Ma’muriy risklar
– loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli
litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog’liq risklardir.
Modernizatsiya
(grekchadan
moderne
-
yangicha)
– ob’ektni
takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik
shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish.
Moliya tizimi
– moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat
qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Moliyaviy aktivlar
- bu qimmatli qog’ozlar bo’lib, u chet el kapitalini jalb
etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish
uchun emissiya qilinadi.
Noaniqlik
– investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi
ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligidir.
Oferent
- malaka tanlovidan o’tgan va ofertasi tanlov savdolari
tashkilotchisi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan talabgor;
Oferta
- tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan
tanlov savdolari predmetiga nisbatan talabgorning taklifi;
Do'stlaringiz bilan baham: |