Davriy usulda dezodoratsiyalashni texnologik sxemasi (15-rasm). Rafinatsiyalangan yog‘ (1) bakdan vakuum yordamida (4) dezodoratorga so‘rib olinadi. Dezodorator, ishlashdan oldin unda vakuum hosil qilinadi va o‘sha vakuum yordamida dezodorator yog‘ bilan yarmigacha to‘ldiriladi. Yog‘ 1000C gacha qizdiriladi va qizdirish davom ettirilgan holda dezodoratorga pastki qismdagi-barbatyordan ochiq bug‘ beriladi. Harorat 1800C ga chiqqach kerakli bo‘lgan bug‘ miqdori beriladi (250 kg/soat). Yog‘ni 1800C gacha ko‘tarilish vaqti 30 min. dan oshib ketmasligi kerak. Apparatdagi vakuum ejektorlar bloki yordamida hosil qilinadi. Apparatdagi qoldiq bosim 0,65 kPa(5mm sim. ust)dan oshmasligi kerak.
15 – rasm. Davriy usulda dezodoratsiyalashni texnologik sxemasi
Dezodoratsiyaning harorati kokos yog‘i uchun 1800C, salomas va qolgan o‘simlik yog‘lari uchun 210-2300C atrofida bo‘ladi.
Dezodoratsiya jarayoni tugagach (dezodoratsiya vaqti 1,5-3 soat atrofida bo‘ladi) dezodoratsiya qilingan yog‘ sovutish uchun (5) sovitgichga beriladi. Sovitgichda yog‘ suv yordamida sovitiladi va (6) nasos bilan dezodoratsiya qilingan yog‘ga mo‘ljallangan bakka tushadi. Sistemada vakuum (7) ejektorlar bloki yordamida hosil qilinadi. Dezodoratordan chiqayotgan bug‘-havo aralashmasi (3) tomchi ushlagich dan o‘tib vakuum sistemasiga so‘rib olinadi. Tomchi (3) ushlagichda ushlanib qolgan yog‘ tomchilari (2) tomchi to‘plagichda to‘planadi.
Ejektor sistemasining kondensatorlariga berilayotgan suv uzluksiz ravishda barometrik quduq(8)qa tushib turadi.
Dezodoratsiya qilingan yog‘ni sifatini saqlab qolish uchun unga dezodoratsiya jarayonida limon kislotasi eritmasi (20 %)li 1 t yog‘ uchun 0,6 l miqdorda qo‘shiladi. Bu usulni unumdorligi kuniga 20-25 tonnani tashkil qiladi.
A1-MND liniyasida uzluksiz dezodoratsiyalashni texnologik sxemasi (17-rasm). Sig‘im(1)dan yog‘ (2) nasos bilan (4) deaeratorga beriladi, u yerda deaeratsiyalanadi va dezodoratordan chiqayotgan issiq moy bilan isitiladi. Keyin esa yog‘ (2) nasos bilan (7) issiqlik almashgich apparatiga uzatiladi, u yerda hidsizlantirish haroratigacha (180-2000C) isitiladi va (9) filtr orqali (11) dezodoratorga tushadi.
Dezodoratorga (10) o‘lchagich orqali limon kislotasi eritmasi beriladi. Hidsizlangan yog‘ (2) nasos bilan (4) deaerator orqali sovutish uchun sovitgich (8)ga yuboriladi. Sovigan yog‘ sig‘imga (5) keladi va iste’mol uchun chiqariladi.
Bug‘-gaz aralashmasini dezodoratordan (12) tomchitutgich orqali 5 bosqich-li bug‘ejektori (6) vakuum-nasos bilan tortib olinadi, suv kondensatordan (3) quduqqa tushadi. Liniyaning ishlab chiqarish quvvati 3,3 t/soat.
Do'stlaringiz bilan baham: |