Aim.Uz
Effuziv tog’ jinslarining yotish shakllari
Reja:
Effuziv jinslar haqida ma’lumotlar
Effuziv jinslar hosil bo’lishi va kimyoviy tarkibiga qarab turlari
Vulqon apparatining tuzilishi
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. X.Chinniqulov, X.S. Xo’jaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.
2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo’llanma, TDTU. Toshkent, 2004.
Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.
5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru
Effizuv jinslar magmatik jinslarning birinchi guruxi bo’lib hisoblanadi. Vulqon otilishi natijasida lavaning er ustida qotishidan hosil bo’lgan jinslar effuziv jinslar deyiladi. Effuziv jinslar er yuzasida keng tarqalgan bo’lib, u qadimgi davrdan to’rtlamchi davrgacha bo’lgan hamma sistemalarni qamrab olgan. Lekin kembriygacha bo’lgan davrda hosil bo’lgan effuziv jinslar vaqt o’tishi bilan metamorfizm natijasida o’zgargan va yashil slaneslarga, qiziltoshli jinslarga, porfir va porfiritlarga aylangan.
Vulqondan otilib chiqqan lavaning tarkibi SiO2 miqdoriga qarab bir necha turga bo’linadi: asosli, o’rta, o’ta asosli, nordon va ishqorli. Asosli va o’rta lavalar suyuq, harakatchan bo’ladi. Shuning uchun ular qoplam holida katta maydonni egallaydi (62-rasm, a). Asos va o’rta lavalardan bazalt, andezit va diabazlar kabi effuziv jinslar hosil bo’ladi. Nordon lava quyuqroq bo’lgani uchun gumbazlar hosil qiladi (62-rasm, b). Nordon lavadan kvarsli porfir, liparit va dastlar hosil bo’ladi.
62-rasm. Vulqon otilishi
Effuziv jinslar hosil bo’lishi va kimyoviy tarkibiga qarab, ya’ni SiO2 miqdoriga qarab 5 turga bo’linadi.
Asosli effuziv jinslar - SiO2 – 42-52% (bazalt, bazaltli porfirit)
o’rta effuziv jinslar - SiO2 – 52-65% (plagioklazli porfirit, andezit)
o’ta asosli effuziv jinslar SiO2 – 42% dan kam (pikrit, pikritli porfirit)
nordon effuziv jinslar SiO2 – 65-75% (kvarsli porfir, liparit, felzid, obsidian, pemza)
ishqorli effuziv jinslar (ortoklazli porfir, traxit fonolit)
Vulqon apparatining tuzilishi.
Vulkan apparati juda murakkab va xilma-xil tuzilishga ega. Ularni asosan 3 ta turi mavjud: markazlashgan, chiziqli va qalqonsimon turlari.
Markazlashgan turdagi vulkanlarda vulkan kraterida (og’zida) bir necha qatlamli konus – stratovulkan hosil bo’ladi. Vulkan yon bag’irlari 20-300 gacha qiya bo’lishi mumkin va u qayta qanlamlangan lavalar, tuflar, lavali brekchiyalar, shlaklar hamda dengizda va er yuzida hosil bo’lgan cho’kindi jinslardan iborat. Ular vulkan atrofini bir xilda qoplamaydi. Kraterdan uzoqlashgan sari qalinlik kamayib boradi. Stratovulkanlarni o’lchamlari va balandligi har xil bo’lishi mumkin. Eng kattasining diametri 60-80 km bo’lib, balandligi 6-8 kmni tashkil qiladi. Vulkan konusining tuzilishi lavaning tarkibiga bog’liq. Asosiy lava tuproqqa (SiO2) to’yinmagan bo’ladi. Shuning uchun u suyuq va oquvchan. SiO2 miqdori oshgan sari lava quyuqlashib krater atrofida yig’iladi va konus hosil qiladi.
CHiziqli (yoriqli) turdagi vulkanlarda lava yoriqlardan oqib chiqadi. Masalan Islandiyadagi hozirgi chiqadigan lava chiziqli xususiyatga ega. Uzunligi 3-4 km va eni bir necha 100 metrni tashkil qiladi. Armanistondagi Gegam cho’qqisidagi 30-40 km uzunlikdagi aktiv uzilmada 10 ta joyidan lava chiqishi kuzatilgan. Bundan tashqari Yuqori paleozoy davrida hosil bo’lgan Momontau vulqoni (Qozog’iston) bo’lganligi aniqlangan. Uzunligi 60 km ga teng.
Qalqonsimon vulkanlarda vulkan apparati oddiy tuzilgan bo’lib, uncha baland emas. Ular asosan bazaltdan iborat bo’lib diametri bir necha 10 km ni tashkil qiladi. Vulkan atroflarining qiyaligi 3-40. Bunday vulkanlarga Sxun (Armaniston), Uzon (Kamchatka), Golovina (Kuril orollari) vulkanlarini kiritish mumkin.
Barcha turdagi vulkan apparatlarida davriy harakatda bo’ladigan parazit kraterlar bo’ladi. Masalan hozirgi harakatdagi Etna (O’rtaer dengizi) vulkanining 200 ta parazit krateri bor.
Effuziv jinslarni stratigrafik holatini (yoshini) aniqlash juda qiyin va murakkabdir. Effuziv jinslarning yoshini aniqlash uchun har xil ma’lumotlardan foydalaniladi. Ulardan biri tog’ jinslarining ximiyaviy tarkibi bo’yicha bo’linishi. So’nggi yillarda effuziv jinslarning yoshini aniqlash tabiiy radioaktivlik usuli qo’llanilmoqda. CHunki har xil tarkibli va yoshdagi effuziv tog’ jinslarining radioaktivlik koeffisienti har xil. Bundan tashqari vulkanogen va cho’kindi tog’ jinslarini bir birlaridan stratigrafik parallellashtirish usuli yordamida ham ajratilmoqda (63-rasm).
63-rasm. Stratigrafik parallellashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |