Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

21.4. Reklama xarajatlari. 
O’zbekiston Respublikasining "Reklama to’g’risida” Qonunida (1998 yil 25 
dekabr, 723-I-son) quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: 
reklama — bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik 
yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko’rsatish 
belgisi va texnologiyalar to’g’risida har qanday shaklda va har qanday vositalar 
yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot; 
reklama beruvchi — reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga 
buyurtmachi bo’lgan shaxs; 
reklama tayyorlovchi — reklama tayyorlashni to’liq yoki qisman amalga 
oshiruvchi shaxs; 
reklama tarqatuvchi — reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga 
oshiruvchi shaxs; 
reklamadan foydalanuvchi — reklama yo’naltirilgan shaxs yoki shaxslar 
guruhi; 
reklama vositalari — reklamani undan foydalanuvchiga etkazish uchun 
ishlatiladigan vositalar; 
mahsulot — tovarlar, ishlar, xizmatlar; 
aksilreklama — noto’g’ri (insofsiz, bila turib yolg’on) reklama keltirib 
chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan oqibatlarni bartaraf etish 
maqsadida tarqatiladigan raddiya
 
Xorijiy va mamlakatimiz tajribasiga muvofiq reklamani quyidagicha 
tasniflash 
mumkin: 
1. Obyektlar bo‘yicha reklama qilish: 
• nufuzli tadbirkorlik reklamasi. Bu reklamaning asosiy maqsadi tadbirkorni 
uning raqiblaridan farq qilishining reklamasidir; 
• tovar reklamasi, ya’ni tovarga talabni shakllantirish va rag‘batlantirish; 
• tovar reklamasiga aniq markali tovarni uzoq vaqt ajralib turish uchun 
qo‘llaniladigan marka reklamasini ham kiritish mumkin; 
• sarlavhali reklama – bu xizmatlar yoki hodisalarni sotish haqidagi 
axborotlarni tarqatish; 
• sotish reklamasi – bu arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotish haqida 
e’lon; 


• tushuntirish – tashviqot qilish reklamasi bu aniq maqsadni himoya qilish. 
2. Yetkazib berish shakllari bo‘yicha: 
• bevosita reklama, u tijorat sharoitlarida amalga oshiriladi va aniq tovar va 
aniq tadbirkorga nisbatan reklama xizmatini to‘g‘ridan to‘g‘ri bajarib, reklama 
beruvchini ko‘rsatadi, bevosita reklama to‘g‘ridan to‘g‘ri kanallardan 
foydalanmasdan, reklama beruvchini ko‘rsatmasdan vazifani niqoblangan 
ko‘rinishda bajaradi. 
3. Reklama materialining tavsifi va xususiyatlari bo‘yicha: 
• axborot – asosan tovarni bozorga kiritishda amalga oshiriladi; 
• tadbirkor oldida tanlab olingan talabni shakllantirish vazifasi turgan o‘sish 
bosqichida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi; 
• tovar haqida eslashga iste’molchi majbur qilishga imkon beruvchi 
eslatuvchi reklama; 
• mustahkamlovchi reklama, u xaridorni qilingan tanlov to‘g‘riligiga 
ishontirishga harakat qiladi. 
4. Tanlangan strategiya bo‘yicha: 
• bir turdagi reklama turli mamlakatlarda faqat bitta reklama vositasini 
ko‘zda tutadi, bu reklama tadbirlarini o‘tkazish sarf va xarajatlarni tejashga olib 
keladi; 
• bir turda bo‘lmagan reklama yagona reklama konsepsiyasini berishida turli 
xil reklama vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
5. Tarqatish vositalari bo‘yicha: 
• shaxsiy reklama ishi, ya’ni e’lonlarni jurnallar, umumiy yo‘nalishdagi 
jurnallar, 
ro‘znomalar, 
maxsus 
jurnallar, 
tadbirkor 
bulletenlarida, 
axborotnomalarga joylashtirish; 
• nashriy reklama kataloglar, bukletlar, tabriknomalar, yilnomalar; 
• dalirect mail – reklama materiallarini pochta, telegraf, teleks orqali 
tarqatish; 
• rolikli reklama – kino, televideniye, slayd-proeksiya; 
• TV – marketing televideniyesi kanali bo‘yicha reklama; 
• radio bo‘yicha reklama berishni ko‘zda tutuvchi radio-reklama; 
• tashqi reklama yirik hajmdagi plakatlar, elektrlashtirilgan pannolarni 
tayyorlashni ko‘zda tutadi; 
• transportdagi reklama. Bunday reklama butun transportning tashqi sirtiga 
o‘rnatiladi; 
• eng keng tarqalgan reklama tovarni sotish joyida, do‘konlarda, savdo 
zallarida bo‘ladi. 
Reklamalarning boshqa shakllari ham mavjud bo‘lib ular – esdaliklar ishlab 
chiqarish, tabriknomalar va taklifnomalar taqdim qilish, turli xil o‘yinlar o‘tishi 
davrida esdaliklarni sovg‘a qilish. 
Tovarlar va xizmat ko‘rsatishni reklama qilishda har bir reklama beruvchi 
shaxs, avvalambor, zarur reklama vositalarini tanlaydi, ya’ni gazeta, jurnallar, 
radio, televideniye, tashqi reklama vositalari, transportdagi reklama, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri pochta orqali reklama va hokazolar orasidan to‘g‘ri kelganini ajratib oladi. 
Bu yerda qandaydir umumiy qonuniyatlar deyarli bo‘lmaydi, chunki reklama 


vositalarining har bir turining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ularning har biri 
o‘z navbatida boshqasidan farq qiladi. 
Reklama vositalarini tanlashda 4 ta savolga javob berish lozim: 
1. Kimni qamrab olmoqchimiz? 
2. Ular qayerda joylashgan? 
3. Murojaat qanday ahamiyat kasb etadi? 
4. E’lonni qachon berish kerak? 
Reklama bilan kimni qamrab olmoqchimiz, degan savolga javob berish 
uchun potensial xaridorlarni aniq bilishimiz kerak. Hech bir tovar, hech bir xizmat 
ko‘rsatish birvarakayiga hamma tomondan, bir xil me’yorda foydalanilmaydi. 
Ba’zi odamlar boshqalarga qaraganda aniq potensial xaridor hisoblanadi. Shuning 
uchun reklama beruvchining o‘zi yoki reklama agenti xodimi bozorni 
segmentlaydi, ya’ni demografiya, sotsial holati, hayot tarzi, mahsulotdan 
foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan eng aniq potensial xaridorlarni ta’riflaydi. 
So‘ngra bozor xarakteristikasiga to‘liq javob beruvchi va eng ko‘p potensial 
xaridorlarni jalb qilishni ta’minlovchi reklama vositalarini ta’minlaydi. 
Reklama faoliyatini tashkil qilish jarayonlarida bir necha bosqichlar mavjud 
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat. 
Birinchi bosqichda reklama tadbirkorlik faoliyati obyektlari va Tovar haqida 
faol va bo‘lajak xaridorlarga xabar berish zarur bo‘lgan axborotlar aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqichda reklama subyekti, ya’ni iste’molchilar va xaridorlar 
guruhi yoki xarid haqidagi qarorga ta’sir qiluvchi shaxslar aniqlanadi, reklama 
e’lonlari ularga murojaat qiladi. 
Uchinchi bosqich – bu reklama sabablari, ya’ni xaridorlarni tovarga 
e’tiborini jalb qilish uchun urg‘u beriladigan narsa. 
To‘rtinchi bosqich – bu reklama vositalari turini tanlash, ya’ni nisbatan eng 
ma’qulini tanlash, ya’ni: 
1. Reklama obyektini aniqlash. 
2. Reklama subyektini yoki adresini aniqlash. 
3. Reklama motivini aniqlash. 
4. Reklama vositalarini aniqlash. 
5. Reklama axborotini tuzish. 
6. Reklama chiqishlarining jadvalini tuzish. 
7. Xarajatlar smetasini tuzish. 
8. Reklama samaradorligini hisoblash. 
Bunda quyidagilar hisobga olinishi kerak: 
• kanalning axborot, ko‘ngilochar ma’lumot beruvchi vazifalari; 
• reklama xabarning tavsiloti; 
• kanalning texnik imkoniyatlari; 
• kanalning auditoriya maqsadlariga to‘g‘ri kelishi; 
• reklama tadbirlarini o‘tkazish vaqtini tanlash; 
• reklama kanalining davriyligi. 
Beshinchi bosqichda reklama xabari tuziladi, sarlavha shakllantiriladi, matn 
tuziladi, rasmlar chiziladi, xodimlar, reklamani yetkazib beruvchilari, musiqa 
tanlanadi. 


Oltinchi bosqichda reklama chiqishlari, reklama tadbirining jadvali tuziladi, 
reklama turlari, uning tarqatish vositalari bo‘yicha vaqtlarda muvofiqlashtiriladi. 
Yettinchi bosqichda reklama tadbirlarida xarajatlar smetasi tuziladi, ya’ni 
xarajatlarning umumiy miqdori va alohida bo‘limlar bo‘yicha xaridorlarning 
taqsimlanishi aniqlanadi. 
Yakuniy sakkizinchi bosqichda dastlabki reklama samaradorligi aniqlanadi, 
ya’ni reklama faoliyati natijasida tayyor mahsulotlarni sotish natijalari belgilanadi. 
Reklama budjetini rejalashtirish reklamaga ajratilgan mablag‘larni umumiy 
miqdori, ularni taqsimlash, ya’ni ulardan qanday tadbirda va qanday hajmda 
foydalanilishini ko‘rsatish aniqlanadi. 
Amaliyotda reklama xarajatlari doirasini aniqlashning turli xil usullaridan 
foydalaniladi. Oldingi yil xarajatlaridan kelib chiqqan holda, ular maqsadlar va 
vazifalarni hisobga olgan holda oldingi yildagi sotish hajmida 3 foiz tashkil qiladi. 
Reklama faoliyatini rejalashtirishda xarajatlar qiymati ancha katta. Masalan, 
AQSHda, televideniyeda 30 daqiqalik reklama vaqti – 100 ming dollar atrofida 
bo‘ladi. Ispaniyada 50 ming dollardan iborat. Ta’kidlash kerakki, ko‘pgina 
mamlakatlarda telereklamaga cheklashlar mavjud. Masalan, Avstriyada reklama 
uchun eng ko‘p vaqt 20 daqiqa ajratilgan; Germaniyada eng ko‘p vaqt bir kunlik 
ko‘rsatuvning 20 foizni, Ispaniyada 10 foizni tashkil qiladi. 
Kommunikatsiya xarajatlarini hisobga olish qiyin hisoblanadi. Bu masalaga 
oid ma’lumotlar tarqoq bo‘lib, xarajat miqdorlari turli sohalarda keng doiralarda 
katta farq qiladi. Umuman olganda, shuni aytish mumkinki, shaxsiy 
kommunikatsiya xarajatlari reklama xarajatlaridan ko‘p bo‘ladi, buning ustiga ular 
sanoat tovarlari bozorlarida, ayniqsa, katta bo‘ladi. 
Tadbirkorlik faoliyatida to‘g‘ri keladigan xarajatlar, ayniqsa, sanoat tovarlari 
bozorlarida tinimsiz ortib boradi. Reklama aloqasining qiymati, aksincha bo‘lishi 
mumkin, ya’ni axborot vositalarining o‘sib borayotgan davrda tanlash natijasida 
pasayib borishi mumkin. 
Kommunikatsiya xarajatlarining taraqqiy etishi va ayniqsa, yangi 
kommunikatsiya vositalarining tez rivojlanishi reklama kanallari va bevosita 
savdoning nisbiy rolini qayta baholashni talab qiladi. 
Reklamani rejalashtirishning oxirgi bosqichi, reklama tadbirlarini o‘tkazish 
uchun sarflanadigan xarajatlar va uning samaradorligini aniqlashdir. Reklama 
xarajatlari quyidagi usullari bilan aniqlanadi: 
•belgilangan foiz usuli. Tovarni ko‘zda tutilayotgan sotish hajmiga nisbatan 
yoki o‘tgan yilda sotilgan tovarlar hajmiga nisbatan qandaydir foiz reklamaga 
mablag‘ ajratiladi va uning yordamida reklama xarajatlari hisoblab chiqiladi, ya’ni: 
RxqSK, bunda: Rx – reklama xarajatlari; S – ko‘zda tutilgan sotish hajmi yoki 
o‘tgan yilda sotilgan tovarlar hajmi; K – reklamaga ajratilgan mablag‘, foiz 
hisobida; 
• raqibning reklama xarajatlarini hisobga olib belgilash usuli. Bu usul 
raqobatchining reklamasini kuzatib borishni taqozo etadi. Agar u televideniyeda 
o‘z tovarini haftasiga 10 marta reklama qilsa, siz esa atigi 3 marta qilsangiz, u 
holda siz ham reklama sonini 10 martadan kam qilmasligingiz lozim; 


• qoldiq mablag‘lar usuli. Bu usul firmaning o‘z mablag‘ini boshqa ishlarga 
sarflagandan ortib qolgan qismini reklamaga ajratadi. Bu usul eng samarasiz usul 
bo‘lib, ayrim hollarda reklamaga juda oz mablag‘ ortishi va ba’zan esa qolmasligi 
ham mumkin; 
• qaror qabul qilish modeli. Bu usul matematik modellar yordamida tovar 
oborotiga asoslanib, reklama xarajatlarini hisoblab chiqish imkonini beradi. Bu 
usul F.Kotlerning 1980-yilda chop etilgan «Marketingni boshqarish » kitobida 
bayon etilgan. Unda yozilishicha, reklama faoliyatining boshida amalga oshirilgan 
tadbirlar va ko‘plab xarajatlar samarali ekanligini va vaqt o‘tib borishi bilan 
ularning samarasi pasayib borishi isbotlanadi. Kitobda keltirilgan Vidal-Volf 
modeli tovar oborotining o‘sishi reklama xarajatlariga bog‘liq degan g‘oyaga 
asoslanadi. Shunday qilib, reklama va ishlab chiqarish samaradorligi orasida uzviy 
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu esa o‘z navbatida reklama xarajatlarini ham aniq va 
har tomonlama hisobga olish zarurligini taqozo etadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish