Eftaliylar davlatlari
Eftaliylar davlatlari
— Oʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda milodiy 5-asr oʻrtasida
barpo etilgan davlatlar: 1) Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati milodiy 5-asr oxiri — 6-asr boshida
ravnaq topib, uning hududi hozirgi Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy
Turkistonning sharqiy va janubiy-sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Poytaxti Balx
hisoblanadi. Uning asosini
Baqtriya
-
Toxariston
tashkil etgan. Shu yerdan turib
eftaliylar
qoʻshni mamlakatlarga yurishlar qilganlar. Eftaliylar
Sosoniylar
Eroni ustidan bir qancha
janglarda zafar quchgan, janglardan birida sosoniylar shahanshohi
Peroz
halok boʻlgan. U
koʻp yillar mobaynida eftaliylarga katta miqdorda tovon toʻlab kelgan edi.
Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati bir qancha yarim mustaqil mulklarning konfederatsiyasidan
iborat boʻlib, ularni eftaliylar podshosiga tobe merosiy sulolalar boshqarar edi. Bu yerda
Hindistondagi kabi tanga pullar markazlashgan tartibda zarb qilinmagan, aksincha deyarli har
bir mulk oʻzining kumush yoki mis tangasini zarb qilgan. Saltanatda bir necha turdagi
alifbolar (
sugʻd
, baqtriy, braxmi va boshqalar) mavjud boʻlgan, lekin baqtriy alifbosi davlat
yozuvi hisoblangan. Eftaliylarning oʻzi dastlab koʻchmanchi boʻlib, keyinchalik shaharlarni
bosib olishlari bilan, asosan, oʻtroq hayot tarziga oʻtgan boʻlsalar kerak. Shu tufayli Vizantiya
tarixchilari (Menandr) eftaliylarning shahar qabilasi sifatida taʼriflaydi. Eftaliylar jamiyatida
mulkiy tabaqalanish mavjud edi. Eftaliylar kuchli, asosan, otliqlardan iborat qoʻshinga ega
boʻlgan. Eftaliylar orasida poliandriyaning shakllaridan biri hukm surgan. Eftaliylar oʻt va
quyoshga sigʻinishgan, Oʻrta Osiyodagilar esa — buddaviylik, manixeylik, nasroniylik,
zardushtiylikka eʼtiqod qilishgan; 2) Eftaliylar Hindistonga bostirib kirishi natijasida vujudga
kelgan. Shimoliy Hindiston, Pokiston va janubiy-sharqiy Afgʻoniston hududidan iborat
boʻlgan.. Hindistondagi Eftaliylar davlati milodiy 5-asroxiri — 6-asrning 1-yarmida, Toʻramon
va uning vorisi Mixirakula davrida kuchqudratga toʻlib, ravnaq topgan. 6-asr oʻrtalariga kelib
tanazzulga yuz tutgan.
Soʻnggi tahrir 17 kun avval
Asqar Aminovich Hasanov
tomonidan amalga oshirildi
Ad: Rtveladze E. V., Velikiy shelkovga put, T., 1999.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Eftaliyla
r_davlatlari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Eftaliylar_davlatlari&oldi
d=2870340
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |