Eftaliylar davlatlari
Eftaliylar davlatlari
— Oʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda milodiy 5-asr oʻrtasida barpo
etilgan davlatlar: 1) Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati milodiy 5-asr oxiri — 6-asr boshida ravnaq
topib, uning hududi hozirgi Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistonning
sharqiy va janubiy-sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Poytaxti Balx hisoblanadi. Uning asosini
Baqtriya
-
Toxariston
tashkil etgan. Shu yerdan turib
eftaliylar
qoʻshni mamlakatlarga yurishlar
qilganlar. Eftaliylar
Sosoniylar
Eroni ustidan bir qancha janglarda zafar quchgan, janglardan birida
sosoniylar shahanshohi
Peroz
halok boʻlgan. U koʻp yillar mobaynida eftaliylarga katta miqdorda
tovon toʻlab kelgan edi.
Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati bir qancha yarim mustaqil mulklarning konfederatsiyasidan
iborat boʻlib, ularni eftaliylar podshosiga tobe merosiy sulolalar boshqarar edi. Bu yerda
Hindistondagi kabi tanga pullar markazlashgan tartibda zarb qilinmagan, aksincha deyarli har bir
mulk oʻzining kumush yoki mis tangasini zarb qilgan. Saltanatda bir necha turdagi alifbolar
(
sugʻd
, baqtriy, braxmi va boshqalar) mavjud boʻlgan, lekin baqtriy alifbosi davlat yozuvi
hisoblangan. Eftaliylarning oʻzi dastlab koʻchmanchi boʻlib, keyinchalik shaharlarni bosib olishlari
bilan, asosan, oʻtroq hayot tarziga oʻtgan boʻlsalar kerak. Shu tufayli Vizantiya tarixchilari
(Menandr) eftaliylarning shahar qabilasi sifatida taʼriflaydi. Eftaliylar jamiyatida mulkiy
tabaqalanish mavjud edi. Eftaliylar kuchli, asosan, otliqlardan iborat qoʻshinga ega boʻlgan.
Eftaliylar orasida poliandriyaning shakllaridan biri hukm surgan. Eftaliylar oʻt va quyoshga
sigʻinishgan, Oʻrta Osiyodagilar esa — buddaviylik, manixeylik, nasroniylik, zardushtiylikka eʼtiqod
qilishgan; 2) Eftaliylar Hindistonga bostirib kirishi natijasida vujudga kelgan. Shimoliy Hindiston,
Pokiston va janubiy-sharqiy Afgʻoniston hududidan iborat boʻlgan.. Hindistondagi Eftaliylar
davlati milodiy 5-asroxiri — 6-asrning 1-yarmida, Toʻramon va uning vorisi Mixirakula davrida
kuchqudratga toʻlib, ravnaq topgan. 6-asr oʻrtalariga kelib tanazzulga yuz tutgan.
Ad: Rtveladze E. V., Velikiy shelkovga put, T., 1999.
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
Asqar Aminovich Hasanov
tomonidan amalga oshirildi
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Eftaliyl
ar_davlatlari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Eftaliylar_davlatlari&oldid
=2870340
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |