Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/374
Sana10.02.2022
Hajmi4,65 Mb.
#441699
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   374
Bog'liq
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN MAJMUA 2020-2021

eng muhim bosqichlaridan
biri bo’lib bu – 
tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo’lgan 
ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov 
o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va 
manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta 
ishlash mumkin. 


Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs eng ko’p 
qo’llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli 
bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan 
samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli 
va bort-kompyuterli avtomobilga bo’lgan boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini 
olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil 
bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa 
aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» bo’lgan qiziqishlari, ularga qo’yadigan 
talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida 
avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish 
mumkin. 
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik, 
takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja malaiy 
jihatdan quyidagi savollarga javob berishlari lozim. 
1.
Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak? 
2.
Ma’lumotlarni kim to’playdi? 
3.
Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim? 
4.
Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi? 
5.
Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi? 
6.
Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi. 
7.
Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday harajatlar ko’zda tutiladi? 
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, 
mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning 
keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchiliklar va 
xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi 
tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar 
yordamida ularni qayta ishlash, tayinli artibga solish vazifasini ham bajaradi. 
Chunki jamlanadigan ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan 
samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi. 
So’nggi vaqtlarda ma’lumotlar va axborotlarni to’plash kompyuter 
dasturlaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Chunki to’plangan 
ma’lumotlar- bu hali natija emas, balki tayyorlangan dastlabki bir xomashyodir. 
Shu tufayli ma’lumotlarni to’plash, ularni tahlil qilish va taqdim qilish 
bosqichlarini ancha osonlashtirish maqsadida maxsus kompyuter dasturlaridan 
foydalaniladi. Bunda asosiy e’tibor faqat jadval shaklidagi ma’lumotlarga emas, 
balki grafik, diogramma, chizma shaklidagi natijaviy ma’lumotlarga qaratilmoqda. 
Marketing tadqiqoti ma’lumotlarni imkoni boricha qisqa, ayni mazmuni va 
zudlik bilan taqdim etilishi tayinli mahsulot xususida bozorda qaror qabul qilish 
ancha osonko’chadi. Shu sababdan taqdim etilgan marketing tadqiqoti natijalari 
umumlashtirilgan va umumiy xulosalar keltirilgan qismga ega bo’lishi talab etiladi. 
Tadqiqot davomida olingan barcha ahamiyatdagi ma’lumotlar, jadval va 
diogrammalar kengaytirilgan shaklda va barcha tafsiloti bilan maxsus 
bo’linmalarda keltiriladi. 
Demak, marketing tadqiqotlarining yo’nalishlari, uning maqsadlari asosida 
muayyan uslublar tanlanadi. Qullaniladigan uslublar istakdagi natijaga erishish 


yo’lida bir-birini to’ldirish, aniqlash, xatoliklarni o’z vaqtida bartaraf etish uchun 
xizmat qiladi. Tadqiqot qurollari esa, xoh anketa, xoh texnik vositalar tarzida 
bo’lsin axborotlarni zudlik bilan to’plash, ularni qayta ishlash, kelgusi faoliyatda 
unumli foydalanish vazifasini bajaradi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish