda aqliy, axloqiy va estetik tarbiyaning xilma-xil vositalaridan foydalaniladi.
Bilet – 8
1. Tezkorlik qobilyatiga tarif bering
Muhim jismoniy sifatlar qatoriga tezkorlik ham tegishlidir. Tezkorlik insonning muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish qobiliyatidir.
Tezkorlik namoyon bo`lishining asosiy shakllari quyidagilar:
1) harakatlantiruvchi ta’sirning latent (yashirin) vaqti;
2) ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo`lganda);
3) harakatlar sur’ati.
Tezkorlikning namoyon bo`lish shakllari bir-biriga nisbatan bog`liq emas. Bu ayniqsa, harakat reaksiyasi tezligi ko`rsatkichlariga ko`pincha aloqador bo`lmaydigan vaqt ko`rsatkichlariga taalluqlidir. Ko`rsatib o`tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon bo`lishining barcha hollarini belgilaydi. Masalan, sprint yugurishdagi natija start olishdagi reaksiya vaqtiga, ayrim harakatlar (depsinish, sonni oldinga o`tkazish va boshqalar) tezligiga va qadamlar sur’atiga bog`liq. Amalda esa tezkorlik namoyon bo`lishining aytib o`tilgan asosiy shakllari emas, balki yaxlit harakatlarning (yugurish, suzish va b.) tezligi katta ahamiyatga ega. Biroq murakkab koordinasion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasi bilangina emas, balki boshqa sabablar bilan ham aloqadordir. Masalan, yugurishda ilgarilab ketish tezligi qadam uzunligiga, qadam uzunligi esa, o`z navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bog`liq. Har xil toifadagi sportchilarning harakat reaksiyasi
Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay model yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta tarkibiy qism namoyon bo`ladi.
Reaksiyaning yashirin vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:1) reseptorda qo`zg`alishning paydo bo`lishi; 2) qo`zg`alishni markaziy asab tizimiga uzatish; 3) qo`zg`alishning asab yo`llari bo`ylab o`tib borishi va effektor signalning hosil bo`lishi; 4) signalning markaziy asab tizimidan mushakka o`tkazilishi; 5) mushakning qo`zg`alishi va unda mexanik faollik paydo bo`lishi. Aytib o`tilgan fazalardan uchinchisiga eng ko`p vaqt sarflanadi.
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xarakteristikalariga ko`ra sekinroq harakatlardan farq qiladilar. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog`lanishlarning hosil bo`lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo`lganida harakatlarni yetarlicha aniqliq bilan bajarish qiyinligi mana shu bilan izohlanadi.
Maksimal kuchlanish uslubidan foydalanish vaqtida og`irlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlarda tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to mo`’tadilgacha, mashqlar va yondashuvlar o`rtasidagi dam olish tanaffusi kamida 2 daqiqa.
Oxirgi kuchlanish bolalarning asabiy-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo`yadi. Shuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va haftada ko`pi bilan uni 1-2 marta qo`llash lozim.
Takroriy kuchlanish uslubi taxminan to`rt va undan ortiq marta takrorlashlar bilan kuch mashqilarining bajarilishidan iboratdir.
Izokinetik taranglashish uslubi. Izometrik taranglashishning bir yondashuvdagi muddati 6-8 s, bu mashqlarda kuchlanish darajasi 70-100% atrofida tebranib turishi mumkin.
Kuch yuklamalarining ayrim seriyalari o`rtasiga dam olish oraliqlari kiritiladi, ular yurak qisqarishlari pasayishi 110-120 zarba daq.ga yetguncha davom etishi kerak. Tezkorlik yuklamalarini bajarish vaqtida dam olish oraliqlari davomiyligi 1,5-3 daqiqagacha tebranib turadi.
Maksimal tezkorlikning rivojlanishi vaqtida mushak massalarining o`sishi hisobidan 15-30 s lik nisbatan qisqa dam olish tanaffuslaridan foydalaniladi. Mahalliy va umumiy xususiyatli mashqlarda ham – 40-60 s.
Yolg`iz harakat, masalan, 5 marta sakrash, 5 marta cho`nqayib o`tirib-turish yoki bosh ustida 5 marta qarsak chalish (yoki maksimal tezlikdagi murakkab bo`lmagan har qanday harakatlar) ning bajarilish vaqtini aniqlash mumkin. 5 ta mashqning bajarilish vaqti ro`yxatga olinadi. So`ngra esa yolg`iz harakatlarning bajarilish vaqti hisoblab chiqiladi. Ular qancha kam bo`lsa, tezlikning rivojlanish darajasi shunchalik yuqori bo`ladi.
Panjalar harakati tezligini 5 yoki 10 s ichida qog`ozga qalam bilan mumkin qadar ko`p miqdordagi nuqtalarni belgilab aniqlash mumkin. Sport bilan shug`ullanmaydigan maktab o`quvchilari to`g`risidagi ma’lumotlar 4-jadvalda keltirilgan.
Yosh va tezlikning o`zgarishi bilan kichik maktab yoshidagilarda yuqori sinf o`quvchilariga qaraganda tezlik ko`proq jadal rivojlanadi. Tezlik, mushak kuchi, texnika, bukilish, jadallashtirish darajasiga layoqatlilik, iroda zo`r berishning darajasi bilan mustahkam bog`langan.
Oddiy va murakkab harakatlantiruvchi reaksiyaning tezligini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Harakatlantiruvchi reaksiya tezligi ta’sirga javob berishning yashirin vaqti bilan belgilanadi. Reaksiyalar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy reaksiya oldindan ma’lum bo`lgan (to`satdan paydo bo`ladigan) signalga ilgaridan ma’lum bo`lgan harakat bilan javob berishdir. Bunda yugurishdagi start olish, suzishda to`pponchadan otib start berish va boshqalar misol bo`la oladi. Reaksiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaksiyalardir.
2. O`quv mashg’ulotlari jarayonida qo`llaniladigan ko`rgazmali usullarni tavsiflab bering
Bu guruhdagi usuliyatlar shuullanuvchilarga harakat faoliyatini bajarilishni ko’rish va eshitish orqali taomin-laydi. Ko’rish, bajarilayotgan payitdagi eshitish ham shuulla-nuvchilarda harakat faoliyati haqida har tomonlama keng tasavvur hosil qiladi, bu navbatdagi takrorlash uchun taxminiy asosni kengaytiradi. Ko’rgazmali his qildirish nisbatan chuqurroq, tezroq va puxtaroq o’zlashtirishga imkoniyat beradi, o’zlashtiriladigan harakat faoliyatiga qiziqishni orttiradi. Bolalarni o’qitishda ko’rgazmali his qildirishda muhim rolp o’ynaydi, chunki ularda taqlid qilish, tirik misollarga bevosita ijroni ko’rishga intilish juda kuchli rivojlangan.
Ko’rsatib his ettirish shundagina qo’l keladiki, qachonki, mashqni ijrosini ko’rish orqali qabo’l kilinayotgan harakat faoliyati strukturasi tushunarli va o’quvchi ongiga yetgan bo’lsa, ular ta’lim jarayonidagi faol va samarali faoliyatga turtki bo’ladi. Agarda, shuullanish jarayoni jonsiz, faoliyatlar nomigagina bajarilishi mumkin, bunda o’quvchilar passiv ijrochiga aylanadi. Natijada o’rganuvchi o’zining harakat faoliyatini tahlil qilishga harakat qilmay, diqqat eotiborini harakatning tashqi tomoniga ko’rinishiga qaratadi xolos, bu o’z navbatida, psixik jarayonlarning faolligini pasaytiradi, fikirlashning bir tomonlama bo’lishiga olib keladi.
Harakat faoliyatining o’qituvchi (yoki o’quvchi) tomonidan namoyish qilnishi jismoniy tarbiya ta’limida zaruriy keng tarqalgan usuliyatlardan hisoblanadi.
O’quvchining ongi unga ko’rgazmali singdirilganiga taqlid qilib o’rganish tahlil qila olish qobiliyatiga boliq. Agar o’quvchi ko’rganini tahlil qila olsa va u tahlilga o’rgatilgan bo’lsa, unda taqlid qilish o’quvchining bilimi, o’zlashtirish qobiliyatini o’sishi uchun samarali usullardan biriga aylanadi. O’qituvchining so’zisiz taqlid qilish “ko’rginu bajar” printsipi asosida o’qitishi, ko’rgan mashqini bajarilishini tushunmay, fikrlamay mantiqsiz takrorlashga aylanadi. Natijada o’quvchi o’qituvchisi ko’rsatganini ko’r-ko’rona bajaradigan, harakat fao-liyatlarining asosiy qonuniyatlarining anglamaydigan ijrochilariga aylanib qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Ko’rganiga taqlid qilish asosan o’quvchining yoshi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga boliq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda taqlid qilishga intilish, sinchkovligi, qiziquvchan-ligi orqali sodir bo’ladi (asosan, kattalarga o’xshashga urinish), katta maktab yoshidagi bolalarda esa harakat faoliyatiga ongli munosabat, harakat texnikasini tushunib, osonroq va tezroq egallashga intilish asosida sodir bo’ladi.
Ko’rganiga taqlid qilishning samaradorligi to’rt faktoriga bog’liq:
1) o’quvchilarning taqlid qilishga tayyorligi, ularning tayyorgarligi darajasining taqlid qilinadigan oboektning o’rganishdagi qiyinchiligiga muvofiqligi, shunga ko’ra, jismoniy mashq ijrosi qiyinligi shunday darajada bo’lsinki, uni egallash uchun o’quvchidan faqat maksimal zo’riqish talab qilinsin;
2) o’quvchilarning taqlid oboekti haqidagi tasavvurlarini to’laligi;
3) o’quvchida qiziqishga sabab bo’ladigan taqlidning ta’limga xos tub motivi uchun imkon yaratish, uni mohiyati darajasini farqlay bilash;
4) o’quvchini taqlidga xohishi, ko’zatayotganini faol takrorlash
1.2 Qaddi-qomatni tarbiyalash.
1.Qaddi qomat tushunchasi
– Qaddi-qomat» (osanka) deganda nimani tushunamiz va u qachon rivojlanadi?
– «Qaddi-qomat» (osanka) – odamning vertikal holatini belgilaydi. Har kungi turmush tarzi ham odamning qaddi-qomati o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin, uning kayfiyati yaxshi yoki yomonligi, o‘z ko‘rinishini tutish holatlari, o‘ta charchoqlik shular jumlasiga kiradi.
Kelishgan va raso qaddi-qomat nomuvofiq hayotiy jarayonda yomonlashishi mumkin, bunday holat bola maktabda birinchi yil o‘qish paytida kuzatiladi. 7 yoshlarda bolaning muskul boylam birlashmasi o‘tirishning fiziologik holatiga moslashib boradi. Umurtqa pog‘onasiga birikkan muskul va boylamlarning ta’sirida uning funksiyasi o‘zgarib turadi. Bu 390-400 ta katta-kichik muskul faoliyatiga bog‘liq. Bu muskullar odam tanasini normal ushlab turishdan tashqari qarama-qarshi kuchlarni (aktigravitatsion kuchi) bir-biriga mutanosib qilishdan iborat. Agar muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ularning harakati bir-biriga mutanosib (sinxron) bo‘ladi. Bu o‘z navbatida umurtqa pog‘onasi qiyshaymasdan to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.
Qaddi-qomatning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib ota-onalar, shifokorlar, pedagoglar, tarbiyachilardan doimiy e’tiborni talab qiladi. Kelishgan, chiroyli qaddi-qomat, avvalambor, bosh va umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri joylashishi, kurak va yelkaning simmetrik holati, belning bir xil uchburchagi, dumba burmasining joylashuvi, umurtqa do‘mboq o‘sigining vertikal holati, umurtqaning fiziologik burilishlari hamda qo‘l-oyoqlarning bir xil uzunligi va oyoq panjasining bir xil holatidir.
Umurtqa pog‘onasida harakatli va harakatsiz bo‘limlar farqlanadi. Bo‘yin qismi (7 umurtqadan iborat), ko‘krak (12 umurtqa) va bel (5 umurtqadan) – bular harakatli bo‘limdir. Dumg‘aza qismi esa harakatsiz turadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning umurtqa pog‘onasi to‘ppa-to‘g‘ri holatda bo‘lib, o‘sish va rivojlanish jarayonida uning qismlarida fiziologik egrilik yuzaga keladi. Chaqaloqning muskul sistemasi rivojlanishi bilan u boshini tutib tura oladi va natijada umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida fiziologik egrilik qabariq yoyi oldinga qaragan bo‘ladi. Qachonki, bola o‘tirishni o‘rganganidan keyin umurtqasining ko‘krak sohasida egrilik hosil bo‘ladi. Bu yoyning qabariq yoyi esa orqaga qaragan bo‘ladi. Asta-sekin bel sohasida ham qabariq yoy hosil bo‘lib, u oldinga qaragan bo‘ladi. Fiziologik egrilik 6-7 yoshlarga borib aniq farqlanadi. Umuman suyaklarning o‘sishi 18-20 yoshlarga borib to‘xtaydi va hamma fiziologik egriliklar bu vaqtga kelib silliqlanadi. Chunki insonning muskul – boylam birikmalari, tog‘ay sohasi qavatlari juda ham harakatchan va egiluvchan holatga yetadi. Eng muhimi, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga normal sharoit yaratish kelishgan qaddi-qomatiga imkon yaratadi.
Umurtqaning fiziologik egriliklari noto‘g‘ri rivojlanishi natijasida o‘quvchining qaddi-qomati qiyshiq bo‘lib qoladi va bolaning sog‘lom o‘sishiga ta’sir etadi. Fiziologik egriliklar umurtqa pog‘onasining egiluvchan xususiyatlarini oshiradi va odam ichki a’zolarini tashqi muhit shikastlanishlaridan asraydi.
– Bolalarda qaddi-qomatning to‘g‘riligini qanday tekshirish mumkin?
– E’tibor bilan qaraganda, bu oson. Bolani yechintirib turgan holatda yonbosh tarafdan qarab tekshiriladi (1,5-2,0 metr o‘zingizdan uzoqroqda, xona issiq va kuchaytirish kerak (bel kamari lordozi kamayishi uchun ularni cho`zish), son va qorin bo`shlig`ining orqa mushaklariga alohida etibor bering.
Agar frontal tekislikda (asimmetrik-skoliotik) holat buzilgan bo`osa, ushbu mashqlarning bajarilishi tananing o`ng va chap yarmidagi mushaklarning ohangini tekislaydi, shunga ko`ra, siqilgan mauaklarni cho`zish va bo`shashganlarini zo`riqtirish, bu esa umurtqa pog`onasini to`g`ri holatga qaytaradi.
Qorinda va chalqancha yotgan holatda, bel mushaklariga og`irliklar va og`irliklarsiz, qorin bo`shlig`i, yuqori va pastki oyoq-qo`llar uchun mashqlar bajariladi.
Qaddi-qomat buzilishida, sonlarning orqa va old mushaklarini kuchaytirish uchun mashqlar, tana va son old mushaklarini cho`zish (fiziologik egilishlarning ko`payishi bilan) mahsus mashqlar kiradi.
Muvozanat va muvozanatni saqlash mashqlari.
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (URM) va tartibli. URM har qanday qaddi-qomat buzilishlarida qo`llaniladi va qon aylanishni yaxshilaydi, trofik jarayonlarni yaxshilaydi. URM har qanday boshlang`ich holatlarda, sport anjomlari va trenajorlardan foydalanilgan holda bajariladigan barcha mushak guruhlari uchun qo`llaniladi.
Nafas mashqlari (NM).
Sport elementlari.
Umurtqa pog`onasini passiv tuzatish-fiziologik egilishlar ostiga roliklar qo`yish yo`li bilan davolash. Davolovchi gimnastika mashg`ulot tanafuslarida va mashg`ulotlar vaqtida roliklar qo`yish usullaridan foydalaniladi.
Davolovchi massaj.
Xulosa
Davolovchi gimnastika mashg`ulotlarida albatta URM, NM, mahsus mashqlar, bo`shashtiruvchi-tiklantiruvchi mashqlarining xamjixatligi bo`lishi shart.
To`g`ri qaddi-qomatni shakillantirish uchun butun tananing mushaklarini bir tekisda rivojlantirish kerak. Avvalo, bel mushaklari, qorin bo`shlig`i va elka kamari mushaklarining statik kuchi, shuningdek umurtqa pog`onasining harakatchanligi.
Qaddi-qomat buzilishini tuzatish vositasi sifatida bo`shashtiruvchi-tiklantiruvchi, muvofiqlashtirish, muvozanat holatida to`g`ri holatni his qilishni rivojlantirishga qaratilgan harakatchanligini oshirish gimnastik mashqlaridan foydalaniladi.
Muvofiqlashtirish mashqlari, maxsus mashqlar mushaklarni kuchaytirish va cho`zish, umurtqa pog`onasi harakatchanlikni oshirish uchun mo`ljallangan. Ular qatiy tartibda tanlanadi, turg`unlik turlarining aniqlangan turini hisobga olgan holda va funkqional testlar natijalariga muvofiq.
Mashqlarning samaradorligi dastlabgi holatga (bundan keyin - DX) bog`liq.
Asosiy DX quyidagilarni o`z ichiga oladi: chalqancha yotgan xolat, qorin bilan yotgan holat.
Dinamik mashqlar statik kuchlanish mashqlari bilan almashtirilib turishi kerak. Vaqti-vaqti bilan darslarda tiklantiruvchi va nafas mashqlaridan foydalanishadi.
Mushaklar uchun mashqlar bilan bir qatorda, to`g`ri qaddi-qomat shakillanadi. Buning uchun mashqlarni oyna oldida, devor yonida, boshda buyum bilan yurish va hokazo. To`g`ri qaddi-qomatni shakillantirishga bir qator sezilarli mashqlarni qo`llash orqali erishiladi.
• tos bo`shliqlarini qisqartirishda mashqlardan foydalaning, lomberd umurtqa kengaytmalarini, sonning old yuzasi mushaklarini mustahkamlashda yordam beradi;
• pastki va o`rta kuraklarni mustahkamlashga, pastki va yuqori kuraklarni bo`shashtiruvchi va cho`ziluvchanligi, ko`krakning katta-kichik mushaklariga, elka bo`g`inlari va kuraklarning qanotsimonligini bartaraf etishga hissa qo`shadigan mashqlar;
• diofragmal nafas olish va bo`shashtiruvchi mashqlarni ichiga oluvchi.
Qarshi ko`rsatmalar:
asimmetrik mashqlar;
yuugurish, sakrash, qattiq yuzada sakrash;
o`tirgan holatda bajariladigan mashqlar;
tosni katta ampletudada harakatlantiruvchi mashqlar;
osilishlar.
Kompleks mashqlarni tuzish usullari
1. Kompleksdagi birinchi mashq har doim qaddi-qomatni shakillantirish uchun asosiy mashq bo`lishi kerak.
2. Keyin umumiy rivojlantiruvchi mashqlar rejalashtiriladi, elka kamarlari, bel, qorin bo`shlig`i, oyoq mushaklari uchun.
3. Umumiy ta`sir qilish mashqlaridan so`ng birinchi mashqni takrorlang.
4. Bundan tashqari, mavjud kamchiliklarni tuzatish uchun 4-6 ta mashq bajarish rejalashtiriladi .
5. Komplekadagi oxirgi (2-3 mashqlar) to`g`ri qaddi-qomatni sezish uchun mashqlar bo`lishi kerak.
6. Tananing keskin qisilgan qismlarini tortmang.
7. Jismoniy qobiliyatingizni hisobga olgan holda yuklamalarni bajaring.
8. Maksimal harakat ampletudasi oralig`ida mashqlarni bajarishga intilmang.
Kun davomida bir necha marotaba majmuadan bazi mashqlarni bajarish foydalidir. Bu sizga to`g`ri turish odatini rivojlantirishga va sizning qaddi-qomatingizni kuzatishga yordam beradi.
Kompleks mashqlarni tuzishda quyidagi prinstplarga amal qilish kerak:
yuklamalarning asta-sekin o`sishi;
bosqichma-bosqich oddiy mashqlardan murakkabiga o`tish;
turli mushak guruhlari uchun alternativ mashqlar: oyoq va qo`llar, bel va qorin mushaklari, bo`yin va ko`krak mushaklari va b.;
intnsiv mashqlardan keyin nafas olish mashqlaridan foydalanish.
mashqlarning maqsadi va o`tkazilish vaqtiga qarab kompleksga 8dan 16 gacha mashqlarni kiritish.
Jismoniy mashqlar paytida sizning holatingiz (tana turi)ning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Qaddi-qomat buzilishida aniq jismoniy mashqlarga ko’rsatmalar va qarshi ko`rsatmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |