Educational materials


 Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

19.3. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini 
ishlab chiqish. 
Investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqish, bu faoliyatni 
amalga oshirish siyosatiga asoslanadi.
Korxona investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqishda 
quyidagi vazifalar hal qilinadi:
1. Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash;
2. Korxona investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini belgilash;
3. Investitsiya faolyatining hududlar yo’nalishi belgilash.
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash, bu 
korxona faolyati funksional yo’nalishi bilan o’zaro bog’liq. Ko’p xollarda 
investorlar o’zlarining investitsion faoliyatini fond bozorida amalga oshiradilar. 
Bunda investorlar uchun qimmatli qog’ozlar bozorida o’z mablag’larini 
investitsiya qilish yaxshi samara berishi mumkin. Ularning uzoqqa mo’ljallangan 
investitsion faoliyatining asosiy shakli aksiya, obligatsiyalar va boshqa xil 
qimmatli qog’ozlar bo’lishi mumkin.
Bu vaqtda ba’zi bir korxonalar (investorlar) real investitsiyalarga mablag’lar 
sarflashni o’zlari uchun maqsad qilib qo’yishadi. Bu esa kelajakda korxona asosiy 
fondlarini yangilash, texnik qayta jixozlash bilan yangi raqobatbardosh mahsulotlar 
ishlab chiqarishga zamin yaratadi.
Bu esa korxonaning yangi tovar va hududiy bozorlarga kirishga imkon 
beradi.
Bunday korxonalarning moliyaviy investitsiya faoliyatidagi ishtirokini qisqa 
muddatli, ya’ni vaqtinchalik bo’sh mablag’larini bu investitsiya turiga qisqa 
muddatli yo’naltirish yoki ma’lum bir korxona moliya-xo’jalik faoliyati ustidan 
nazorat o’rnatishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbati, kompaniya 
yoki korxona hayotiy sikl bosqichlariga bog’liq bo’ladi. 
Iqtisodiyotning umumiy holati barqaror bo’lmaganda, inflyatsiya darajasi 
yuqori bo’lsa, soliq siyosati doimo o’zgarib tursa, unda real investitsiyalar 
samaradorligi keskin kamayib ketadi va shu bilan birga investitsion risk oshib 
ketadi. Bunday holatda qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar samarali 
hisoblanadi.(shu shart bilanki, agar bu investitsiyadan olingan daromad darajasi, 
inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lsa). 
Bu shartlarni hisobga olgan holda korxona investitsion strategiyasi har bir 
bosqichi bo’yicha investitsiya turlarining o’zaro nisbati differensiyalanib turadi. 
Korxona yoki kompaniya investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini 
belgilash investitsiya strategiyasini ishlab chiqishning eng qiyin va og’ir vazifasi 
hisoblanadi. 
Korxonaning investitsiya faoliyatini, uning umumiqtisodiy rivojlanish 
strategiyasi bilan bog’liqlikda bosqichma-bosqich olib borishni taqazo etadi. 
Birinchi bosqichda, investitsiya faoliyatining tarmoq konsentratsiyasi 
(markazlashuvi) yoki diversifikatsiyasi maqsadliligi ko’rib chiqiladi. 


Qoidaga ko’ra korxona investitsiya faoliyatinig boshlang’ich bosqichi 
investor uchun yaxshi tanish bo’lgan bir tarmoqqa konsentratsiya qilish bilan 
bog’liq bo’ladi. Ko’pgina G’arb davlatlari kompaniyalari amaliyoti shuni 
ko’rsatadiki, ular o’z strategiyasi yo’nalishlarini ko’p tarmoqli emas, balki bir 
tarmoqqa konsentratsiya qilish orqali boshlang’ich yaxshi samaraga erishganlar. 
Ko’p xollarda kompaniyalar o’z investitsion faoliyatini ilk marta amalga oshirishda 
bir tarmoq bo’yicha barcha resurslarini konsentratsiya qilishmoqda, ya’ni xozirgi 
kunda ko’p korxonalar kompyuter texnikalar ishlab chiqarish, kompyuter dasturlari 
yaratishga sarf etmoqdalar. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday investitsion 
faoliyat strategiyasi korxonani bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Shuning 
uchun ko’p xollarda kompaniyalar o’z investitsion strategiyasi yo’nalishlarini 
ishlab chiqishda, investitsiya faoliyatini tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiya qilib 
beradilar. 
Ba’zi yirik kompaniyalar investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish 
maqsadida strategik xo’jalik markazlari tuzmoqdalar. Bunday xo’jalik markazlari 
birinchi marta AQShning “Djeneral Elektrik” kompaniyasida paydo bo’ldi. 
Kompaniya investitsion faoliyat strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda, 
kompaniya investitsiya faoliyatining hududlari yo’nalishi ham hisobga olinadi. 
Chunki, bunday kompaniyalar iloji boricha yuqori riskli investitsion faoliyat 
olib bormaydilar. 
Kompaniyalar investitsion faoliyat strategiyasi hudud yo’nalishlarini ishlab 
chiqishda, mamlakat hududlari bo’yicha investitsiyalarni jalb etish bo’yicha shart-
sharoitlar hisobga olinadi. 
Investitsion faoliyat yo’nalishlarini hududiy belgilash. Bu 2 (ikki) shart bilan 
bog’liq. Birinchi shart kompaniya xajmi hisoblanadi. Bu kompaniya o’z faoliyatini 
investorlar yashab turgan hududda (bir hudud doirasida) amalga oshirishi 
tushuniladi. Ikkinchi sharti kompaniya faoliyatining davomiyligi hisoblanadi, ya’ni 
kompaniya o’z faoliyatini 1 ta hududda amalga oshira turib, uni ko’zda tutgan 
maqsadini uzoqqa mo’ljallanganligi tushunish mumkin bo’ladi, ya’ni bir hududda 
uzoqroq faoliyat yuritish hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida kompaniyaning 
investitsion va xo’jalik faoliyati yo’nalishlari samaradorligini oshirish imkoniyatini 
beradi. 
Investitsion faoliyatning tarmoq yo’nalishlarini belgilash jarayoni har bir 
tarmoq rivojlanish prognozlari bahosini olgan holda investitsion faoliyatini 
diversifikatsiya qilish hisoblanadi. 
Kompaniya investitsiya resurslarini tashkil etish strategiyasini ishlab chiqish 
alohida bosqichlar bo’yicha amalga oshiriladi, bu jarayon 22-rasmda o’z aksini 
topgan. 



Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish