Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

 
 
24.2.
 
Qurilishda smeta qiymatini aniqlash usullari. Qurilish smeta 
qiymatining tarkibiy tuzilishi. Investitsiyaviy loyihalashtirishning barcha 
bosqichlari uchun smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 
Loyiha oldi izlanishlarining muhim bosqichlaridan biri - bo’lg’usi investitsion 
loyihani amalga oshirish qiymatini baholash hisoblanadi. Loyiha qiymatini 
aniqlash uchun asos bo’lib loyihani alohida qismlari (qurilish, texnologik va 
tashkiliy) bo’yicha va ularni amalga oshirish bo’yicha ishlanmalar xizmat qiladi. 
Bunday tarzda olingan ishlar va texnologik uskuna harid qilish qiymati loyihaning 
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblab chiqishga, ularni boshqa shunday 
turdagi loyihalar bilan taqqoslashga, loyihalashtirishdagi afzalliklar va 
kamchiliklarni aniqlashga, kapital qo’yilmalarning samaradorligini oshirish 
bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Loyiha smeta hujjatlari 
loyiha byudjetini shakllantirish va uni bajarilishi ustidan nazorat qilishga asos 
bo’lib xizmat qiladi.
Smeta asosida qurilish ishlari xarajatlari: texnologik, energetik, ko’tarma-
transport va boshqa uskunalar, korxona faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan 
boshqa asboblar va ishlab chiqarish inventarlari haridi xarajatlari; ushbu 
uskunalarni o’rnatish ishlari xarajatlari; qurilish maydonini o’zlashtirish xarajatlari; 
texnik va mualliflik nazoratini amalga oshirish xarajatlari; loyiha hujjatlarini ishlab 
chiqish xarajatlarini o’z ichiga oluvchi kapital qo’yilmalar hajmi aniqlanadi. 
Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati buyurtmachilar va pudratchilar, 
uskunalar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish va shartnoma bahosini 
aniqlash hamda ular o’rtasida hisoblashishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
Smeta qiymati ko’rsatkichlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha loyihaviy echimlar 
variantlarini baholash va ulardan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofig’ini tanlash 
uchun zarur bo’ladi. Bundan tashqari, smeta qiymati qurilishni tashkil etish va 
ishlarni bajarish variantlarini taqqoslash, konstruktiv va bajariladigan ishlar 
hajmini aniqlash hamda qurilish materiallar va uskunalarni tanlash uchun 
ishlatiladi.
Qurilishning smeta qiymatini haqqoniy belgilash loyihani o’z vaqtida amalga 
oshirilishiga 
xizmat 
qiladi. 
Qurilish 
qiymatini 
dastlabki 
hisob-kitobi 
yiriklashtirilgan me’yorlar bo’yicha loyiha oldi bosqichida texnik-iqtisodiy 
asosnomani ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish ob’ektlari 
uchun iqtisodiyot tarmoqlari va tarmoqning ichki sohalari korxonalari texnologik 
modellari asosida ishlab chiqilgan qurilish bazis qiymatining yiriklashtirilgan 
me’yorlari (QBQYM) qo’llanilishi mumkin. Ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlari 
bo’yicha ularning qiymatini joriy va kelgusi narxlarda aniqlash uchun 


loyihalashtirishning dastlabki bosqichida ob’ekt-namoyondalar asosida ishlab 
chiqiladigan QBQYM dan foydalanish tavsiya etiladi. 
Loyihalashtirilayotgan korxonalar, bino va inshootlar, ob’ektlar, ularning 
qismlari va ish shaklarining smeta qiymati loyihalar (eskiz loyihalar) va ishchi 
hujjatlar tarkibida ularni loyihalashtirish jarayonida aniqlanadi. Buning uchun 
loyihalash va izlanish ishlari smetalarini o’z ichiga oluvchi qurilishning yig’ma 
smetasi, ob’ekt va lokal smetalar tuziladi. 
Yig’ma smeta hisob - korxona, bino va inshootlar qiymatini belgilab beruvchi 
asosiy hujjat hisoblanadi. U ob’ekt bo’yicha va lokal smetalar hamda ob’ekt 
bo’yicha va lokal smetalarda aniqlashtirilmagan qo’shimcha xarajatlar bo’yicha 
smeta hisobi asosida tuziladi. 
Qurilishning yig’ma smeta hisobi 12 ta bobni o’z ichiga oladi: 
- qurilish maydonini tayyorlash; 
- asosiy qurilish ob’ektlari; 
- xo’jalik ichidagi yordamchi ishlab chiqarish va xizmat qo’rsatish 
ahamiyatidagi ob’ektlar; 
- energetika xo’jaligi ob’ektlari; 
- transport xo’jaligi va aloqa ob’ektlari; 
- suv ta’minoti, oqava suvlar va gaz ta’minoti tarmoqlari va inshootlari;
- hududni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish; 
- vaqtinchalik bino va inshootlar; 
- boshqa ish va xarajatlar; 
- kadrlarni tayyorlash; 
- loyihalash va tadqiqot ishlari. 
Qurilishning yig’ma smeta hisobida alohida moddada ko’zda to’tilmagan 
ishlar va xarajatlar uchun mablag’lar zahirasi tashkil qilinadi.
Ob’ekt bo’yicha smeta (ob’ekt smeta hisobi) alohida har bir bino va inshoatlar 
qurilishi uchun alohida konstruktiv elementlar va ishlar turi bo’yicha lokal 
smetalar asosida ishlab chiqiladi. Ob’ekt bo’yicha smetaga qurilish, sanitar-texnik, 
montaj va boshqa turdagi ishlar uchun xarajatlar kiritiladi. Unda vaqtinchalik bino 
va inshoatlar hamda ushbu ob’ektga tegishli boshqa xarajatlarning bir qismi, 
shuningdek kutilmagan ishlar va xarajatlar uchun mablag’lar zahirasining bir qismi 
kabi xarajatlar aks etadi. 
Lokal smetalar (lokal smeta hisobi) har bir ish turi bo’yicha ishchi 
chizmalarga ko’ra tuziladi. Ularda konstruktiv elementlar va ishlar turi smeta 
qiymati 
aniqlanadi. 
Qurilish 
va 
montaj 
ishlari 
hajmi 
ishlar 
hajmi 
dalolatnomalaridan olinadi yoki ishchi chizmalar bo’yicha aniqlanadi. Ishlar hajmi 
hisoblash jarayonini oson kuzatishga imkon beruvchi sxemalar bo’yicha 
hisoblanadi. 
Ob’ekt bo’yicha va lokal smetalarda me’yoriy mehnat sig’imi va smeta 
bo’yicha ish haqi farq qiladi. Me’yoriy mehnat sig’imi smeta me’yorlari bo’yicha 
qurilish va montaj ishlariga sarflanadigan ishchilarni ish hajmini kishi-soatda ifoda 
etadi. U to’g’ri xarajatlarda, egri xarajatlarda ko’zda tutilgan mehnatlar sig’imini, 
shuningdek qishgi davrda vaqtinchalik bino va inshoatlarni qurish ishlarining 
sig’imini o’z ichiga oladi. 


Smeta bo’yicha ish haqi quyidagilardan iborat: bevosita qurilish va montaj 
ishlarida band ishchilarning asosiy ish haqini; qurilish mashinalarini boshqarish va 
ularni ta’mirlash ishlarida band ishchilarning ish haqini; ishchilarning ustama 
xarajatlarda, vaqtinchalik bino va inshoatlar qiymatida, qishki qimmatlashish va 
boshqa xarajatlarda aks etuvchi ish haqi.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish