Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo’l bilan (suv va glitserin aralashmasida) yumshatilgan ildizni probka orasida ko’ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi. So’ngra uni xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskopning katta ob’ektivida ko’riladi (3-rasm).
3-rasm. Valeriana ildizining ko’ndalang kesimi. 1 – epidermis; 2 – gipoderma; (efir moylari bilan); 3 – kraxmalli xujayralar; 4 – endoderma; 5 – peritsikl; 6 – floema; 7 – ksilema.
Ildiz birlamchi tuzilishda bo’lib, tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan.Epidermis hujayralari ko’pincha cho’ziqroq bo’ladi. Epidermis to’qimasi tagida bir qator efir moyi saqlaydigan yirik hujayrali gipoderma joylashgan. Ba’zan po’stloqning parenxima hujayralarida ham efir moyi tomchilari bo’lishi mumkin. Po’stloqning parenxima hujayralarida oddiy yoki ikki-besh tagacha birlashgan murakkab, kattaligi 3-20µ keladigan kraxmal donalari bo’ladi. Bir qavatli endoderma hujayralari yog’och qismini o’rab turadi.
Kimyoviy tarkibi. Valeriana o’simligining ildiz va ildizpoyasi tarkibida 0,5-2 % efir moyi va sof holda izovalerian kislota bor.
Valeriananing efir moyi asosan ingichka ildizlarda, izovalerian kislota esa yo’g’on va qari ildizpoyalarda ko’proq bo’ladi. Bu moy tarkibida izovalerian kislotaning borneol spirti bilan hosil qilgan murakkab efiri- - bornilizovalerianat, shuningdek, borneolning sirka, chumoli kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efiri hamda terpineol, pinen, kamfen, azulen, kessil spirti (proazulen), limonen. sof holdagi borneol, izovalerian kislota va boshqa birikmalar bo’ladi.
Bornilizovalerianat
Mahsulot tarkibida efir moyidan tashqari, 0,01% ga yaqin alkaloidlar (xatenin, valerin, aktenidin va boshqalar), uchuvchan asoslar, valerid glikozidi, pochul spirti, oshlovchi moddalar, saponinlar, qandlar, sirka, olma, stearin, chumoli, palmitin va boshqa kislotalar bo’ladi. Yangi yig’ilgan ildizda -metilperril ketoni uchraydi.Valeriananing yangi yig’ilgan yer ostki organlari tarkibida valepotriatlar (0,5 -2 % miqdorida) bo’ladi.Valepotriatlar seko-iridoidlarga kiradi. Ular polioksitsiklopenta-piranning izovalerian, sirka, izokapron va -atsetoksiizovalerian kislotalari bilan hosil qilgan efirlari bo’lib, nam ta’sirida tez parchalanadi. Valepotriatlardan valtrat, izovaltrat, digidrovaltrat,valexlorin, valeridin, atsevaltrat va boshqalar ajratib olindi va o’rganildi. Valeriandan ajratib olingan iridoid glikozid valeroksidat hamda kanokozit (A, V, S va D) lar ham valepotriatlarga kiradi. Mahsulotni quritish vaqtida valepotriatlar parchalanib ketib, tegishli kislotalar va baldrenal nomli birikma hosil qiladi.
Valepotriatlarning organizmga ta’siri yetarli o’rganilgan emas. Lekin ular ham farmakologik jihatdan valeriananing ta’siriga ega bo’lgan moddalarga kiradi.
Ishlatilishi. Valeriana preparatlari nerv sistemasini tinchlantirish (uyqusizlikda, asab qo’zg’alishi davrida va boshqa asab kasalliklarida) hamda yurak faoliyatini boshqarish uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, qaynatma, efir valeriana nastoykasi, quruq ekstrakt, validol (izovalerian kislotaning mentol bilan hosil qilgan murakkab efiridagi mentolning 25-30 % li eritmasi, tabletka yoki eritma holida chiqariladi). Valeriana nastoykasi yurak kasalligida ishlatiladigan kardiovalen, valokormid va boshqa preparatlar tarkibiga kiradi.
Valeriananing mahsuloti nerv sistemasini tinchlantiruvchi va me’da kasalliklarida ishlatiladigan choylar-yig’malar tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |