Ega ishtirok etmagan gapni toping.
A) Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz—do’stini.
B) O’lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi.
C) Yaqlov bilan anqov—dushman uchun katta ov.
D) Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi.
2. Qaysi gapda holning tuzilishiga ko’ra har ikki turi qo’llangan?
A) Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi, dona-dona gapirdi.
B) Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
C) Hammani kuldirish uchun ataylab shunaqa antiqa kiyindi.
D) To’g’ri yursang, murodingga oson yetarsan.
3.
5.Qaysi gapda qo’shma fe’l bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim qo’llangan?
A) Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta’sir qilibdi.
B) Bola otasining g’azabidan qo’rqib gapirmadi.
C) Otaxon mehmonlar bilan ko’risha ketdi.
D) Korrupsiya jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun eng katta g’ov sanaladi.
6.“Ko’ngli tilagan murodga yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda,
boshin olib biror sori ketsa kishi”. (Bobur)
Berilgan ruboiyda qo’llangan nomustaqil kesimlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
7. Qaysi javobda ikki grammatik asosli gap berilgan?
A) Gullab yotgan o’rikzor xira pardaga burkandi.
B) Kitob o’qish kishining so’z boyligini oshiradi va nutqini o’stiradi.
C) Gulzorda oq, qizil, pushti gullar quyosh nurida rang-barang tovlanadi.
D) Bu maskan Umidning shodligini ham, kulfatini ham, muhabbatini ham ko’rgan.
8. Faqat bosh bo’laklardan tashkil topgan sodda gap berilgan javobni toping.
A) Bolalar yo’g’on archa yonida to’xtadilar.
B) Chol uzoq duo qildi.
C) Bu hovlining teng yarmi mevazor edi.
D) Ular besh kishidan iborat edi
9. Gapning bosh bo’lagi sanalgan ega qanday kesimlik ma’nosidan anglashiladi?
A) zamon ma’nosidan B) shaxs-son ma’nosidan
C) mayl(modal) ma’nosidan D) tasdiq-inkor(hukm) ma’nosidan
10. Ega haqida aytilgan qaysi fikr to’g;ri emas?
A) Ko’pincha kim? nima? qayer? So’roqlariga javob bo’ladi.
B) Bosh kelishik shaklida bo’ladi.
C) Egalik va ko’plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
D) Faqat mustaqil so’zlar bilan ifodalanadi.
11. Ega qatnashgan gapni aniqlang.
A) Jon qizim, o‘zingni ehtiyot qil. B) El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. C) Aqlni beaqldan o‘rgan. D) Ko‘pchilik bu voqeani o‘sha kuniyoq eshitdi.
12. Quyidagi gapda egalar qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
Bor boricha, yo‘q – holicha.
A) taqlidiy so‘z B) olmosh
C) bosh kelishikdagi ot D) modal so‘z
13. Endi g‘alabamiz yaqin, do‘stim! gapining kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) ot B) sifat C) fe’l D) ravish
14. Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan gapni toping.
A) Kamchiliklar ro‘y-rost ochib tashlandi.
B) Ayvon yonidagi o‘choqqa o‘t qalangan.
C) Atayin ho‘l sochiq bilan artindi.
D) Doklad uchun Ziyodaxonga so‘z berildi.
15. Sobir endi kalavaning uchini topdi. Gapda kesim qanday ifodalangan?
A) Fe’l B) Sifat C) Ibora D) Ajralmas birikma
16. Gapdagi kesimni aniqlang. Choyxona yangi solingan, qo‘shni binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.
A) ko‘chib kirishi, ochilishi kerak edi. B) ko‘chib kirishi C) ochilishi D) solingan
17. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari to‘liq berilgan qatorni aniqlang.
A) Sodda va murakkab B) Sodda ot-kesim va sodda fe’l-kesim C) Murakkab ot-kesim, murakkab fe’l-kesim D) A, B, C.
Do'stlaringiz bilan baham: |